Conference Paper



Download 12,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/342
Sana19.02.2022
Hajmi12,16 Mb.
#458955
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   342
Bog'liq
Kitob

Фойдаланилган адабиётлар: 
1. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга 
Мурожаатномаси. 
http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasiprezidenti-shavkat-
mirziyeevning -oliasy-28-12-2018.
2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Республика озиқ-овқат саноатини 
бошқаришни ташкил этишни янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 
2016 йил 18 февралдаги ПҚ-2492-сон Қарори. 
3. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2015-2019 йилларда ишлаб чиқаришни 
таркибий ўзгартириш, модернизация ва диверсификация қилишни таъминлаш бўйича 
чора-тадбирлар дастури тўғрисида”ги 04.03.2015 йилдаги ПФ-4707-сонли Фармони. 
4. Промышленность Узбекистана статистический сборник. -Т.: 2013 г. 


Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020 
128 
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA QISHLOQ XO’JALIGIDA 
TEXNOLOGIK SALOHIYATNI OSHIRISHDA INNOVATSIYALARNING ROLI
Matchanova M.B., Xolmo’minova D.A. 
JizPI, Jizzax shahri 
 
Respublikamiz iqtisodiyotining barcha sohalarini rivojlantirish va modernizatsiyalash 
bo’yicha majmuaviy dasturlarning hayotga tizimli hamda izchil tatbiq qilinishi tufayli oziq-
ovqat sanoati korxonalari ishlab chiqarayotgan mahsulot turlari yildan-yilga ko’payib 
bormoqda. Ayniqsa, aholi iste’molini to’liq qondirish uchun zarur miqdorda iste’mol mollari 
ishlab chiqarish bo’yicha mamlakatimizning barcha hududlarida izchil siyosat olib 
borilmoqda. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash O’zbekistonning mustaqilligini mamlakatda 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlashning garovi hisoblanadi. 
SHularni nazarda tutgan holda, agrosanoat majmui, qishloq xo’jaligi xomashyosidan 
aholining oziq-ovqatlar va xalq iste’moli mollariga bo’lgan talabini qondirish uchun faoliyat 
yurituvchi, o’zaro bog’liq bo’lgan tarmoqlar, ishlab chiqarishlar va faoliyat turlari tizimi 
sifatida, shartli tarzda uch sohaga ajratiladi:
1) qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi;
2) qishloq xo’jaligi mahsulotini qayta ishlash va iste’molchi tomon harakatlanishini 
ta’minlovchi tarmoq va korxonalar (oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati, tashish, saqlash va 
sotish korxonalari);
3) qishloq xo’jaligi uchun ishlab chiqarish vositalarini yaratuvchi tarmoqlar, uning moddiy-
texnik, ilmiy-texnik va axborot-maslahat ta’minoti.
Agrosanoat majmui, mamlakat iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari singari, o’zining samarali 
faoliyati va keyinchalik rivojlanishi uchun innovatsion yondashuvlarni qo’llagan holda 
modernizatsiyani talab qiladi. Bu mamlakatga nafaqat o’z oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash, 
balki qishloq xo’jaligi xomashyosidan yaratilgan tovarlarning yirik eksport qiluvchisiga 
aylanish imkonini ham beradi. Xalqaro standartlarga muvofiq innovatsiya - bu ijodiy 
faoliyatning pirovard natijasi bo’lib, u amaliy faoliyatda qo’llaniladigan yangi yoki 
takomillashgan mahsulot, texnologik jarayon ko’rinishida o’z ifodasini topgan.
Innovatsion faoliyat to’g’risida, innovatsiya ob’ekti sifatida to’laroq tasavvur shakllantirish 
uchun, ushbu tushunchani bir necha jihatlarini ko’rib chiqish lozim:
- birinchidan, bu ob’ektiv iqtisodiy qonunlar asosidagi fan va texnikaning o’zaro bog’liq 
rivojlanishi jarayonidir. U xo’jalik amaliyotida yangi ilmiy bilimlarni yaratish, tarqatish va 
amaliy qo’llash yo’li bilan, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi muammolarini hal etishga 
yo’naltirilgan, ishlab chiqarish bazasi yangilanishini nazarda tutadi;
- ikkinchidan, bu ishlab chiqarish innovatsion salohiyatini tashkil etuvchi elementlar 
majmuasidan foydalanishdir. Bu erda yuqori malakali ilmiy va ishlab chiqarish kadrlarini 
ekspluatatsiya qilish sohasidagi jarayon va hodisalar, hamda xodimlarning korxona 
innovatsion faoliyati natijalariga bo’lgan qiziqishini rag’batlantiruvchi tashkiliy, ijtimoiy, 
ekologik, huquqiy tadbirlar ko’rib chiqiladi.
Innovatsion jarayon - juda ham keng tushuncha bo’lib, uni turli nuqtai nazardan turlicha talqin 
qilish mumkin.
Birinchidan, bu ilmiy-tadqiqot, innovatsion, ishlab chiqarish faoliyati va marketingni parallel 
- ketma-ket amalga oshirilishidir.
Ikkinchidan, uni yangilik hayotiy siklining vaqtinchalik bosqichlari sifatida ko’rish mumkin.
Uchinchidan, mahsulot yoki xizmatlar yangi turini ishlab chiqish va tarqatishni 
moliyalashtirish va investitsiyalash jarayonidir. Bunda u innovatsion loyiha sifatida o’zini 
namoyon etadi.
Qishloq xo’jaligidagi innovatsion jarayon - bu yangi yoki yaxshilangan qishloq xo’jalik 
mahsulotini va uni qayta ishlash mahsulotlarini, yangi yoki takomillashgan ishlab chiqarish 
texnologiyasini yaratish maqsadida, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni amaga oshirish, 
innovatsiyalarni yaratish va ularni bevosita ishlab chiqarishda o’zlashtirish bo’yicha o’zaro 


Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020 
129 
bog’liq elementlar (bosqichlar, pog’onalar, tadbirlar) biror qonuniyatga asoslangan va ketma-
ket almashinuvchi tizimidir.
Qishloq xo’jaligi rivojlanishining innovatsion yo’li uchta o’zaro bog’liq yo’nalishga ega:
- inson omiliga innovatsiyalar, ta’lim sohasi hamda, yangiliklarni ishlab chiquvchi 
fundamental 
va 
amaliy 
ilmiy-tadqiqotlar 
tashkilotlarining 
ustuvor 
rivojlanishida, 
innovatsiyalar bo’yicha ma’lumotlar bankining, hamda qishloq xo’jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilariga xizmat ko’rsatadigan, axborot-maslahat xizmati yaratilishidagina mumkin;
- biologik omilga innovatsiyalar, tuproq unumdorligi oshishini, qishloq xo’jaligi ekinlari 
hosildorligi va qoramol mahsuldorligi o’sishini ta’minlovchi yangiliklarni ishlab chiqish va 
o’zlashtirish bilan bog’liq bo’ladi. Aynan biologik omilga innovatsiyalarning alohida roli, 
iqtisodiyotning boshqa sohalariga qaraganda, qishloq xo’jaligi rivojlanishi innovatsion 
yo’lining o’ziga xosligini aks ettiradi;
- texnologik xarakterga ega innovatsiyalar, energiya va resurs tejovchi texnika, ilmiy sig’imga 
ega texnologiyalarni qo’llash asosida tarmoq texnik-texnologik salohiyati takomillashuvini 
ta’minlaydi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkin: 
- jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitlarida faqatgina innovatsion rivojlanish, eng samarali 
ilmiy yutuqlarni qo’llash mamlakatimiz agrar sektori barqarorligini va jahon qishloq xo’jaligi 
bozoriga integratsiyasini, mamlakat oziq-ovqat havfsizligi saqlanishi va aholi turmush 
darajasi oshishini ta’minlashi mumkin; 
- innovatsion texnologiyalar, zamonaviy yuqori samaradorlikka ega mashinalar, uskunalar, 
tizim va majmualarni o’zlashtirish jarayonini faollashtirish - qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi 
samaradorligini oshirishning yo’nalishlaridan biri hisoblanadi; 
- innovatsion faoliyat ilmiy, ilmiy-texnik natija va intellektual salohiyatni, yangi yoki 
takomillashtirilgan mahsulot (xizmat, jarayon, usul) olish maqsadida qo’llashga yo’naltirilishi 
katta ahamiyat kasb etadi;
- korxona yoki hududlarning rivojlanishni innovatsion modeliga o’tishga tayyorgarligi 
darajasi, intilishi va o’tish sur’atlarini ya’ni, innovatsion faollik oshirish muhim ahamit kasb 
etadi. 

Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   342




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish