YOSH YENGIL ATLETIKACHILARNI YENGIL ATLETIKA TURLARIGA SARALASHNING
YANGI TEXNOLOGIYALARI
Soliyev I.R.,
katta o’qituvchi,
Ahmedova Z.,
talaba
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Chirchiq sh.
Jamiyatimizda sog’lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy
tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug’ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar
yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o`z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo`lgan ishonchni
“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”
267
mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg’ularini kamol toptirish, shuningdek,
yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va
ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo`naltirilgan keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ishning maqsadi:
yengil atletika turlariga yosh yengil atletikachilarni saralashning yangi texnologiyasi
joriy qilish.
Maqsadga erishishda hal etiladigan vazifalar quyidagicha:
- mavzuga oid o’quv-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish;
- yosh yengil atletikachilarni mashg’ulotlar yordamida yangi texnologiyalar bo’yicha saralash
uslubiyatini ishlab chiqish;
Tadqiqot natijalari va uni muhokamasi.
U o’z organizmini tinglaydi va kerakli narsa bilan ta’minlay
oladi. Ho’sh, agar bunday inson sportda bo’lsa u qanday yutuqlarga erishadi? Sportchi yoki murabbiy
bo’lishidan qat’iy nazar u avvalambor o’z imkoniyatidan kelib chiqib sport turiga to’g’ri yo’nala oladi va
mashg’ulot turini va miqdorini to’g’ri ta’minlaydi. Agar bunday o’z ishini ustasini yengil atletika sport turida
ko’rsak u qanday yutuqlarga erishishi mumkin? “Sport qirolichasi” deya nomlanuvchi bu sport turi
hammamizga ma’lumki boshqa sport turlaridan o’z ichiga olgan turlarning ko’pligidan, qolgan sport turlari
uchun asos bo’lishi bilan ajralib turadi. Ko’rinishidan oson bo’lsa ham natija ko’rsatish juda murrakab
hisoblanadi va buning uchun keragidan ko’proq narsa talab qilinadi. Yengil atletika ko’p turlarga bo’lingani
uchun birinchi navbatda uni aynan bir turini tanlab olsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Misol uchun, keng
ommalashgan yugurish. Bunda, yugurishning ham bir qancha klassik turlari farqlanadi va biz ularni bir biriga
solishtirgan holda farqini o’rganishimiz maqsadga muvofiqdir.
Qisqa masofaga yuguruvchilar mashg’ulot davomida mushak massasining ortishi kuzatiladi. Bunday
mushak tolasi bilan ayrob jarayonda mashg’ulot o’tkazishadi va buning natijasida kuch to’planmaydi. Biroq
shunday statodinamik mashqlar borki unda mushak tolasi sira dam olmaydi va bunday jarayonda kapilyarlar
qisilib lokal gipoksiya vujudga keladi, natijada esa oksidlanuvchi mushak tolasi ham zakislyat bo’ladi. Bunday
mashqlar natijasida okislanuvchi mushak tolasi sezilarli darajada gipertrofiya holatida bo’ladi, ya’ni
spotrchining ayrob imkoniyatlarini ancha yuqori ko’taradi. Mashg’ulot to’g’ri olib borilsa mushak massasining
ortishi normada kechadi va buning natijasida sportchida endokrin tizimi ishi yaxshilanishi kuzatiladi.
Mushak tolasi haqida gap ketar ekan u haqida chuqurroq to’xtalish maqsadga muvofiq bo’ladi. Mushak
tolasini farqlanishini bir necha tomondan ko’rib chiqish mumkin. MT 2ga bo’linadi: tez qisqaruvchi Mt; sekin
qisqaruvchi MT. bu guruhlanish ATFaza fermentining miofibrillalariga qarab bo’linadi. Bunday MTga ega
bo’lish har bir odamda irsiyatga bog’liqdir va buni o’zgartirishning also iloji yo’q.
Yuqorida keltirib o’tilgan malumotlardan kelib chiqqan holda fikrimizni yaqqolroq isbotlash uchun
ekspiriment guruhi tuzildi va unga oldin boshlang’ich tayyorgarlik guruhida shug’ullanib yurgan yengil
atletika uchun eng munosib 12 nafar o’quvchi tanlab olindi. Shug’ullanuvchilar hali o’spirinlik yoshida
bo’lishgani uchun (13-14 yoshlilar) ularni antropometrik tuzulishiga qarab guruhlarga bo’lishning o’zi kamlik
qiladi (albatta antropometrik ko’rsatkichlar birinchi bo’lib inobatga olinadi). Shuning uchun bir necha
mashqlar va usullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ldi. Eksprimental guruhga bo’lingandan keyn
shug’ullanuvchilar bilan bir hafta mobaynida mashg’ulot olib borildi. Bu ularga qanday mashq berish mumkin
yoki qanday usuldan foydalanib guruhlarga ajratish to’g’risida bir oz bo’lsa ham yengillik yaratdi. Sababi,
birgalikda o’tgan bir haftalik trenirovkada bola qanday yuklamani bajara oldi-yu qanday yuklama qiyinlik
qildi, shularni aniqlash uchun yordam berdi. Hafta oxirida umumiy va sodda ko’rinishdagi tekshiruv mashqlari
o’tkazildi. Olingan natijaga qarab keyingi haftada shug’ullanuvchilar nisbatan 2 guruhga ajratildi va turli
yuklama berila boshlandi. Birinchi guruh uchun chidamlilik mashqlari ko’proq mavjud bo’lgan yuklama
tanlangan bo’lsa, ikkinchi guruh uchun esa tezlik uchun tanlangan mashqlardan iborat yuklama belgilandi.
Hafta ohiriga kelib endi har bir guruh yuklamasidan kelib chiqib tekshiruv mashqlari olindi. Natijalar ancha
yaxshilandi, biroq hali saralash mashg’ulotlarini ohiri bu emas. Biz yangi haftada kattaroq yuklamalar bera
boshladik va har bir o’quvchi bilan qo’shimcha tarzda suxbat ham olib bordik. Bu bola harakterini va o’z
tanlovini aniqlashimizga bir oz yordam berdi. Hafta ohiriga kelib esa hal qiluvchi tekshiruv mashqlari
o’tkazildi. 3 oylik natijalarni umumlashtirib 12 nafar shug’ullanuvchini yengil atletikani 4 ta turiga
taqsimlashni maqsadga muvofiq deb bildik. 3 oylik jarayon kuzatishlarida olingan natijalarni jadval asosida
umumlashtirdik.
Xulosa.
O’quv tayyorlov guruhida o’tkazilgan tadqiqot natijasida, umumiy jismoniy tayyorgarligiga ega
bo’lgan, yengil atletikaning umumiy turlari bo’yicha tayyorgarlik o’tkazgan yosh sportchilarni o’zlariga mos
bo’lgan yengil atletikaning turiga yo’naltirishda bir necha mashqdan 3oy davomida foydalanildi va natijalarni
umumlagan holda shug’ullanuvchilarni yengil atletikani qaysi turlariga mosligi haqida umumiy hulosa olindi.
Bunga ko’ra, 12-ta shug’ullanuvchilardan 5 tasida kuchli mushak tolasi (oq tola) yaxshi rivojlanganligi
antropometrik ko’rsatkichlar va berilgan mashqlarda olingan natijalarda aniqlandi va qisqa masofaga yugurish
turlariga tog’ri kelishi aniqlandi. 4 tasida esa chidamkorlik uchun berilgan mashqlarda yuqori natijalar
Do'stlaringiz bilan baham: |