Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/88
Sana18.02.2022
Hajmi2,22 Mb.
#457077
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   88
Bog'liq
Ijtimoiy iqtisodiy

2.5.2.
 
Ekologik rivojlanish konsepsiyasi. 
Mavjud hududiy boshqaruv tizimi doirasidagi mintaqa iqtisodiy tizimi faoliyat 
rejimini berilgan muddatda yaxshilab bo‘lmaydi. Bu hollardan kelib chiqqan holda 
mintaqaviy-iqtisodiy rivojlanish prognozning ishlab chiqarilish sxemasi, tarkibi va 
asosiy bosqichlari aniqlanadi. Prognozni tuzish jarayoni o‘z ichiga uchta blokni 
oladi: analitik, konsentual va prognozli. 
Analitik blok doirasida berilgan hududning ichki bog‘liqligini o‘rganish, 
tizimning butun faoliyat samarasini aniqlovchi mintaqa tizimi iqtisodiy yadrosi va 
ishlab chiqarishni ahamiyatli tuzilmaviy aloqalarni aniqlash zarur. 
Bu mintaqaning mehnat taqsimoti tizimida asosiy funksiyani bajaruvchi 
mintaqa xo‘jaligining xalqalarini aniqlash imkoniyatini beradi. Undan tashqari, 
butun mamlakat iqtisodiyoti tarkibida mintaqaning rivojlanishi tendensiyalarini 
ko‘rib chiqish lozim. Bu umumiy ishlab chiqarishni ayni vaqtdagi bog‘liqlik 
darajasini va kelajakdagi mintaqaviy iqtisodiyot faoliyatiga bog‘liqligini 
ko‘rsatadi. 
Konseptual blok doirasida izlanishlarning asosiy tarkibi-mintaqa oldida turgan 
iqtisodiy va ijtimoiy mintaqalarni hisobga olgan holda mintaqa iqtisodiy tizimini 
rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqarishdir. 
Mintaqa rivojlanishining konsepsiyasini ishlab chiqarishda ikkita asosiy 
bosqichni ajratish mumkin: 
a)
mavjud muammolar yechimiga yo‘naltirilgan maqsadlarni shakllantirish va 
ularni aniq masalalar ko‘rinishida konkretlashtirish; 


67 
b)
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning ustun maqsad va yo‘nalishlarini 
aniqlash va shu asosda mintaqaviy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqarish. 
Ayni mintaqada rivojlanishning maqsad, konkret muammolar, omillarning 
o‘ziga xosligi bu masalaning yechimini umumlashtirishga yo‘l qo‘ymaydi. shu 
bilan birga barcha mintaqalarga xos bo‘lgan qator maqsad va masalalar mavjud. 
Bular: 
o
ishlab chiqarishni barqarorlashtirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash; 
o
rivojlangan bozor munosabatlarni shakllantirish; 
o
kompleks ijtimoiy masalalarni yechish; 
o
atrof-muhitni himoyalash va boshqalar. 
Prognozli blok doirasida asosiy masala bo‘lib kelajakda mintaqaviy iqtisodiy 
tizim rivojlanishining ko‘rsatkich va miqdor parametrlarini aniqlashdir. Bunda 3 
xil prognozlar ishlatiladi: umuman mintaqaviy iqtisodiy tizim rivojlanishining 
umumiqtisodiy alohida ishlab chiqarish va tarmoqlar rivojlanishining prognozlari; 
mintaqalarning alohida ma’muriy hududiy birliklar (shahar, rayon va 
boshqalar)ning rivojlanish prognozlari. 
Ko‘rsatilgan prognozlarni tuzishning asosiy usuli bo‘lib – bu kelajakdagi 
rivojlanish ssenariysini tuzishdir. Bu ssenariylarda mintaqaviy iqtisodiy tizim va 
uning tuzilmalarining kelajakdagi rivojlanishi, tizimning boshqa tizimlar bilan 
o‘zaro aloqalari ehtimolligini ko‘rsatiladi, turli xil omil va sharoitlarning mosligi 
sharoitida mintaqa iqtisodiyotining rivojlanish ko‘rsatkichlari aniqlanadi. 
Ssenariylarning butun yig‘indisi 3 xil guruhga ajratiladi: 
-
umumiqtisodiy rivojlantirish ssenariysi; 
-
alohida ishlab chiqarish va tarmoqlar rivojlanishining ssenariysi; 
-
mintaqaning alohida ma’muriy-hdudiy birliklar rivojlanishining ssenariysi. 
Mintaqaning umumiqtisodiy rivojlanish ssenariylaridan 3 ta guruhini ajratish 
mumkin: 
-
mintaqa tizimida ishlab chiqarish tarmoqlariga ta’sir ko‘rsatuvchi hamda 
mamlakat iqtisodiyoti rivojlanish sharoitlari bilan aniqlanadigan ssenariylar; 
-
ishlab chiqarish rivojlanishining ichki mintaqaviy omillar bilan aniqlanadigan 
tsenariylar bo‘lib, ular orasida eng muhimlari: tuzilmaviy o‘zgarishlar, moliyaviy 
va tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik, ishlab chiqarishning samaradorligi 
ko‘rsatkichlari va boshqalar; 
-
alohida mintaqalarning iqtisodiy rivojlanishini prognozlashda tarmoqli 
yondashuvni rivojlanishini prognozlashda tarmoqli yondashuvni saqlagan holda 
shakllanadigan sharoitlarni o‘z ichiga oluvchi mintaqaning umumiqtisodiy 
rivojlanish ssenariylari. 
Alohida ishlab chiqarish va tarmoqlarning rivojlanish ssenariylarini tuzishda 
shuni unutmaslik kerakki, turli xil tarmoq guruhlari uchun rivojlanish sharoit va 
omillarining mosligi har xil bo‘ladi. 
Moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining butun yig‘indisini kelajakdagi 
rivojlanish omillari va sharoitlarning mosligi nuqtai nazaridan bir xil tarkibdagi 
guruhlarga ajratish zarur: 
-
xalq xo‘jalik ixtisoslashuvi tarmoqlari; 


68 
-
mintaqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlar; 
Ikkala tarmoq guruhlari uchun rivojlanishning ikki variant ssenariy yoki 
prognozini ishlab chiqarish lozim: qidiruv va me’yoriy. 
Birinchi turdagi prognozga mos holda ikkala tarmoq guruhlarining 
rivojlanishi bazali davrning shakllangan tendensiyalari bilan aniqlanadi. 
Prognozning ikkinchi normativ variantiga asosan tarmoqlarning birinchi 
guruhining rivojlanishi umum-iqtisodiy ehtiyoj va resurslar bilan, ikkinchi 
guruhning rivojlanishi esa ma’lum mahsulotning mintaqaviy ehtiyoji va 
mintaqaning moliya va resurs imkoniyatlari bilan aniqlanadi. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish