Telegram kanal
:@tarixolimpiada
homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‘lgan. Otasi
Iskandar sulton o‘g‘li tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik, aftidan aka-
ukalaridan biri vafot etgach, Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon
vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish,
markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq
kurash olib borgan. Abdullaxon II hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san’at,
shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi.
Buxoroning eski shahar qismida joylashgan Masjidi Kalon rivojlangan va
so‘nggi o‘rta asrlarning o‘ziga xos me’moriy inshooti bo‘lib, 1121-yilda bunyod
etilgan bo‘lsa, 1514-yilda u qayta qurila boshlagan va XVI asrning o‘rtalarida
uning bunyod etilishi yakunlangan.
Me’moriy obidaning bunyod etilishida xom va pishgan g‘isht, loy, yog‘och,
tosh, ganch va chorsu pishiq g‘ishtidan keng foydalanilgan.
Me’moriy obidaning dizayni haqida gapiradigan bo‘lsak, masjid to‘g‘ri
to‘rtburchak tarhli (127x78 m), keng hovli atrofini gumbazli bostirma ayvon
egallagan. 188 qubba (gumbazcha) 208 ustunga tayangan. Ular o‘ziga xos
mahobatli ko‘rinishga ega bo‘lib, ustunlarga keyinchalik murabba tarhli
poyustunlar o‘rnatilgan. Hovlining to‘rt tomoni markazida naqshinkor peshtoqlar
bor. Sharqdagi tashqi ulkan peshtoq mahobati va muhtasham bezagi bilan ajralib
turadi. Masjidi Kalonning tashqi 7 eshigi bo‘lib, asosiy sharqiy darvoza oldida va
ichida keng ayvonlar joylashgan. Peshtoq ravoqidagi boloxona va uning yon
tomonidagi qirrali ravoqlar koshin va sirlashgan g‘ishtlar bilan bezatilgan.
Ayniqsa, ganchkori ravoqlar alohida ajralib turadi. Peshtoq orqali hovli to‘ridagi
xonaqoh maksuraga o‘tiladi. Xonaqohning tashqi poygumbazi baland, moviy
gumbazi uzoqdan tashlanib turadi. Ichki gumbaz bag‘allariga “qolibkori” uslubida
qator mayda ravoqcha (16 ta)lar ishlangan. Mehrob bezaklari nafis koshinkorlik
san’atining yuksak namunasidir. Masjidi Kalonning bosh fasadi sharq tomonga
qaragan. Yirik va mozoika bilan pardozlangan masjid peshtoqi biroz balandda
joylashgan. Masjid hovlisiga bir necha pog‘onali zinadan kiriladi. Hovlining ichki
tarafida ikkita moviy gumbaz joylashgan. To‘g‘ri to‘rtburchak shakliga ega
bo‘lgan bu hovlining atrofi 228 gumbazdan galereya bilan o‘ralgan.
Me’moriy obidaning uslubini yoritar ekanmiz, Sharq me’morchiligining
gumbazsimon “Chor” uslubida qurilgan.
Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlari shundaki, uning hajmi va
binokorlik bezakchiligi u darajada bo‘lmasa-da, rejaviy masshtabligi jihatidan
Samarqanddagi masjidlardan qolishmaydi. Bu inshoot qadimiyligi va yirikligi
tomonidan Samarqanddagi Bibixonim masjididan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Masjidi Kalon (forscha – katta masjid) peshtoqi oldidagi sahndagi ko‘shkni qayta
ta’mirlashda (pavilyon) XX asrda Usta Shirin Murodov qatnashgan. Buxorodagi
katta masjidlardan biri bo‘lganligi uchun Masjidi Kalon nomi bilan atalgan.
Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapirar ekanmiz, 1997-
yil Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan masjid qayta
rekonstruksiyadan chiqarildi va atrofi ko‘kalamzorlashtirildi.
Me’moriy obida masjid vazifasini bajarish bilan bir qatorda yetim-yesir,
darveshlar va musofirlar uchun boshpana vazifasini o‘tagan. O‘zbekiston hukumati
Do'stlaringiz bilan baham: |