Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/88
Sana18.02.2022
Hajmi2,22 Mb.
#457077
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88
Bog'liq
Ijtimoiy iqtisodiy

2.5.3.
 
Ekologik ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini prognozlash metodologiyasi 
Mintaqaviy iqtisodiyot o‘z tadqiqotida kompleks ilmiy usullardan 
foydalanadi, shu usullardan asosiysi sifatida balans usulini ko‘rsatish mumkin. 
Tarmoq va mintaqaviy balanslarni tuzishda tarmoqlararo to‘g‘ri munosabatlarni 
o‘rnatish bozorga mutaxasislash, hududiy komplekslprni to‘ldirish ya’ni yetakchi 
tarmoqlarga shu bilan birga aholi ehtiyoji va xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga bo‘lagan 
iste’molni ta’minlash. 
Balanslar shuningdek ,hududlararo va hudud ichidagi ratsional aloqalarni 
keltirib chiqarishda muhimdir. Korxonani joylashtirishning iqtisodiy asosida 
balans usuli yotadi(korxonani qurishga joy tanlash , uni xom ashyo bilan taminlash 
hisobi, shuningdek, yoqilg‘i, energiya, suv, ishchi va boshqa resurslar bilan 
taminlash hisobi). Hududiy iqtisodiyotni asosini hududiy ishlab chiqarish balansi 
va asosiy mahsulot turlari ist’emoli tashkil qiladi. 
Tarmoq va xududiy balansning tuzilishi hududni kompleks rivojlantirishga 
yordam beradi. Tizimli tahlil – bu ilmiy izlanish uslubidir. Buning yordamida 
muammolarni kompleks o‘roganish, xo‘jalik strukturasi va ichki o‘zaro aloqasi 
ularni bir-biriga ta’siri bilan to‘ldiriladi va hal qiluvchi xulosalar to‘g‘ri va 
qaytuvchi aloqalar yordamida chiqariladi. Tizimli tahlil ko‘p qirrali tahlildir, 
qaysiki u maqsadni qo‘yilishidan boshlab masalani aniqlashishi, ilmiy gipotezani 
shakllantirish, ishlab chiqarishni joylashtirishni eng maqbul yo‘lini topishni 
o‘rganish pog‘onalarini ishlatadi. Bunda eng maqbul samaralilik hisoblanadi, bu 
aholi ehtiyojlarini eng ko‘p qondirishdir. Bozor sharoitida ishlab chiqarish 
kuchlarini joylashtirish va hududlar xo‘jaligini rivojlantirish muammolari yanada 
qiyin bo‘lib, tarmoq va hududiy aloqalarni esa boshqarish yanada qiyinlashib 
bormoqda. Shuning uchun asosiy muammolarni yechib boruvchi iqtisodiy 
matematik modellarni ishlab chiqish va tadbiq qilish ehtiyoji tug‘ilmoqda.
Quyida hududiy, iqtisodiy jarayonlarni iqtisodiy matematik modellashtirishda 
quyidagi asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatish mumkin.Iqtisodiy tarmoqlar bo‘yicha 
joylashtirishni modellashtirish.
Hududlarni xo‘jalik kompleksini shakllantirishni modellashtirish 
Iqtisodiy matematik va kompyuterlardan foydalanish eng kam mehnat va vaqt 
sarflab ko‘p ma’lumotlarni ko‘rib chiqishga hamda qo‘yilgan maqsad vazifalarda 
eng maqbul yechimni topishda yordam beradi. Natijalar esa kelajakda o‘rganish va 
tushunish uchun kerak bo‘ladi.Shuningdek hududiy iqtisodiyotda statistik usullar 


69 
(statistik ma’lumotlar asosida indekslarni hisoblash) ishlatiladi, bundan tashqari, 
tanlama kuzatish uslubidir. Bozor shakllanishining yangi sharoitida hududiy 
ta’minlash iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish juda dolzarb hisoblanadi. Shuning 
uchun, asosiy maqsad hududiy rivojlanishning boshlanish nuqtasi, tabiiy resurslar 
salohiyati, hududiy demografik, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarni 
o‘rganish hisoblanadi. Asosiy yo‘nalish gorizontal aloqalarni o‘rganish 
hisoblanadi, qaysiki, ma’lum darajada Respublika va uning hududlari ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir qiluvchi MDH mamlakatlari va uning hududlari 
orasidagi kelishuv asosida shakllanadi. Shuning uchun, asosiy masalalardan biri 
hudud iqtisodiyoti tarkibini qayta ishlab chiqish, mamlakatlararo infrastruktura 
tizimini shakllantirish, ma’lum iqtisodiy tizimni hududlar yaratish hisoblash 
hisoblanadi. Shu tarzda, hududiy iqtisodiyotni tadqiq qilishda ma’lum bir alohida 
hududga taqsimlanadigan hamda joylashtiriladigan ishlab chiqarish kuchlarini 
umumiy hududiy muammolarning tortishish markazi bilan hududiy darajasini 
bog‘lagan holda amalga oshirish lozim. Bu holatda tarmoqlarda qayta ishni 
hisobga olish lozim, ayniqsa, bu mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga 
tegishli bo‘lsa. Ular hududiy iqtisodiyotning kelajakdagi yo‘nalishini aniqlashda 
mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi.
Mintaqaviy tadqiqotlar asosida general sxemaga asoslangan iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanishni prognozlash yotadi. Iqtisodiy tahlilning muhim yo‘nalishi 
sifatida hududiy resurslardan foydalanish ratsionalligida bozorga ixtisoslashishini 
aniqlash va hudud xo‘jalik kompleksini shakllantirishdir.
Hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini prognozlashda bir qator 
modellardan foydalaniladi, shulardan uch xilini ko‘rib chiqamiz: 
iqtisodiy baza modellari (IBM) 
“xarajat-chiqarish” modellari (XChM) 
ekonometrik modellar (EM) 
Iqtisodiy baza modellari mintaqaviy iqtisodiyot mahsulot ayirboshlash 
bozorlariga muvofiq keluvchi ikkita ishlab chiqarish sektoriga bo‘linishiga 
asoslanadi. a) mintaqadan tashqarida (bazali sektor); b) mintaqa ichida (xizmat 
ko‘rsatuvchi sektor). 
Ba’zi bir shartli mintaqa uchun IBM quyidagi umumiy holda yozilishi 
mumkin: 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish