Telegram kanal
:@tarixolimpiada
Ulug‘bek tomonidan Samarqand va Buxoroda qurilgan madrasalarning eng kichik
va soddarog‘i. Bundan tashqari, madrasa bu davrda qurilgan boshqa me’moriy
obidalardan o‘zining me’moriy yechimi bilan ajralib turgan.
Madrasa o‘z davrida tolibi ilmlarga ma’rifat tarqatadigan ilm maskani
vazifasini bajargan bo‘lsa, darveshlar va musofirlar uchun boshpana ham bo‘lgan.
Mustaqillik yillarida Abduxoliq G‘ijduvoniyning 890 yilligi (1993)
munosabati bilan Ulug‘bek madrasasi ta’mirlangan. Serhasham naqshinkori
bezaklari tiklangan. G‘ijduvoniy daxmasi ustiga 2003-yili tomi ustunli yog‘och
o‘ymakori gumbaz bilan yopilgan ayvon qurildi. Daxma bezaklari qaytadan
tiklandi. Madrasa oldi, daxma va yangi qurilgan masjid joylashgan hudud
zamonaviy talablarga mos qilib obodonlashtirildi.
Me’moriy obidaga hukumatimiz hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan
berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, madrasa YUNESKO tashkilotining
Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 1993-yilda Buxoro shahrining
tarixiy markazi (1-sessiya, Kolumbiya) “Butunjahon madaniy meroslari
ro‘yxati”ga kiritilgan.
Masjidi Kalon
Masjidi Kalon inshooti o‘rta asrlarning
noyob me’morchilik namunasi bo‘lib, uning
o‘rnida
dastlab
qoraxoniylar
sulolasi
hukmronligi davrida Juma masjidi bunyod
etilgan. Shayboniylar davrida esa u Masjidi
Kalon sifatida qayta qurildi. Masjidning
hozirgi ko‘rinishi Shayboniylar sulolasiga
mansub xonlar tomonidan bunyod etilgan.
Me’moriy obidani bunyod ettirgan
shaxslar
haqida
gapiradigan
bo‘lsak,
inshootning ko‘pgina qismlari Ubaydullaxon,
Abdulazizxon va Abdullaxon davrida qurilgan. Abdulazizxon (1509-1550) –
Shayboniylardan, Ubaydullaxonning o‘g‘li, Xorazm hokimi (1538-1539).
Otasining vafoti (1540)dan so‘ng mamlakatda ikki hokimiyatchilik yuzaga kelib,
Abdulazizxon Buxoro xoni (1540-1550), Ko‘chkinchixonning o‘g‘li Abdulatifxon
esa Samarqand xoni (1540-1551) bo‘lgan. Abdulazizxon o‘z hukmronligi davrida
davlat va aholi manfaatlarini ko‘zlab qaror islohotlar o‘tkazgan, ayrim soliqlar
(tanob puli, tafovut va tavfiri va b.)ni bekor qilgan, Buxoro atrofini yangi devor
bilan o‘rashga kirishgan (uni Abdullaxon II bitkazgan bo‘lib, XX asr boshlarigacha
saqlangan). Bundan tashqari u Buxoroda madrasa, ulkan kutubxona, Bahouddin
Naqshband qabristonida xonaqohlar bunyod ettirgan.
Abdullaxon (to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja
Muhammad ibn Abdulxayrxon) (1534, Miyonqol, Ofarinkent qishlog‘i – 1598,
Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) – o‘zbek
davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng
yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat
Do'stlaringiz bilan baham: |