Mimikriya
bir qancha olimlar tomonidan o`rganilgan. chunonchi, Uolles
Malayya arxipelagida tarqalgan va Papilio avlodiga mansub kapalaklarda mimikriya
hodisasini kuzatdi va uning sabablarini tushuntirib berdi. U shuningdek, Kallima
kapalagi qanotlarining old va orqa tomonlari turli rangda ekanligini, xavf-xatar
tug`ilgan vaqtda u qanotlarini birlashtirib, so`ligan barg shakliga kirishini va shu
tufayli dushmandan o`zini himoya qilishini aniqlagan. Mimikriya deganda, bir
organizmning rangi va shakli jihatdan boshqa organizm yoki uning ayrim organlariga,
tashqi muhitdagi narsalarga o`xshashligi tushuniladi. Mimikriya 2 xil bo`ladi. 1862
yili Bets dushman tomonidan ko`plab iste’mol qilinadigan kapalaklar soxta
ogohlantiruvchi rangta ega bo`lsa, ya’ni tashqi qiyofasi bilan yeb bo`lmaydigan
ogohlantiruvchi rangga ega kapalaklarga o`xshash bo`lsa, dushmandan himoyalanishi
mumkin ekanligini kuzatgan. Mazkur faraz yordamida olim Janubiy Amerikada
tarqalgan o`zaro qon-qarindosh bo`lmagan kapalaklarning rang tomondan
o`xshashligini tushuntirib berdi. shunga binoan, Bets mimikriyasida o`xshashlik hosil
qiluvchi juftning taqlid qiluvchi organizmi himoyalanish xossalaridan mahrum
bo`ladi, lekin uning rangi, shakli himoyalangan nusxaga o`xshaydi. Chunonchi, oq
kapalak tashqi ko`rinishidan gelikonid oilasiga mansub, yeb bo`lmaydigan kapalakka,
tukli ari pashshasi esa tukli ariga, arisimon kapalak esa ariga o`xshash bo`ladi va
hokazo.
1879 yili F. Myuller organizmlar orasidagi o`zaro o`xshashlik boshqacha
yo`nalishda ham vujudga kelishini qayd qildi. Uning mulohazasiga ko`ra, qushlar
qaysi hasharotni yeb bo`ladi, qaysisini yeb bo`lmaydi, degan muammoni yechishi
uchun ogohlantiruvchi rangga ega hasharotlarning bir nechtasini «tatib ko`rishi»
kerak. Bunday sharoitda agar ikkita yeb bo`lmaydigan hasharot turi o`xshash bo`lsa,
ularning har ikkisining soni nisbatan kamayadi. Shunga ko`ra, har bir turdagi qirilib
ketgan organizmlarning soni bir turga mansub organizmlar qirilganiga qaraganda
ancha kam bo`ladi. Binobarin, Myuller mimikriyasida himoyalangan ikkita yoki bir
nechta organizm tashqi tomonidan bir-biriga o`xshaydi, natijada mimikriya halqasi
hosil bo`ladi. Chunonchi, Janubiy Amerikaning ba’zi yerlarida birgalikda yashaydigan
kapalaklarning Danaidoe, Neotropidae, Heliconidae, Acraelinae oilalarida o`zaro
taqlid qilish xususiyati mavjud. Albatta, bu kapalaklarni yeb bo`lmasligi haqida
qushlarda shartli refleks hosil bo`lguncha, har bir turdan ma’lum miqdordagi organizm
nobud bo`ladi. Lekin o`zaro taqlid qilish mavjudligi tufayli har bir turdan qirilgan
organizmlar soni anchagina kam bo`ladi. Arilar ko`pchilik turining tanasi qora va
sarg`ish rangda bo`ladi. Ko`p asalarilarda ham shunday ranglarni ko`rish mumkin.
Binobarin, ular ham mimikriya halqasini hosil qiladi. Organizmlar orasida keng
tarqalgan xilma-xil rang va shakllarning asosiy kategoriyalari ana shulardan iborat.
Morfologik moslanish bilan bir qatorda fiziologik moslanish ham mavjud bo`lib,
u tana temperaturasining, qonda tuz va qand konsentratsiyasining turg`un holda
164
saqlanishiga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |