Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020
115
5 iyun - Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni sifatida e’tirof etilgan. Ushbu
kunni bayram an’anasiga aylantirgan ko`plab rivojlangan
davlatlar qatorida mustaqil
diyorimiz O`zbekiston ham o`z o`rniga ega. Mustaqilligimiz ramzlari bo`lmish davlat gerbida
ham ona tabiat va tabiiy boyliklarimiz o`simlik dunyosi, suv, ona tuprog’imiz, tog’lar kabi
ramziy timsollarni ko`ramiz hamda davlat bayrog’imizdagi yashil rang ham diyorimizning
o`simlik dunyosi, tabiat va unga e’tibor qomusiy omil ekanligini aks ettiradi.
Ona-tabiatimiz, uning ekologik muammolari yechimini birgalikda izlashga yosh
avlodimizni da’vat etishimiz lozim. Chunki bu aziz Vatan, ushbu yurtning har bir hovuch
tuprog’i, uning tabiiy boyliklari
barchamizniki, uni asrab-avaylash esa har birimizga ham farz,
ham qarz ekanligini unutmasligimiz lozim.
Ulug’ ajdodlarimizning “ummon oldida tursang ham bir tomchi suvni isrof qilma”,
degan hikmatlari bejiz emas.
Yurtimizda hozirgi kunda yechimini izlayotgan atrof-muhitni muhofaza qilish hamda
global ekologik muammolar juda ko`p. Ushbu muammolarni hal qilish borasida Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoevning shaxsan tashabbusi va nazorati ostida ko`plab qonun va farmoyishlar
chiqarilib, ular ijrosida aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Atrof-muhit muhofazasiga
qaratilgan vazifalarni bajarishda davlat tashkilotlari bilan bir qatorda jamoat birlashmalari va
fuqarolik jamiyati institutlari ham faol ishtirok etmoqda. 2008 yilning 2 avgustida
tashkil etilgan O`zbekiston ekologik harakati bugun tom ma’noda mustaqil yurtimizda
faoliyat yuritayotgan eng faol jamoat tashkilotlaridan biriga aylandi.
Shu bilan bir qatorda ta`lim jarayonida jarayonida O`zbekiston
Respublikasining
“Tabiatni muhofaza qilish”, “Atmosfera havosini himoyalash”, “Suv va suvdan foydalanish”,
“Davlat ekologiya ekspertizasi”, “Yer to`g’risida”, “Chiqindilar to`g’risida” va shunga
o`xshash ko`plab qonunlarning ijrosi ta’minlanadi.
Kоnstitusiyamizdа bеlgilаb bеrilgаn huquqiy nоrmаlаr аsоsidа mаmlаkаtimizdа аtrоf
muhitni muhоfаzа qilish, аhоli sаlоmаtligini himоya qilish, tаbiiy rеsurslаrdаn sаmаrаli
fоydаlаnishgа yunаltirilgаn ijtimоiy-iqtisоdiy hаmdа ekоlоgik siyosаt yuritib kеlinmоqdа.
Shuni tа`kidlаsh jоizki, mustаqillik yillаridа mаmlаkаtimizdа ekоlоgik muаmmоlаrni bаrtаrаf
etish vа ulаrning sаlbiy оqibаtlаrini оldini оlish bоrаsidа muаyyan tаjribа оrttirildi. Shu bilаn
birgаlikdа, sоhаdаgi vаzifаlаrning miqyosi vа ko`lаmi mаmlаkаtimiz
hududlаridа ekоlоgik
hоlаtni sоg`lоmlаshtirish muаmmоlаrini kоmplеks hаl etishdа dаvlаt оrgаnlаri, jаmоаt
birlаshmаlаri, fuqаrоlik jаmiyati institutlаri vа fuqаrоlаrning sаy-hаrаkаtlаrini birlаshtirishni
tаlаb qilаdi.
Muxtasar qilib aytganda, ona tabiatga odilona munosabatda bo`lish,
flora va fauna
olamini asrab-avaylash, kelajak avlodga tabiat boyliklarini bus-butun yetkazish hamda
ekologik muammolarni bartaraf etishga hissa qo`shish har birimizning oldimizda turgan
muhim vazifa hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: