212
fazadan diploid fazaga, metamorfozsiz to`g`ri rivojlanishga o`tishi (reptiliyalar va
umurtqalilarning boshqa yuksak vakillarida) ana shunday sifat o`zgarishlaridan
iborat. Metamorfozsiz to`g`ri rivojlanishda yangi tug`ilgan organizm voyaga etgan
organizmning hamma belgi va xossalarini o`zida mujassamlashtirgan bo`lib, faqat
tanasining kichikligi bilan undan farq qiladi. Metamorfozli rivojlanish esa bir
qancha davrlarni o`tgandan keyin namoyon bo`ladi. Shunga ko`ra, metamorfozli
rivojlanishdan
metamorfozsiz
rivojlanishga
o`tishni
yerdagi
evolyutsiya
jarayonlarining eng so`nggi oqibatlarining muhimlaridan biri deb hisoblash kerak.
Har xil sistematik guruhlarga mansub organizmlarda
ontogenezning differensiya-
lanish ko`lami o`zaro farq qiladi. Viruslar va faglar mustaqil ontogenezga ega emas.
Chunki ularning hayotini bakteriyalar, o`simliklar, hayvonlar hayotisiz tasavvur etib
bo`lmaydi. Bu hodisa viruslar va faglar tuzilish jihatdan juda ibtidoiy ekanligidan
dalolat beradi.
Bir hujayrali organizmlarning ontogenezi juda sodda bo`ladi. O`simliklar
ontogenezining differensiyalanishi cho`zilgan bo`lib, embrionning rivojlanish davrlari
bilan cheklanmaydi va butun ontogenez davomida amalga oshadi, bu bilan
hayvonlardan tubdan farq qiladi. Hayvonlarda differensiyalanish va organlar hosil
bo`lishi jarayoni asosan embrional davrga to`g`ri keladi. Ko`p hujayrali organizmlar
ontogenezida ro`y beradigan differensiyalanish o`zining izchilligi bilan xarakterlidir.
Differensiyalanish, ayniqsa, ontogenezning erta davrlarida jadal sur’atlar bilan
boradi. Organizmning har qanday adaptatsiyasi ontogenetik differensiyalanish bilan
bevosita yoki bilvosita bog`liq. Chunki differensiyalanish organizmlar reaksiya
normasini, strukturalarning funktsional xilma-xilligini oshiradi va oqibatda
organizmlar turg`unligini mustahkamlaydi.
Ontogenez evolyutsiyasida jinsiy jarayon va u bilan bog`liq diploidiya hamda
geterozigotalilikning vujudga kelishi muhim rol o`ynadi. Bu hol ko`p
jihatdan
ontogenez muddatining uzayishini, somatik — tana differensiyalanishining takomil-
lashishini belgilab berdi. Ontogenez evolyutsiyasida organizmlarning tuzilishi va
funksional bir butunligi vujudga kelgan. Rivojlanayotgan organizmning organlarida
funktsional va tuzilish jihatdan o`zaro munosabatlarning kuchayishi natijasida bir
organda yuz bergan o`zgarish boshqa organning o`zgarishiga sababchi bo`ladi.
Rivojlanayotgan embrionning bir qismining ikkinchi qismiga ta’siri
induksiya
deb
ataladi. Organlar orasidagi shunday korrelyativ bog`lanishlar turli shaklda ro`y
beradi. Ular genom, morfogenetik va ergantik korrelyatsiyalardan iborat.
Individual rivojlanish jarayonida genotipdagi genlarning o`zaro ta’siri, birikkan
holda irsiylanishga asoslangan korrelyatsiyalar
genom korrelyatsiyalari
deyiladi.
Mazkur korrelyatsiyaga ko`plab misol keltirish mumkin. Chunonchi, turmon
kaptarlari tumshug`ining kaltaligi bilan oyoqlaridagi
patlar korrelyativ holda
rivojlanadi. Kechpishar o`simliklar serhosil, yertapishar o`simliklar, aksincha,
kamhosil bo`ladi. Genom korrelyatsiyasida ko`p belgilarning birikkan holda
nasldan-naslga moslanish bilan bevosita bog`liq bo`lmagan belgilarning ham
rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
Morfogenetik korrelyatsiyalar embriogenezning differensiyalanishi mobaynida
turli hujayra va qismlarning o`zaro ta’siri prinsipiga asoslanadi. Rivojlanayotgan
qismlarning o`zaro munosabati embriogenezning dastlabki davrida murtakning ayrim
qismlarini ko`chirib o`tqazish bo`yicha o`tkazilgan tajribalarda aniqlangan.
213
G. Shpeman tajribalarida tritonlarning ikki turi —
Triton taniatus
va
T. sristatus
ning gastrula bosqichida bo`lgan embrionining ikkita qismi almashlab ko`chirib
o`tkazilgan. Birinchi tajribada normal rivojlanishda
nerv nayini hosil qiluvchi
medulyar plastinkaning bir bo`lagi teri hosil qiluvchi ektodermaga ko`chirib
o`tkazilgan. Ikkinchi tajribada, aksincha, ektodermaning bo`lagi medulyar plastinka
zonasiga o`tkazilgan. Har ikkala tajribada ham atrofdagi hujayralar o`tkazilgan
to`qimaga ta’sir etganligi kuzatilgan. Birinchi tajribada o`tkazilgan qismdan teri
emas, nerv nayi, ikkinchi tajribada esa teri hosil bo`lgan. Genom va morfogenetik
korrelyatsiyalar ergantik korrelyatsiya tomonidan funktsional taranglashadi.
Ergantik korrelyatsiyalar shakllangan organlar va strukturalar orasida o`zaro
funktsional bog`lanish hosil qiladi. Chunonchi, nerv markazlari va nervlarning
rivojlanishi periferik organlarning rivojiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi. O`z
navbatida
periferik organlarni olib tashlash yoki ko`chirib o`tkazish nerv markazlari hajmining
kichrayishi yoki ortishiga sabab bo`ladi. Skelet muskullarining rivojlanishi skelet-
suyaklar tuzilishiga bevosita ta’sir ko`rsatadi. Albatta, ergantik korrelyatsiya natijasi
nasldan-naslga berilmaydi, lekin shunga qaramay, to`laqonli organizmning
rivojlanishida genom va morfogenetnk korrelyatsiyaga asoslangan jarayonlar
shakllanishini to`ldiradi.
Organizmlarning bir butunligi, qism va organlarining bir-biriga bog`liq holda
o`zgarishi ontogenezdagina emas, balki filogenezda ham namoyon bo`ladi.
Tarixiy
rivojlanishda organlarning bunday o`zaro bog`liq holda o`zgarishi
koordinatsiya
deyiladi. Koordinatsiya topografik, dinamik, biologik xillarga bo`linadi. O`zaro
bog`liq holda harakatlanuvchi har xil funksiyalarning mavjudligi ontogenetik
differensiyalanishning normal kechishini ta’minlashda katta biologik ahamiyatga ega.
Ontogenezning evolyutsiyasida xilma-xil boshqarish mexanizmlarining paydo bo`lishi
individual rivojlanishning turg`unligini oshirgan. Individual rivojlanish turg`unligi
tashqi muhitning o`zgaruvchan omillaridan ko`proq mustaqil bo`lishga imkon
bergan. Individual rivojlanishning nisbatan turg`unligini hosil bo`lishi jarayoni
evolyutsiyada
ontogenezning
«avtonomizatsiyasi»
deyiladi.
Ontogenez
avtonomizatsiyasi ayniqsa har xil turlarga mansub hayvonlar, o`simliklar
rivojlanishini bir xil sharoitda qiyoslaganda namoyon bo`ladi.
Tevarak-atrof muhitning temperaturasi keskin o`zgarib turishiga qaramay,
issiqqonli hayvonlar tana temperaturasining turg`un saqlanishi ontogenez
avtonomizatsiyasiga misol bo`ladi. Ontogenez avtonomizatsiyasining natijalari
tanlanish orqali mustahkamlanadi. Tashqi muhit individual
rivojlanishga tuzatishlar
kiritsa ham, uning xarakteri doim irsiy dastur bilan belgilanadi. Ontogenez
avtonomizatsiyasi evolyutsiyaning eng yorqin yo`nalishlaridan biri bo`lsa, ham, u irsiy
dasturni qaytadan ko`radigan o`zgarishlarni istisno qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: