Telegram kanal
:@tarixolimpiada
Hamza nomidagi San'atshunoslik institutining N.B.Nemseva boshchiligidagi
olimlari ham ishtirok etadilar.
Keyingi paytlarda esa yo‘l quruvchi tashkilotlarning tarixiy yodgorliklarga
e'tiborsizligi natijasida Sardoba bilan Raboti Malik o‘rtasini ikkiga kesuvchi
avtomobil trassasi o‘tkazildi va bu joyning xarobaga aylanishi tezlashdi.
Bugun Raboti Malik xarobalarida N.B.Nemseva boshchiligidagi bir guruh
olim va tadqiqotchilar arxeologik tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ular bu joy
haqida yangi tarixiy ma'lumotlarni kashf etmoqdalar. Jumladan, mustaqillikning
birinchi yillarida N.B.Nemseva, M.Xushnazarovlar boshchiligidagi tadqiqotchilar
guruhi bu joydan Amir Temur davrida zarb etilgan tangani va eski asfalt yo‘li
qoldiqlari ostidan oziq-ovqat mahsulotlarini salqin saqlaydigan to‘la omborxonani
topdilar.
Demak, Raboti Malikning ulkan hududda qoraxoniylar davrida tashkil topishi,
bir tomondan, Bolasog‘un bilan uzoq va yaqin viloyatlar o‘rtasida aloqalarning
muttasil ravishda olib borilishiga hamda savdo-karvon yo‘lining jonlanishiga olib
kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xon va eloqxonlarning bunday yo‘llar orqali
yurishlarining uzluksiz bo‘lib turishi karvon yo‘lida nafaqat oddiy rabot-u
karvonsaroylarning qad ko‘tarishiga, balki yirik shaharlarga yaqin joylarda
podshohlar uchun ham maxsus shohona, muhtasham rabotlar va sardobalar
qurilishini talab etardi. Shularni nazarga olsak, Raboti Malik podshohlar
qo‘nalg‘asi sifatida talqin etilsa shubhaga o‘rin qolmaydi. Chunki Raboti Malik
toponimi etimologiyasining o‘zi “Hukmdor Raboti” ma'nosini anglatadi.
Qosim shayx xonaqohi
Qosim
shayx
xonaqohi
Navoiy
viloyatining
Karmana
tumanida
shayboniylar sulolasiga mansub bo‘lgan
Buxoro xoni Abdullaxon II tomonidan
bunyod etilgan.
Memoriy obidaning bunyod etilishida
rahnamolik qilgan shaxs – Markaziy Osiyo
tarixida alohida mavqega ega bo‘lgan,
shayboniylar hukumronligi davrida chuqur
iz qoldirilgan shaxslardan biri Abdullaxon ibn Iskandarxon ibn Jonibekxondir.
Buxoro xoni Abdullaxon o‘zining mashhur Jo‘ybor shayxlaridan (xo‘jalaridan)
bo‘lgan pirlaridan biri Qosim Shayx Azizonga atab ushbu xonaqohni bunyod
ettirgan. Qosim Shayxi Azizon (XVI asr boshi – Karmana – 1578) – tasavvuf
tariqatining yirik namoyandasi, shayx. Abdullaxon II ning piri. U tasavvufning
jahriya sulukiga mansub. Uning kamolga yetishida Shayx Xudoydod Valiyning
ta’siri katta bo‘lgan. “Abdullanoma” asarida yozilishicha, Qosim Shayx shayboniy
sultonlar o‘rtasidagi o‘zaro urushlarni to‘xtatib, Turkistonni yagona davlatga
Do'stlaringiz bilan baham: |