O’QUVCHI - QIZLARNING TARBIYASIDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORT AHAMIYATI
Kurbanov K.X., katta o’qituvchi, Buxoro davlat universiteti, Buxoro sh.
Biz ushbu maqolamiz orqali xalqimizning tarixiy taraqqiyotida xotin-qizlarning o’rni misolida jismoniy
madaniyat va sportga qiz bolalarning qiziqishi va ularning xayotida muntazzam o’rin olishini tarbiyalash
maqsadida quyida tarixiy manba’lar asosida bayon qilishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.
Qadimiy ajdodlar haqidagi afsonalar, tarixiy manbalar va ilmiy tadqiqotlarning natijalariga asoslanilsa,
xotin-qizlar erkaklar va yigitlar bilan ijtimoiy mehnat, ov va turli marosimlarda baravar-teng ishtirok etishgan.
«Avesto», «Alpomish», «Go’ro’g’li», «To’maris», «Qirq qiz» kabi tarixiy asarlar va xalq og’zaki ijodi
qahramonlarini eslashning o’zi bunday dalillarni isbotlab beradi.
Sharq xalqlarining, ayniqsa hozirgi O’zbekiston hududlarida yashab o’tgan xalqning ijtimoiy-madaniy
turmush madaniyati davrlar osha boyib, rivoj topgan. Bularni Abu Ali Ibn Sino, Farobiy, Al-Xorazmiy,
Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy va boshqa juda ko’p mutaffakkir olimlar, ulug’ zotlar
hayoti hamda ularning qoldirgan ilmiy me’roslaridan bilish mumkin. Ularda xotin-qizlar timsoli g’oyat
ulug’langan va go’zalliklari, iffat va axloqlari badiiy jihatdan mukammal tavsiflangan.
Markaziy Osiyo va boshqa hududlarni arablar tomonidan istilo qilinishi (V-VIII asr) hamda ularning
madaniyati, ma’rifati chuqur o’rnashib qolinishi (IX-XIX asr) xotin-qizlarning ijtimoiy-ruhiy holatlari va
tashqi kiyinish madaniyatiga o’z ta’sirini o’tkazdi. Shu asosda ayollar va hatto endi voyaga yetayotgan qizlar
ham paranjida yurish madaniyati odat tusiga aylangan. Ularning bir tomonlari hozirgi davrda ham «hijob»
shaklida saqlanib, davom etib kelmoqda. Xotin-qizlarning paranjida yurishi mahalliy kishilarning xoxish va
istaklari asosida xilma-xil mazmunlarni keltirib chiqarganligini ta’kidlash lozim bo’ladi. Ya’ni ko’chaga
chiqmaslik, ariqdan sakrab o’tmaslik, hatto yaqin qarindoshlar oldida ham yuzni bekitib so’rashish va hokazo
Bunday jihatlar Arab mamlakatlarida to’la taqiqlanmagan. Buni «Muhammadin Rasululloh» (1997yil),
«Vijdon» va boshqa arab kinolarida ko’rish mumkin.
Ma’lumki XIX-asrning ikkinchi yarmida Chor Rossiyasi Markaziy Osiyoni o’rganish maqsadida o’z
vakillari, olimlarini tez-tez yuborib turgan. Ular mahalliy millat madaniyatini tarqata boshlagan. Oqibatda
zo’ravonlik bilan Chor Rossiyasi Markaziy Osiyoni o’zining mustamlakatiga Rus tuzem maktablari, dramatik
asarlar, sirk, turli xil tomoshalari bilan mahalliy millat orasiga kirib borgan va o’z maqsadlari yo’lida turli
madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilishgan. Bunday jihatlar ayniqsa 1917 yildagi oktyabr inqilobidan keyin
Do'stlaringiz bilan baham: |