Conference Paper


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 12,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/342
Sana19.02.2022
Hajmi12,16 Mb.
#458955
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   342
Bog'liq
Kitob

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 
O`zbеkistоn 
Rеspublikаsi 
Kоnstitusiyasi.-T.:O`zbеkistоn 
2008. 
O`zbеkistоn 
Rеspublikаsining “Tаbiаtni мuхоfаzа qilish to`g`risidа”gi Qоnuni (1992 yil 9 dеkаbr)
2. Brеnchuk М. М. Ekоlоgichеskое prаvо. Uchеbnik. – М.: 2008. -5-4 b.
 
3. Аtrоf мuхitni мuхоfаzа qilish ва tаbiаtdаn fоydаlаnishgа оid nоrmаtiv-хuquqiy хujjаtlаr 
to`plаmi. 
“Аdоlаt 
nаshiryoti”, 
2007. 
3-120, 
124-131 
b. 
SUVNING IFLOSLANISHI VA UNI QAYTA ISHLASHNING YANGI 
TEXNOLOGIK IMKONIYATLARI. 
Karimova F.S., Rashidova R.R. 
JizPI 
Tabiatning eng ajoyib mo`jizalaridan biri bu-suvdir. Suv barcha tirik organizmlarning 
hayot manbai hisoblanadi. Bu beqiyos ne`mat inson va hayvon organizmining 2\3 qismini, 
o`simlik organizmining bundan ham ko`p qismini tashkil qiladi. Ko`pincha ayrim insonlar bu 


Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020 
116 
mo`jizaning qadriga yetishmaydi. Ayrim mamlakat va qit`alarda toza ichimlik suvining 
yo`qligiga va hattoki iste`molga yaroqli suvning mavjud emasligiga qaramay dunyoning 
ba`zi bir rivojlangan mamlakatlarida suvni keragidan ortiq isrof qilish darajasi ortib 
bormoqda. Yer yuzasida aholining ko‘payib borgan sari yildan yilga yangidan yangi 
muammolar ham soat sayin ortib bormoqda. Ana shunday dolzarb muammolardan biri bu 
ichimlik suvining tanqisligi hisoblanadi. Bu masalaga yuzaki qarasak, yer yuzasida suv 
behisobdek ko‘rinadi. Lekin aslida bunday emas. Agar jahondagi barcha suv zahiralari 1500 
million kub metr bo‘lsa, uning 94% ini okean va dengiz suvlari, qolgan 6% i esa yer osti 
suvlari va muzliklar tashkil etadi. Butun jahondagi ichishga yaroqli suvlar esa, barcha suv 
zaxiralarining atigi 0,0221% tashkil etadi. 
Suv bilan bog‘liq muammolar bizning o‘lkamiz uchun ham juda dolzarb 
muammolardan biri hisoblanadi. Biz sanoat va texnologiyalar rivojlangan asrda 
yashamoqdamiz. Sanoat va texnologiya rivojlanib borgan sari chiqindalar va isrof bo`lib 
borayotgan suv sarfi ham ortib bormoqda. Suv sanoatning ham ajralmas bo`lagi hisoblanadi. 
Sanoat suvdan beminnat foydalanmoqda. Shu bilan birga foydalanilgan suvning ko`p qismini 
yaroqsiz holga keltirib, tashlandiq hududlarga chiqarilib tashlanmoqda. Bu shu hudud uchun 
zararli ta`sir ko`rsatmoqda. Bundan tashqari chiqarib tashlangan sanoat suvlari o`zi tashlangan 
hudud yerini ifloslantirish bilan birga yer ostidagi grunt suvlariga ham salbiy ta`sir 
ko`rsatmoqda. Bu holatni oldini olmaslik yana bir ekologik muammoning kelib chiqishiga 
sabab bo`lishi mumkin. 
Ma‘lumki, minglab yillar davomida ajdodlarimiz suvni muqaddas bilib, uni 
ifloslantirishdan qo‘rqishgan va undan oqilona foydalanishgan. Chunki suv nafaqat insonning 
hayot faoliyatida, balki mamlakat sanoat va rivojida ham beqiyos o`rin egallaydi. Sobiq ittifoq 
davrida esa suvdan noratsional foydalanilganligi tufayli, ko‘pgina sanoat korxonalari oqova 
suvlarni to‘liq tozalamasdan suv havzalariga oqizib yuborish, hamda paxta dalalarini 
sug‘orishga katta-katta miqdorda suvni ishlatilish hisobiga hozirgi kunda Respublikamizda 
suv havzalarining turli xil moddalar bilan ifloslanishi, ichimlik suvning tanqisligi sezilmoqda. 
Natijada suv va suvdan foydalanish masalasi ham davlat tomonidan nazorat qilinishi nafaqat 
zarur, balki shart bo‘lib qoldi. Bu esa ichimlik suvlarining ifloslanishi manbalarini 
aniqlash,ularni zararsizlantirishning samador usullarini ishlab chiqishga alohida e‘tibor 
qaratish zarurligini anglatadi va u hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. 
O‘zbekistonda iste‘mol qilinayotgan suv miqdorining 95% i daryo va soylardan 
olinadi. Suvni iste‘molchilarga o‘z vaqtida va kerakli miqdorda yetkazib berish maqsadida 
ko‘plab kanal va doimiy nasos stansiyalari qurilgan. Respublikamiz qishloq xo‘jaligi 
sug‘orma dehqonchilikka asoslangan. Suv xo‘jaligida umumiy suv sarfi sekundiga 2500 kub 
metrdan ortiq bo‘lgan 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 metr kub bo‘lgan 53 ta suv va 
32,4 ming kilometr xo‘jaliklararo kanallar, 4889 ta nasos agregatlari, 1479 ta doimiy nasos 
stansiyalari bor. 
Mamlakatimiz hududidagi barcha suv zaxiralari inson faoliyati ta‘siriga uchramoqda. 
Yurtimizdagi suv zaxiralarining kamayib ketishi va ushbu havzadagi suv sifatining 
yomonlashib borishga mintaqamizda keng ko‘lamda yangi yerlarni o‘zlashtirish, sanoat va 
chorvachilikning rivojlanishi o‘zining juda katta salbiy ta‘sirini ko‘rsatdi. Sanoatda 
ishlatiladigan toza suvning miqdori, aholi iste‘moli uchun sarflanadigan suv miqdoridan bir 
necha barobar ko‘p. Kimyo sanoatida sun‘iy yo‘l bilan olinadigan bo‘yoqlar, portlovchi 
moddalar, turli xildagi dori-darmonlar va boshqalar juda ko‘p miqdorda toza suvni talab etadi. 
Oqibatda ishlab chiqarish korxonalaridan chiqqan iflos suvlar tarkibida tabiatda 
uchramaydigan zararli moddalar ham uchraydi. Suv shaxtalarda ko‘mir olishda ishlatiladi. 
Ko‘mir qatlamlari oralig‘idagi tog‘ jinslarining tarkibiga qarab suv turli moddalar bilan 
to‘yinadi. So‘ngra shaxtadagi iflos suvlar kuchli nasoslar yordamida turli suv havzalariga 
chiqarib tashlanadi. Qora va rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash va tog‘-kon sanoati 
chiqindilari tufayli ham yer yuzasidagi suvlar ifloslanmoqda. 


Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020 
117 
Keyingi paytlatlarda suvni ko‘p sarflaydigan sanoat tarmoqlari joylashgan sex va zavodlarda 
chiqindi suvlarni tozalaydigan uskunalar qurilmoqda. Iflos suvlarni tozlash uchun, asosan, 3 
usul:
1.
Mexanik 
2.
Kimyoviy 
3.
Biologik usullardan foydalanilmoqda. 
Iflos suvlarni mexanik usulda tozalashda maxsus qurilmallar yordamida suvga qo‘shilgan 
og‘ir zarralar, suv yuzasidagi moy-yog‘lar, neft va boshqa moddalar ushlab qolinadi. 
Iflos suvlarni kimyoviy usulda tozalashda turli reagentlardan foydalaniladi. Reagentlar 
ba‘zi iflos suv tarkibidagi ba‘zi moddalar bilan reaksiyaga kirishib ularni zararsizlantiradi. 
Biologik usulda tozalashda esa sun‘iy yo‘ldan foydalaniladi. Bundan tashqari 
mikrobiologik, biokimyoviy jarayonda tozalash ham muhim ahamiyatga ega.Tabiatda suvni 
biologik usul yordamida tozalashda tekis maydonlardan foydalaniladi. Chunki iflos suv 
tuproq orqali o‘tganda zararli moddalar tuproq qatlamida qoladi.
Insoniyat jamiyatdagi taraqqiyot jarayonida tabiiy suv tarkibini o‘zgartirdi va shiddat bilan 
o‘zgartirishda davom etmoqda. Shuning uchun suvni muhofaza qilishda va iflos suvlarni 
tozalashdagi usullarni yanada takomillashtirish lozim. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, suv bu buyuk ne‘mat. Undan oqilona foydalanish va 
kelajak avlodlarga bus-butunligicha, hech qanday asoratlarsiz yetkazish barchamizning 
insoniylik burchimiz. Tabiatda hamma ne`matlarni asrab avaylab ularni ehtiyotlab 
tabiiyligicha ishlatish insonlarning o`ziga bog`liq.

Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   342




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish