Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020
381
qonun qoidalariga asoslangan holda boshqardim. Saltanatim martabasini qonun-qoidalar
asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib, ziyon yetkazishga hech bir
kimsaning qurbi yetmadi”. Ulug’ bobokalonimiz Amir Temur bilan prezidentimizning
fikrlarini solishtiradigan bo’lsak, xalq, davlat, millat manfaati yo’lidagi fidoyilik namunalarini
umumiyligi va o’xshashligini kuzatamiz. Respublikamizda olib borilayotgan siyosatni va
amaliy ishlarni sinchiklab o’rgansak va kuzatsak xuddi o’sha Amir Temur o’gitlariga to’la
amal qilinayotganligi sezilib turadi. “O’g’illarim millatning rohati, sadoqatini saqlamoq uchun
sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o’qing, aslo unutmang va tadbiq eting”
deb bobokalonimiz o’zining tuzuklarida. Tarixiy ongini shakinlashtirish taraqiyotida vorislik
tamoyilini bilishni,nazariy va amaliy faoliyatida undan foydalanishni taqozo etadi.Har bir
avlod ajdodlarning buyukligiga qarab,qaddini rostlaydi.kimki o’z uyining keng keng olam
bilan birlashib ketishini istasa,olamning bir parchasini o’z uyidan topmog’i lozim,o’tmishdagi
buyuk mutafakkirimiz merosi ul yashagan zamoni,kamol topgan makoni doirasidan chiqib,
umumbashariy qadriyatga aylanib ketgandir.Tarixiy ongning shakillanishi ham tarixiy
vorislikni qay darajada tushunishga bog’liq. Tarixiy taraqqiyot bir bosqichdan ikkinchisiga
o’tish vorisiy aloqalarsiz amalga oshmaydi. Zero, inson uchun uning yaratuvchilik faoliyati
vorislik prinspini amalga oshirishga faol jarayon hisoblanadi. Tarixiy taraqqiyot taqdiri, xatti-
harakatga hal etishga bog’liq. Bu vazifalarning muvoffaqqiyatli bajarilishi esa muayyan
darajada yoshlarning tarixiy ongini shakllantirish zaruratini taqozo etadi. Tarixiy ong tarixiy
xotira bir-biri bilan chambarchas bo’g’liqdir. Inson o’zining tarixiy xotirasiga ega bo’lmasdan
turib, hayotda sodir bo’layotgan ijtimoiy o’zgarishlarning mohiyatini tushunib yetolmaydi,
o’z kelajagini tasavvur qila olmaydi.
Shu sababdan ham birinchi prezidentimiz I.A. Karimov o’zining “Tarixiy xotirasiz kelajak
yo’q” asarida tarixiy xotira madaniy merosining shakllanishi va rivojlanishi uchun asosiy
manba vazifasini bajaradi, shuning uchun ham hamma zamonlarda xalqning, millatning
tarixiy xotirasini mustahkamlash, yurtning buyuk allomalari, davlat arboblari diqqat e’tiborida
bo’lgan.
Abu Nars Farobiyning tushuntirishicha, tarixiy xotira har bir xalq yaratgan ma’naviy
boyliklar, umuminsoniy madaniy meros xazinasiga qo’shilgan paytdagina sodir bo’ladi.
Farobiyning yozishicha, “Odamlarning bir avlodi o’lib ketgach, ularning jismlari yo’q bo’lib
ketadi-yu, ammo ularning ruhlari vujuddan qutulib, saodatga erishadilar. So’ng boshqalarning
ularning o’rnini egallab, ular qilgan ishlarni qiladilar”.
Xulosa qilib aytganda insonda tarixiy xotira va ong o’z vatani, o’z xalqi, ajdodlari
tarixini bilish orqali shakllanadi va mustahkamlanib boradi. Tarixga nazar tashlash orqali
ta’lim jarayonini zamon talablariga mosravishda isloh qilish imkoniyatiga ega bulamiz. Tarix
ibrati ilm-ma’rifat bugungi kundagi muammolarni hal qilishning yagona yo’li ekanligini
ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: