Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash


-Mavzu: Ekologik iqtisodiy prognozlash ( global rivojlanish prognozi)



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/88
Sana18.02.2022
Hajmi2,22 Mb.
#457077
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   88
Bog'liq
Ijtimoiy iqtisodiy

 
2.5-Mavzu: Ekologik iqtisodiy prognozlash ( global rivojlanish prognozi) 
 
Reja. 
1.
Ekologik - iqtisodiy tizim.
2.
Ekologik rivojlanish konsepsiyasi.
3.
Ekologik ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini prognozlash metodologiyasi.
4.
Ekologik taxlil modeli.
2.5.1.
 
Ekologik - iqtisodiy tizim. 
Mintaqaviy xo‘jalik butun bir xo‘jalik, iqtisodiy, ishlab chiqarish va ijtimoiy 
kompleks bo‘lib, u respublika, viloyat, avtonom okrug hududida joylashgan 
korxona, tashkilot, uyushmalarning bo‘ysunish va tarmoqlarining tarkibidan qat’iy 
nazar shakllanadi. 
Barcha sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish qurilish, transport, aloqa va 
madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadigan korxona va tashkilotlarni 3 ta katta 
bo‘ysunish guruhiga ajratish mumkin: 

Markaziy 

Munitsipal va mahalliy. 
Bir tomondan mintaqaviy boshqaruv tizimining asosi bo‘lgan, ikkinchi 
tomondan (bo‘ysunish darajasiga ko‘ra) korxona va tashkilot bo‘lgan mahalliy 
organlar o‘rtasidagi munosabat mahalliy organlarga to‘liq bo‘ysinishdan to shu 
organlar tomonidan alohida funksiyalarning boshqarilishigacha farqlanadi. 
Boshqaruv shakli va bo‘ysunish shaklidan qat’iy nazar ma’lum mintaqada 
joylashgan hamma korxona va tashkilotlar yer, o‘rmon va suv resurslardan 
foydalanish, tabiat muxofazasi, sanitariya, yong‘inga qarshi, huquqiy, ijtimoiy, 
maishiy me’yor va qoidalalari masalalari bo‘yicha mahalliy boshqaruv organlari 
raqobati ostida bo‘ladi. 
Hududiy boshqaruv organlari shu hududda joylashgan barcha korxonalar 
tomonidan amalga oshiriladigan uy va ijtimoiy-madaniy qurilish, mahalliy yo‘llar 
qurilishi, xalq iste’mol mollari va oziq-ovqat ishlab chiqarish ustidan nazorat olib 
boradi. Mintaqaviy darajada tartibga solishning ob’ektlari quyidagilar hisoblanadi: 
davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni, aholi va korxonalarni soliqqa tortish, 
mahalliy budjetlarni shakllanishi, aholining ijtimoiy himoyasi va boshqalar. 
Oxirgi yillarda O’zbekistonda davlatning mintaqaviy siyosatini shakllantirish 
bo‘yicha ish olib borilmoqda. O’zbekistonda mintaqaviy siyosat deganda 
mamlakat mintaqalarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi bo‘yicha davlat 
hukumat organlarning maqsad va masalalarning tizimi hamda ularni amalga 
oshirish mexanizmi tushuniladi. 
O’zbekistonda mintaqaviy siyosatning asosiy maqsadlari quyidagilar: 
O’zbekistonda markaziy iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va tashkiliy asoslarini 
ta’minlash, yagona iqtisodiy hududni yaratish; 
Mintaqalarning iqtisodiy imkoniyatlaridan qat’iy nazar yagona minimal 
ijtimoiy standart va aholini teng ijtimoiy himoyalanishini ta’minlash; 


66 
Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sharoitlarini tenglashtirish; 
Atrof-muhitning ifloslanishini oldini olish hamda ifloslanish oqibatlarini 
yo‘qotish, mintaqalarni kompleks ekologik himoyalash; 
Juda muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan mintaqalarni ustivor 
rivojlantirish; 
Mintaqalarning tabiiy-iqlim xususiyatlaridan maksimal foydalanish; 
Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishni shakllantirish va kafolatlarni ta’minlash. 
Oxirgi yillarda mintaqalar darajasida qisqa va o‘rta muddatli iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanish prognozlarini tuzish bo‘yicha ish olib borildi va olib 
borilmoqda. 
Bunday prognozlashning uslubiy shart-sharoitlari bo‘lib quyidagi holatlar 
hisoblanadi: 
mintaqa-umumiy jamiyat ishlab chiqarish tizimining bir alohida bo‘lagi 
bo‘lgan va bir necha miqdor mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish vositasida 
aniq bir xalq xo‘jalik funksiyasini bajaradigan kichik bir tizimni ifodalaydi; 
mintaqaning iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlarining pasayishi butun jamiyatning 
ishlab chiqarish tizimi yoki ijtimoiy-iqtisodiy tizimi faoliyatida negativ 
o‘zgarishlarga olib keladi. 
Ma’lum muddatgacha berilgan mintaqa iqtisodiy tizim faoliyati natijasining 
zarur darajasini mintaqa rivojlanishida hosil bo‘lgan inersion tendensiyalar 
sharoitida ta’minlash mumkin emas. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish