Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/157
Sana18.02.2022
Hajmi5,61 Mb.
#456766
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   157
Bog'liq
Olimpiada

Telegram kanal
:@tarixolimpiada
Saroy 1863-1870-yillar oralig‘ida qurilgan.
U sun’iy tepalikka baland g‘ishtin poydevorli qilib qurilgan: xon qarorgohi, 
o‘rda ahli yashaydigan hamda turli maqsadlarda foydalaniladigan yuzga yaqin 
katta-kichik xonalar, ichki-tashqi xonalardan iborat bo‘lgan. Saroy xonning oilaviy 
turar-joyi bo‘lishi bilan birga, davlatning bosh boshqaruv apparati ham shu yerda 
bo‘lgan. 
Xudoyorxon o‘rdasi qurilgan davrda Qo‘qon xonligining shimoliy 
chegaralari Podsho Rossiyasi tomonidan bosib olindi va bu hududlarda Yettisuv 
viloyati tashkil etildi. 1864-yil Chimkent va Turkiston, 1865-yil Toshkentning 
bosib olinishi bilan Qo‘qon xonligining shimoliy-g‘arbiy hududlari qo‘ldan chiqib 
ketdi va bu hududlarda dastlab Turkiston viloyati tashkil etilgan bo‘lsa, 1867-yil 
bu hududlar yanada kengaytirilib, Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. 
Me’moriy obida bunyod etilgan davrda Qo‘qon xonligida Minglar sulolasi 
hukmronlik qilar edi. 
Me’moriy obidaning qurilishida xom va pishgan g‘isht, marmar, quyma 
ganch, parket, tosh, yog‘och, tunuka, har xil qimmatbaho toshlar va boshqa 
ashyolar ishlatilgan. 
Saroyning bosh tarzi bir qavatli qilib bunyod etilgan, pishiq g‘ishtdan 
(26x26x5 sm) ganj suvoqda terilgan devorlarga bir g‘isht chuqurlikda ravoqlar 
ishlangan. Peshtoq o‘rda devoridan birmuncha bo‘rttirib oldinga chiqarib qurilgan, 
baland va hashamatli, peshtoqning ikki yoni va tarzlarining ikki burchaklarida 
gumbazli mezanalar bilan yakunlangan guldastalar bor. Peshtoqqa uzunligi 40 m 
bo‘lgan qiya yo‘lka (pandus) orqali o‘tiladi. Xudoyorxon o‘rdasi bosh tarzi 
ravoqlari, peshtoq va guldastalaridagi handasiy naqshlar koshinlar, sirkori 
parchinlardan mahorat bilan yaratilgan. Peshtoq orqali to‘rtburchak tarhli 
darvozaxonaga o‘tiladi, darvozaxona gumbazi o‘zaro kesishgan ravoqli asos ustiga 
qo‘yilgan; gumbaz usti, o‘z navbatida, qubbali mezana bilan yakunlangan, undagi 
panjarali darchalar orqali ichkariga yorug‘lik tushadi. O‘rdaning bosh tarzi, xonalar 
koshinlar, o‘yma ganchkori naqshlar bilan bezatilgan, shiftlari hovuzakli bo‘lib, 
ularga gullar solingan, xonalarning tepa qismi sharafalar bilan hoshiyalangan. 
Saroyning umumiy ko‘rinishi 3 qismdan iborat bo‘lgan. Birinchi qism xon saroyi, 
majlislar o‘tkaziladigan va davlat ishlari yuritiladigan xonalardan iborat bo‘lsa, 
ikkinchi va uchunchi qismlar (ichki qismlar) xon harami va istiqomat xonalaridan 
iborat bo‘lgan. 
Me’moriy obida Sharq an’analari asosidagi gumbazsimon, to‘g‘ri 
to‘rtburchak, “Chor” uslubida qurilgan. 
Ushbu inshoot faqat bitta hukmdor tomonidan qurilgan va faqat shu 
hukmdorgina ushbu saroydan davlat boshqaruvida va boshqa jabhalarda faoliyat 
yurita olgan. O‘rdaning Farg‘ona vodiysidagi boshqa tarixiy inshootlardan farqli 
jihati shundaki, u davlat hukmdorining saroyi hisoblangan. 
Xudoyorxon o‘rdasining 1998, 2002-yillarda ta’mirtalab qismlari tiklandi. 
1924-yilda Xudoyorxon o‘rdasida Qo‘qon xonligi yutuqlari ko‘rgazmasi ochilgan. 
1925-yildan saroyda Qo‘qon shahar o‘lkashunoslik muzeyi faoliyat ko‘rsatib 
kelmoqda. 



Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish