Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020
432
bilаn bоyidi. Mаzmun jihаtdаn esа hаr qаndаy insоnning аzаliy vа аbаdiy оrzusi bo’lgаn ruh
оzоdligi, ijtimоiy erk his-tuyg’ulаri sаn’аtkоr shоirlаr ijоdining tub mоhiyatini tаshkil qildi.
Badiiy asarlarda shaxs ruhiyatini ochib berish, uning eng ichki qatlamlarigacha kirib borib,
taftish qilish dolzarb bo’lib qoldi. Davr, ijtimoiy muhit o’zgarishga uchrar ekan, shubhasiz, bu
holat hikoyachilikda ham aks etadi, yangilanishlar hosil qiladi. Shu nuqtayi nazardan olib
qarasak, mustaqillik davri hikoyachiligida ham yangiliklar bisyor. Istiqlol davrida yuzaga
kelgan badiiy tafakkurdagi yangilanish jarayonlari milliy nasrimiz o’zanlarini tubdan
o’zgartirib yubordi.
“Har bir milliy adabiyotning o’ziga xos kundalik nafasi, qadam olishi, mavqeyi –
pulsi hikoyada ko’proq namoyon bo’ladi”.
Hikoya deyilganda, eng avvalo, ko’z oldimizga hikoya qilingan voqealar tizimi emas,
balki shu voqealarni boshidan o’tkazgan xarakter keladi. Masalan, “
Bemor
” deyilsa,
Sotiboldini, “
O’g’ri
” deyilsa, Qobil boboni, “
Anor
” deyilsa, Turobjonni eslab o’tamiz. Keyin
esa shu xarakterlar boshidan kechirgan voqealar yodimizga tushadi. Bundan shunday xulosa
kelib chiqadiki, hikoyada bayon qilingan voqelik xarakter orqali ochib beriladi, ya’ni
hikoyaning syujetni konflikt emas, xarakter harakatga keltiradi. Shu jihatlarga tayangan holda
Yo’ldosh Solijonov hikoya janrining quyidagi uchta asosini ko’rsatib o’tadi:
1. Hikoya syujetiga xarakter asos bo’lishi kerak.
2. Hikoyada bayon qilinayotgan voqea, xarakter ochib berilishi kerak.
3. Asarda syujet, xarakter va voqea birligini ta’minlash yozuvchining tasvirlash mahoratiga
bog’liq. Yuqoridagi mezonlarga to’la amal qilingan holda yozilgan hikoya sara san’at asari
bo’la oladi.
Istiqlol davrida yaratilgan hikoyalarga ham yuqoridagi mezonlar asosida
yondashadigan bo’lsak, ular shu talablarga javob bera oladimi? Ularning shakliy tomonida
qanday o’zgarishlar bor? Mazmun tomonidachi? Ularda qanday muammolar qanchalik ochib
berilyapti?
Mustaqillik davri hikoyalari shu asosda tahlil qilinsa, unga xos yangi xususiyatlarni,
tobora kengayib borayotgan imkoniyatlarni aniqlash mumkin. Darhaqiqat, bu davrda
yaratilayotgan hikoyalarning g’oyaviy yuki, milliy o’ziga xosligi, badiiy saviyasi va mavzular
ko’lami o’tgan davrlarga qaraganda bir qadar ortgani yaqqol sezilib turadi. Istiqlol davri
nasrida shunday hikoya janri namunalari yaratildiki, ularning g’oyaviy yuki, makon-zamon
omillari butun boshli bir romanga asos bo’la oladi. Shu o’rinda istiqlol davrida yaratilayotgan
hikoyalarni shakl va mazmuniy tomonidan kengroq tahlil qilsak.
Yangi asrning boshiga kelib hikoya janri yana hajm jihatidan yana ixchamlikka
intilmoqda. Bu davrga kelib hikoya janrida novellaga xos bo’lgan xususiyatlar qaytadan
jonlandi. Bugungi kun hikoyalarida kuchli dramatik voqealar ketma-ket kuchayib boraveradi.
Ulardagi makon va zamon omillari ham o’zgacha tus olmoqda. Natijada voqealar qisqa vaqti
ichida bayon etiladi. Bunday yangiliklarni N.Eshonqul, U.Hamdam, I.Sulton, Z.Qurolboy qizi
kabi ijodkorlarning hikoyalarida uchratish mumkin.
Hozirgi davr hikoyalariga xos bo’lgan yana bir xususiyat shuki, ularda lirizm bilan
hajviy ohang, reallik bilan g’ayritabiiylik, fantastik elementlar o’zaro qorishiq holda
kelmoqda. Keyingi yillarda yaratilgan hikoyalarning barchasi mohiyatan yangicha
hikoyalardir.
Yangi davr hikoyalarining yana bir yangi jihati shuki, ulardagi qahramon ko’proq
o’zini taftish qilishga urinadi. Bunday holat bilan yozuvchilar haqiqiy insonni, uning “
Do'stlaringiz bilan baham: