Telegram kanal
:@tarixolimpiada
etadi. Tillashayx sho‘rolar davrida o‘z oilasi bilan Sharqiy Turkistonga ketishga
majbur bo‘ladi va o‘sha yerda vafot etadi. Uning vafot etgan yili ma’lum emas.
Inshoot XIX asrning oxiri – XX asrning boshida, 1890-1902-yillarda bunyod
etilgan bo‘lib, bu Chor Rossiyasining O‘rta Osiyodagi mustamlakachilik davriga
tog‘ri keladi.
Tillashayx toshkentlik shayxlarning maslahati bilan masjid buynod etishni
o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan va uning qurilishini 1890-yili boshlab yuborgan.
Me’moriy obidaning bunyod etilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgan
g‘ishtlar, loy, yog‘och, tosh, sopol parchalari va shunga o‘xshash mahsulotlardan
foydalanilgan.
Me’moriy obida o‘zining dizayni bilan o‘z davrida qurilgan boshqa
masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‘rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning
ikki yonida uncha katta bo‘lmagan minoralar bo‘lib, masjidga arkasimon qilib
qurilgan ayvon orqali kiriladi. Arkalar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni
bezaklardan holi bo‘lib, uning ikki
yonida masjidga yorug‘lik tushishini
ta’minlash uchun derazalar (18 ta)
o‘rnatilgan. Masjidning ichki tarzi tashqi
tarzidan mutlaqo farq qiladi, undagi
ganch naqshlar, gulli bezaklar insonni
beihtiyor o‘ziga jalb qiladi. Masjid
ichidagi
gumbazosti
naqshlar
ham
o‘zining nafisligi bilan boshqalaridan
ajralib
turadi.
Masjidni
yoritish
maqsadida qandillar ham o‘rnatilgan.
Masjid milliy me’morchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, “Chor”
uslubda, eshiklari esa xotamkori uslubida bunyod etilgan.
Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomoni shundaki, uning tashqi tarzida hech
qanday bezaklarni ko‘rmaymiz, ammo masjidning ichki va tashqi qismi esa
bezaklarga boyligi bilan ajralib turadi.
Masjidning bugungi kungacha va bugungi kundagi holati haqida gapiradigan
bo‘lsak, Tillashayx masjidi biroz vaqt faoliyat yuritgandan so‘ng Chor Rossiyasi
tomonidan yopib qo‘yilgan. Masjid 1945-yil 7-mayda qaytadan ochilgan. Masjid
1955-1963-yillarda usta Shirin Murodov tomonidan ta’mirlangan. 2007-yil
Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me’moriy obida atrofidagi e’tiborga
molik obidalar ham ta’mirlandi.
Masjid YUNESKO tashkiloti tomonidan Butun Jahon yodgorliklari
ro‘yxatiga kiritildi. Mamlakatimiz tomonidan esa, 2000-yil 30-avgustda “Madaniy
meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida” hamda
2008-yil 12-sentabrda “Muzeylar to‘g‘risida”gi qabul qilingan qonunlar majmua
muhofazasining yorqin dalilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: