Telegram kanal
:@tarixolimpiada
qo‘rg‘on tutgan. Norbo‘tabek Andijonga qo‘shin tortib, akasi bilan sulh tuzgan.
Norbo‘tabiy madrasasi Qo‘qondagi Erdonaxon maqbarasi yaqinida, so‘nggi
o‘rta asrlarning oxirlarida, 1798-yilda qurilishi nihoyasiga yetgan.
Me’moriy obidaning qurilishida xom va pishgan g‘isht, marmar, quyma
ganch, parket, har xil o‘lchandagi tosh, yog‘och, tunuka, qimmatbaho toshlar va
boshqa ashyolar ishlatilgan.
Me’moriy obida bunyod etilgan davrdagi tarixiy shart-sharoitga
to‘xtaladigan bo‘lsak, Norbo‘tabek davrida Farg‘ona vodiysini birlashtirish
jarayoni tugagan, iqtisod tiklangan, mo‘l-ko‘lchilik, arzonchilik bo‘lgan. Bu esa
Farg‘onaga ko‘chib kelishga imkon yaratgan. So‘ngra u Qo‘qon vodiyning
madaniy-iqtisodiy markaziga aylangan.
Norbo‘tabiy madrasasi bir qavatli, hovlili, to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli (52x72
m), 4 burchagiga minora guldastalar ishlangan. Hovli (38x38 m) atrofida qator
ravoqli hujralar joylashgan. Peshtoqi shimolga qaragan. Miyonsaroyning ikkinchi
tarafida peshtoq bo‘ylab tutashgan gumbazli masjid va 12 ta derazali darsxona
mavjud. Norbo‘tabiy madrasasining asosiy qismi pishiq g‘ishtdan bunyod etilgan.
Xonalarning ichki qismi ganjsuvoq qilingan. Madrasaning gumbaz osti sharafasi
va mehrobining yulduzsimon bezaklari serhasham ko‘rinishda ishlangan. Eshiklari
girrix naqshlar bilan bezatilgan, ichki qismida esa o‘ymakori islimiy naqshlar
qo‘llanilgan.
Madrasa Sharq an’analarining gumbazsimon uslubida qurilgan. Norbo‘tabek
madrasasi o‘z nomidan ham ma’lumki, ta’lim maskani sifatida faoliyat yuritgan.
Madrasa Norbo‘tabiy tomonidan bunyod etilganligiga qaramay, u xalq
orasida Mir nomi bilan mashhur bo‘lgan. Uning o‘ziga xos tomoni shundaki,
inshoot Qo‘qonda qad ko‘targanligiga qaramay, uning tashqi ko‘rinishi Buxoro
me’morchilik maktabi uslubiga xosligi insonni hayratga soladi.
Me’moriy obidaning bugungi kundagi holatiga to‘xtaladigan bo‘lsak,
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, yurtimizdagi boshqa me’moriy obidalar
qatorida Norbo‘tabiy madrasasi ham ta’mirlandi. Me’moriy obida atroflari 2001-
yilda ko‘kalamzorlashtirilgan.
Me’moriy obida, yuqorida aytib o‘tilganidek, mamlakatimiz mustaqilligi
yillarida qayta ta’mirdan chiqdi, atroflari ko‘kalamzorlashtirildi. YUNESKO
tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda
“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2008-yil 12-sentabrda “Muzeylar to‘g‘risida”gi
qonun qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar
me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |