Conference Paper


METAFORANING LINGVISTIK VA BADIIY XUSUSIYATLARI



Download 12,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/342
Sana19.02.2022
Hajmi12,16 Mb.
#458955
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   342
Bog'liq
Kitob

METAFORANING LINGVISTIK VA BADIIY XUSUSIYATLARI 
1
Shukurova B.B., 
2
Barotova

M.
 
 1
TDTU Termiz filiali 
2
TDPU Termiz filiali 
 
Har qanday lingvistik hodisa kabi metafora ham lisoniy asosga ega. Metafora asosida 
nom ko`chishi predmet, harakat, holatlarning keng ma`nodagi o`xshashligiga asoslanadi. Asos 
konkret, abstrakt bo`lishi mumkin. Metafora tuzilishiga ko`ra sodda va kengaygan, badiiy 
hamda lingvistik metaforalarga ajratiladi. Lingvistik metafora ekspressiv bo`lmagan atama, 
badiiy metafora ekspressivdir. Metaforaning ana shunday mohiyatini inobatga olgan holda 
professor R. Qo`ng`urov mana bunday deb yozgan: «Metaforani yashirin o`xshatish deyish 
mumkin. Ammo, u oddiy qiyosdan farq qiladi. Agar oddiy qiyos har doim ikkita a`zodan 
tashkil topsa (ya`ni nima qiyos qilinadi, nima bilan qiyos qilinadi, qiyos qilinuvchi va qiyos 


Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020 
435 
qilinadigan predmet) metaforada faqat ikkinchi a`zo- o`xshatilgan narsa qoladi, o`xshagan 
narsa tushirib qoldiriladi va u kontekstda ochiq sezilib turadi. Demak, metaforada 
tasvirlanayotgan predmet ana shu ikkinchi a`zo orqali idrok qilinadi» . Ushbu fikrga 
qo`shilgan holda shuni ham aytish kerakki, sof lisoniy nuqtai nazardan, bizningcha, 
metaforani «yashirin o`xshatish» emas, balki «qisqartirilgan o`xshatish» deb qarash maqsadga 
muvofiqroq ko`rinadi. 
Metafora aslida nutqda obrazlilik, emotsiya berish maqsadida narsa va hodisalar 
o`rtasidagi o`xshashlikka asoslanib, so`zlar va iboralarni ko`chma ma`noda o`xshatishdir. 
Hozirda badiiy adabiyotdagi metafora ma’no ko’lamini ham benihoya kengaytirgan: 
o’xshashlik asosida ko’chma ma’noda qo’llangan birgina so’zni ham, matnning bir bo’lagi 
(misra, band; jumla, abzas)da ifodalanuvchi obrazni ham, ba’zan esa butun boshli asarni 
to’laligicha ham metafora deb atayveramiz. To’gri, keyingi ikki holni ba’zan “yoyiq 
metafora” yoki “metaforik obraz” deb aniqlashtiramiz, lekin ko’proq qisqa qilib “metafora” 
deymiz. Ya’ni avvaliga metafora terminida ma’no torayishi (umuman ko’chma ma’nodagi 
so’z-o’xshashlik asosidagi ko’chma ma’noli so’z) yuz bergan bo’lsa, yangi davrdan boshlab 
unda ma’no kengayishi jarayoni kuzatiladi. Natijada, endi metaforani juda keng, ya’ni 
prozada (umuman san’atda)gi bir narsa-hodisa mohiyatini ikkinchi bir narsa-hodisa orqali 
ochish deb tushunila boshlandi.
Obraz o’zi aks ettirayotgan narsani anglash vositasi ekanligini esga olsak, uning o’zi 
tabiatan metaforik ekanligi ko’rinadi. Xuddi shunday yondashuv butun badiiy asarga nisbatan 
ham qo’llanishi mumkin, zero, ma’lumki, estetika va adabiyotshunoslikda badiiy asarning 
o’zi butun holicha bitta obrazga teng degan qarash mavjud. Badiiy adabiyotda metafora adib 
tafakkurining o`ziga xos ta`sir ifodasi sifatida namoyon bo`ladi. Misol tariqasida Nazar 
Eshonqul nasrida ko`chim turlarining o`ziga xos talqiniga guvoh bo`lamiz.
Nazar Eshonqul “Momoqo`shiq” qissasida: “Inson uchun hayotda nima muhim? Ayol 
baxti nimada?”– degan badiiy-falsafiy muammoni o`rtaga tashlaydi, Muazzamning hayoti 
misolida bu savollarga javob topadi. Qissa markaziy qahramoni – Shamsi Salohning ho-yu 
havaslarga, hashamlarga, mashhurlikka o`chligi nafaqat kiyinishida, gap-so`zlarida, xatti-
harakatlarida dinamik tarzda aks ettiriladi. 
Qissada, ayniqsa, Muazzam bilan bog`liq badiiy tasvirlarda lirik-romantik uslub 
yetakchilik qiladi. Tasodifan Muazzamning allalovchi, sehrlovchi go`zal qo`shig`ini eshitgan 
to`rtta hasharchi (Shamsi Saloh, Ismoil Ali va ikki aktyor) haqiqiy san`at sohibining iqtidoriga 
guvoh bo`lib qolishadi. Muazzamning xatti-harakatlari, tashqi qiyofasini yozuvchi ko`chim 
turlari metafora, metonimik ko`chim vositalari bilan ifodalab, tasvirda yanada originallikka 
erishish maqsadida o`xshatish, jonlantirish, istiora kabi tasviriy vositalardan unumli 
foydalanadi. Chunonchi, adib Muazzamning erkin va ozod qo`shiq kuylashini osmonda uchib 
yurgan qushchaga o`xshatadi:”qiz qanotini ozod qoqib yurgan qushchaday , berilib qo`shiq 
aytardi ” Ayolning sehrli ovozi esa xayolda toza, beg`ubor, samimiy bolalikni yodga solidi. 
Quyidagi badiiy tasvirga e`tibor qaratsak: “Uning qizil chit ko`ylagi yugurayotgan 
paytda rostdan ham olislardan kelayotgan kemaning alvon yelkaniga o`xshab, hilpirab 
ketardi”. Bir qarashda, bu juda notabiiy metaforik ko`chim bo`lib ko`rinadi. Lekin ikkinchi 
tarafdan, haqiqatan ham uzoqdan kuzatilganda qizil ko`ylak kiyib yugurayotgan ayolning 
xatti-harakatlari qizil alvonli kemaga o`xshatilishi ko`ngilda hech qanday e`tiroz 
uyg`otmaydi. Aksincha, yangicha badiiy ifodadan ko`ngil g`alati tarzda qoniqadi.
Asarda peyzaj tasvirida ham metaforaning go`zal namunalariga guvoh bo`lamiz: “Tun 
qaylargadir uchib ketish uchun dalalar ustidan asta –sekin qanotlarini yig`ib olayotgan edi. 
Kechasi bilan tun mulkiga poyloqchilik qilib chiqqan oy shami ham endi yer yuzini yoritishga 
ojiz ekanligini sezganday pilpillay- pilpillay so`na boshlagandi” 
Qissada, ayniqsa, Shamsi Saloh ruhiyati bilan peyzaj tasviri, nihoyatda, bir-biriga 
uyg`un va mutanosib aks ettirilganini kuzatish mumkin. Shamsi Salohning qalbi oyoq ostida 
qars-qurs sinayotgan novdalar kabi siniq, yoyinki, barglari duv to`kilgan daraxt tanasi singari 
yuragi ham bo`m-bo`sh, ship-shiydam. Osmonda to`da-to`da bo`lib qag`illayotgan 


Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020 
436 
qarg`alarning talvasali qag`illashi singari Shamsi Saloh yuragi ham qo`rqinchli va vahimali. 
Uning qalbi quruq ho-yu havaslar, yolg`on, jirkanch, noinsoniy munosabatlar tufayli 
qabristonga aylangan. Bog`dagi g`ubor hidi, aslida, Shamsi Salohning g`arazli, g`uborli 
niyatlariga ishora berayotgandek. Gujum daraxti shoxida o`tirgan qarg`aning Shamsi Saloh 
ustiga najas tashlab ketishi ham bejiz tasvirlanmagan. Ramziy ma`noda qahramon qarg`a 
axlati bilan taqdir tomonidan mukofotlanadi. Bu mukofot Shamsi Salohning Muazzam 
haqidagi g`arazli maqsadlari, rejalariga loyiq va munosib tarzda belgilangan.
Bizningcha, asar yakunida Shamsi Saloh Muazzam uchun haqiqiy baxt, umuman, 
inson his-tuyg`ulari uchun tozalik va samimiylikning naqadar muhimligini anglab yetadi. Bu 
mag`lubiyat unga qanchalik og`ir botmasin, nochor qishloq sharoitida yashasa-da, o`zida 
yashashga, mehnat qilishga, kulishga, o`zini baxtli sanashga kuch topa olayotgan Muazzam 
va Otaqulning baxtiyorona, masrurona hayotini kuzatib, xatolarini anglab yetadi. Uning 
ismidagi Shams – oftob, quyosh ma`nosini anglatadi. Afsuski, Shamsi Saloh o`z ismidagi 
chuqur ma`noga zid ravishda Muazzam va Otaqul orasiga nur, yorug`lik, ezgulik sochish 
o`rniga, ularning o`rtasiga sovuqchilik tushiradi. Muazzam – so`zi esa ulkan, katta 
ma`nolarini anglatadi. Asar qahramoni Muazzam og`ir sharoitda, o`z istaklari va 
xohishlaridan kechib bo`lsa-da, oila, farzand baxti uchun o`zini fido etgan o`zbek ayolining 
ramziy timsoli sifatida namoyon bo`ladi. 
Bugungi o`zbek hikoya va qissachiligini ko`zdan kechirish natijasida g`ayriodatiy 
uslub, g`ayrioddiy obrazlarga duch kelamiz. Nazar Eshonqulning “Momoqo`shiq” qissasi 
qahramoni Shamsi Saloh nutqida uzundan-uzun monolog-orzular uchraydi:”Sen,-deb murojjat 
qilardi u xayolan kimgadir,- yovvoyi o`tlar orasida o`sgan gulsan. Sen ko`zda qalqib turgan 
bir tomchi yoshsan So`nggi yillarda o`zbek hikoya va qissachiligi shakl va mazmun e`tibori 
bilan badiiy (badiiy uslubda, badiiy obrazda, badiiy tasviriy vositalarda) va, shuningdek, 
estetik yangilanishlar qilganligini yaqqol kuzatishimiz mumkin. Xullas, hozirgi o`zbek hikoya 
va qissachiligiga xos badiiy-estetik yangilanishlarni ilmiy asosda o`rganish, tahlil etish, 
bugungi adabiyotshunosligimiz va tilshunosligimiz oldida turgan dolzarb masaladir. 

Download 12,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   342




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish