Telegram kanal
:@tarixolimpiada
ayniqsa, 2007-yilda ta’mirlash ishlari olib borildi. Suyunchxo‘ja va egasi
noma’lum bo‘lgan maqbaralar ustidagi gumbazlar qayta tiklandi. Olib borilgan
ta’mirlash ishlaridan so‘ng, Baroqxon madrasasi avvalgi holatidan bezaklarining
boyligi va me’moriy o‘lchamlarining uyg‘unligi bilan farq qiladigan bo‘ldi.
Madrasa yonidagi kam ahamiyat kasb etgan inshootlar buzib tashlanib, madrasa
oldida yirik maydon barpo etildi. Uning umumiy o‘lchami – 82x44 metr, hovlisi –
46x27 metrni tashkil etadi.
2009-yil Toshkent shahrining 2200 yilligi tantanalarining nishonlanishi
munosabati bilan madrasada qisman ta’mirlash ishlari olib borildi. Bundan
tashqari, AYSESKO tashkiloti tomonidan Toshkent shahrining “Islom madaniyati
poytaxti” deb nom berilishida ham inshootning o‘rni alohida ahamiyatga egadir.
2000-yil 30-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy
meros obyektlarini muhofazalash va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida jahon
talablariga mos qonuniy asosni yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishida katta
o‘rin tutgan, asrlar davomida saqlangan Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva,
Shahrisabz, Qo‘qon, Marg‘ilon, G‘ijduvon, Vobkent, Termiz va boshqa tarixiy
shaharlar, mavjud bo‘lgan me’moriy va tarixiy obidalar davlat muhofazasiga
olingan.
Ko‘kaldosh madrasasi
Toshkentning qadimiy mavzelaridan
biri bo‘lmish Chorsu maydoni yonida
joylashgan Ko‘kaldosh madrasasi Qulbobo
Ko‘kaldosh tomonidan 1551-1575-yillarda
bunyod etilgan. Madrasani qurgan ustalar
nomi ma’lum emas. Ushbu me’moriy
obidaning qurilishi O‘zbekiston tarixida
so‘nggi o‘rta asrlarning dastlabki davriga
to‘g‘ri keladi.
Madrasani
bunyod
etilishida
rahnamolik qilgan Qulbobo Ko‘kaldosh Abdullaxon II ning ko‘kaldoshi bo‘lib, u
Buxoro xonligida xonning dushmanlari va do‘stlari haqida ma’lumot yig‘gan
hamda ularga oid tavsiyalarni xonga taqdim qilgan. Bundan tashqari, davlatning
xavfsizligiga asosiy javobgar shaxs hisoblangan.
Madrasa shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan bo‘lib,
uning qurilishida loy, pishgan va xom g‘isht, yog‘och, har xil hajmdagi toshlar,
sopol parchalari, sement, tunuka, temir, shisha, maxsus “qir” qotishmasidan va shu
kabi qurilish ashyolaridan keng foydalanilgan.
Ko‘kaldosh madrasasining umumiy o‘lchami 62,7x44,9 metrni tashkil etadi.
Bosh tarzi janubga qaragan. Darvozadan kiraverishda chapda masjid va
darsxonalarning tomi o‘zaro kesishgan ravoqlar ustiga o‘rnatilgan gumbazlardan
iborat. Miyonsaroy 7 gumbazli. Chorsu hovlisi (38x26,9 m) keng, hujralar va
Do'stlaringiz bilan baham: |