156
Spartaliklar ko‘proq shaharlarning savdo manfaatlarini o‘ylab,
“korrupsiya”dan qochib pul va qul mehnatini rad etdi. Shu bilan birga, Sparta
qudratli harbiy davlat bo‘lgan va boshqa yunon shahar-davlatlaridan g’ayritabiiy
siyosati bilanjralib turgan
59
.
Eforlar davlatda ijroiya hokimiyatni ham amalga oshiganlar.
Taxminlarga
ko`ra, eforlar ilk davrda podsholar tomonidan tayinlanganlar. Er. avv. XI asrdan
boshlab esa, xalq yig`ini tomonidan tayinlanganlar. Besh efor kollegiyasi
podsholar va gerusiya faoliyatini nazorat qiladigan oliy organ sifatida paydo
bo`ldi va tezda Sparta oligarxiyasi hokimiyatining qo`shimcha oliy organiga
aylandi. Besh Sparta qishlog`ining har biridan bittadan
efor bir yil muddatga
saylangan. Ular oliy nazorat hokimiyatiga ega edilar. Hamda har qanday
spartaliklarni, hatto, geront va podsholarni ham javobgarlikka tortish huquqiga
ega edilar. Bundan tashqari, ular Sparta turmush
tarzi qoidalari va Sparta
qonunlarini bajarilishini kuzatganlar. Eforlar Spartaning ichki va tashqi siyosatini
boshqardilar hamda ilotlarga qarshi jazo-qo`rqitish tadbirlarini amalga oshirishga
rahbarlik qildilar.
Podsholar yoshi 60 yoshdan yuqori bo`lgan, yigirma sakkiz aslzoda
keksadan tuzilgan kengash (gerusiya) majlisiga boshchilik qilganlar. Gerusiyada
xalq yig`iniga ko`riladigan qaror loyihalarini tayyorlaganlar hamda jinoiy ishlar
bo`yicha sud ishlarini amalga oshirganlar. Eforlar xalq yig`ini-appelaga
boshchilik qilganlar. Ular har qanday mansabdor shaxsni ishdan chetlatish,
zaruriyat bo`lganda chet elliklarni mamlakatdan chiqarib yuborish huquqiga ega
edilar. Davlat moliyasi, tashqi ishlar ularning qo`lida edi. Podsholar ba’zi umrbod
imtiyozlarga (harbiy o`ljalarning 1/3 qismiga egalik qilish, tantanali dafn qilish va
h.k.) ega bo`lsalarda, eforlarning kuchli hokimiyati ularni podsholar bilan bir
qatorda qo`yar edi. Bu tashqi tomondan quyidagi odatda ifodalangan edi. Boshqa
spartaliklardan farq qilgan holda eforlar podsholar ko`ringanda o`z o`rinlaridan
turmaslik huquqiga ega edilar.
Xalq yig`ini-appelada 30 yoshga yetgan barcha
spartaliklar ishtirok etar
edilar. Sparta appelasi masalalar qizg`in muhokama qilinadigan, oddiy fuqaro
faol so`zga chiqadigan Afina eklessiyasidan keskin farq qilar edi. Appelada oddiy
spartaliklarning ovozi faqat favqulodda holatlarda eshitilar, barcha qarorlar eforlar
va gerusiya a’zolari tomonidan taklif etilar edi. Appela masalani muhokama
qilmas, bahslashmas, faqat ovoz berar edi. Spartaliklarning
davlat qurilishi ana
shunday edi. Bu davlat qurilishi qonunshunos Likurg tomonidan amalga
oshirilgan islohotlar natijasi edi. Likurg Sparta podsholaridan birining tog`asi
bo`lib, o`z jiyanining yoshi kichik bo`lganligi uchun davlatni boshqargan edi.
Likurgning islohotchilik faoliyatining asosida to`la huquqli spartaliklarning yaxlit
hukmron tabaqasi hamda qaram ilotlar va perieklar ommasi noroziligining
ko`rinishini har qanday lahzada bostirishga qobil bo`lgan va tashqi hujumni
qaytaradigan kuchli harbiy tashkilotni yaratish yotar edi.
Sparta davlatining
59
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.194.
157
konservativ holati uni zaiflashtirar edi. Sparta to er. avv. IV asrning ikkinchi
yarmigacha shu holatda yashadi.
Er. avv. IV asrning II yarmidan butun yunon dunyosini qamrab olgan
ijtimoiy va madaniy o`zgarishlar Spartaga ham ta’sirini o`tkaza boshladi.
Spartaning maqtalgan tenglar jamiyati buzildi. Spartalik erkaklarning barchasi
uchun harbiy xizmat majburiy edi. Spartaliklar 7 yoshdan 18-20 yoshgacha harbiy
ta’limni o`rganib, 20 yoshdan 60 yoshgacha harbiy xizmatda bo`lganlar. Jangda
qo`shinning
oldingi qismida ilotlar
,
perieklar borgan. Ulardan keyin, yosh
spartaliklar, oxirida 60 yoshgacha bo`lgan keksalar jangga kirishgan. Sparta
qo`shini er. avv. VI-V asrlarda Yunonistondagi eng yaxshi tashkil etilgan
intizomli va kuchli qo`shin edi. Qo`shinlar 12 ta harbiy qismga (loxga) bo`lingan.
Harbiy qism tepasida harbiy boshliq (loxak) turgan. Qo`shinga qo`mondonlikni
podsholar amalga oshirgan. Ularga harbiy ishlarda harbiy maslahatchilar yordam
bergan. Qo`shin tarkibida 300 ta suvoriy askar bor edi. Suvoriylar urush vaqtida
podsholarni qo`riqlaydigan,
tinchlik vaqtlarda esa, mamlakat xavfsizligini
ta’minlaydigan o`ziga xos otliq gvardiyani tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: