Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/157
Sana18.02.2022
Hajmi5,61 Mb.
#456766
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   157
Bog'liq
Olimpiada

 
Dorus-Saodat majmuasi 
Dorus-Saodat 
majmuasi 
Amir 
Temur 
tomonidan bunyod etilgan Shahrisabzdagi yirik 
me’morchilik inshootlaridan biri hisoblanadi. 
Uning qurilishi 1379-yili boshlangan. Unda 
mahalliy ustalar bilan birga Xorazmdan olib 
kelingan ustalar ham qatnashganlar.
Amir Temurning maqsadi ona shahrida 
o‘zining hazirasini yaratish edi. 1376-yilda bevaqt 
halok bo‘lgan sevimli katta o‘g‘li Jahongirning 
qabri Shahrisabzga ko‘chirilib keltirilgan. Keyinchalik u yerga uning boshqa o‘g‘li 
– Umar Shayx ham ko‘milgan.
Inshoot rivojlangan o‘rta asrlarning oxirlarida, temuriylar davrida bunyod 
etilgan bo‘lib, uning qurilishida pishgan g‘isht, marmar, tosh, yog‘och va boshqa 
ashyolardan foydalanilgan. 
Binoning bosh tarzida Oqsaroydan qolishmaydigan mahobatli peshtoq 
qurilgan, uning har bir asosida esa maqbara joylashtirilgan. Markaziy peshtoqdan 
mo‘jazgina hovliga kirilgan. Uning qarama-qarshisida markaziy o‘q bo‘ylab 
qachonlardir baland qumbazli maqbara bo‘lgan, hozirda uning faqat daxmasi 
saqlanib qolgan.
Dorus-Saodatning ikki yonida keng xonalar mavjud bo‘lganligi arxeologik 
qazishmalar natijasida aniqlangan. Ulardan birining ostida yana bir daxma 
ochilgan, uning ustida ham maqbara bo‘lgan. Maqbara va xonalarni bir-biri bilan 
bog‘lash vazifasini bajargan. Majmua XIV-XV asrlarga xos bo‘lgan va 
hukmdorlarning yirik alloma qabri yoniga ko‘milish sharaf hisoblanib quriladigan 
hazira turidagi inshootdir. Dorus-saodat majmuasida hozirda kirish peshtog‘ining 
Jahongir maqbarasi joylashgan chap asosi hamda binoning poydevor qoldiqlari 
saqlanib qolgan. Jahongir maqbarasining ichkarisi kvadrat tarhli bo‘lib, to‘rt tarafi 
ravoqli toqilardan iborat. Uning uch gumbazli tizimi o‘ziga xosdir: ganchdan 
qolibkori usulida qilinib, yog‘och bilan g‘isht qatlamiga mahkamlangan bezakli 
gumbaz, uning yuqorisida esa g‘ishtdan terilgan o‘rta gumbaz va yana uning ustiga 
baland qirrali asosga joylashgan va ichkarisidan qovurg‘alar bilan 
mahkamlanadigan tashqi kulohiy gumbazlardan qad ko‘targan. Maqbaraning 
peshtoq asosi bilan birgalikda qilingan bezagi kamtarona, asosan sirkor 
g‘ishtchalardan terilgan naqsh – yozuvlar bo‘lib, ba’zi yerlari koshinburush 
mayolika bilan to‘ldirilgan. Maqbara ostida daxma joylashgan. 


Telegram kanal
:@tarixolimpiada
Majmuaning markaziy o‘qida joylashgan va yuqorida qayd etilgan daxmani 
Amir Temur o‘zi uchun qurdirgan edi. Lekin taqdir taqazosi bilan u Go‘ri Amirda 
dafn etilgan. Jahongir maqbarasining sharqidagi qazishmalarda yana bir daxma, 
sakkiz qirrali xona devorlari, qabr toshlar, pol qoplamalari topildi. 
Daxma markazida marmardan yasalgan tobut joylashgan, uning og‘ir 
qopqog‘ining yonlari o‘yma naqshlar bilan bezatilgan, ammo kelgusida tarix 
yoziladigan yoqori qismiga ishlov berilmagan. Daxmaning shifti “darbozi” 
usulidagi chodirsimon gumbaz ko‘rinishida bajarilgan. Devorlardagi ravoqli 
toqilarning kungurasi arabiy yozuvlar bilan nodir xattotlik usullarida o‘yma qilinib 
bezatilgan, tokcha devorlari esa bodom shaklli medalon bilan to‘latilgan. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish