Fiziologik moslanish
dinamik va statik xillarga bog`lanadi. Dinamik
moslanishda organizm shaxsiy hayotining turli bosqichlarida atrof – muhitdagi tuz,
namlik, temperatura o`zgarishlariga nisbatan moddalar almashinuvi birmuncha
o`zgargan holda o`z turg`unligini saqlaydi. Statik moslanish fiziologik turg`unlikni
saqlashga qaratilgan. Agar statik moslanishga fiziologik turg`unlik ro`y bersa,
aksincha, dinamik moslanishda moddalar almashinuvini o`zgartirish orqali tashqi
muhitning salbiy ta’siri kamaytiriladi.
Bioximiyaviy moslanish
fermentlar yordamida hujayra, organlar, organizmdagi
bioximiyaviy reaksiyalarning tartibga solinishiga asoslanadi. Oqsillar, uglevodlar,
yog`larning va boshqa organik kislotalarning sintezlanishi, parchalanishi orqali
moddalar almashinuvining boshqarilishi bioximiyaviy moslanishga misol bo`ladi.
Bioximiyaviy moslanishlar tashqi muhit omillariga bog`liq holda har xil kechadi.
Chunonchi, quruqlikda yashaydigai umurtqasizlar, sudraluvchilar, sut emizuvchilarda
ammiak siydik kislota holida tashqi muhitga ajraladi, suvda yashaydigan hayvonlarda
nafas olish davrida butun tanasi orqali ajralib, suv bilan tezda yuvilib ketadi.
Etologik moslanish
umurtqasiz yuksak va umurtqali hayvonlar taraqqiyotining
barcha bosqichlarida kuzatilib, hayvon xatti-harakatining barcha tomonlarini qamrab
oladi. Bunga oziq topish va to`plash, yirtqichlardan himoyalanish, ob-havo noqulay
kelgan vaqtda o`zini panaga olish, jinsiy qo`shilish davridagi xatti-harakatlar, naslni
himoya qilish kabi moslanishlar kiradi. Etologik moslanish tug`ma va yashash davrida
orttirilgan bo`ladi.
4.
Tur doirasidagi moslanishlar.
Organizmlarning moslanishidan tashqari, tur doirasidagi moslanishlar ham
mavjud. Ular guruhli tanlanish oqibatida paydo bo`lgan. Ularga kongruensiya,
mutabillik, tur ichidagi polimorfizm, populyatsiyadagi organizmlarning zichligi,
miqdori hamda nasl berish darajasi kiradi. Kongruensiya turning urchishi va
mavjudligini ta’minlovchi individning bir qancha morfofiziologik va xatti-harakat
belgilaridir. Turning urchishi uchun reproduktiv kongruensiya muhim ahamiyatga ega.
Reproduktiv kongruensiyaning bir qismi urchish bilan bevosita bog`liq. Erkak va
urg`ochi organizmlarning jinsiy organlarini bir-biriga, shuningdek, ona organizmning
o`z bolasini sut bilan boqishga mosligi shular jumlasidandir. Reproduktiv
kongruensiya urchish bilan bilvosita bog`liq bo`lishi ham mumkin. Bunga boshqa
jinsni topishga yordam beruvchi signallar kiradi, ular ko`rish, tovush, hid bilish
shaklida bo`ladi.
Ko`rish signallari ko`rish organi yaxshi rivojlangan sut emizuvchilar, qushlar,
hasharotlarda va o`rgimchaksimonlarda uchraydi. Ko`rish orqali erkak va urg`ochi
organizmlar, har xil turga kiruvchi organizmlar bir-biridan farq qilinadi va o`z turidagi
boshqa jinsga mansub organizmlar orasidan tanasining shakli, rangi, harakati, turiga
qarab o`ziga juft tanlaydi. Hayvonlar o`z juftini topishda tovush signali ham muhim
ahamiyatga ega. Ba’zi qushlarning erkaklari (masalan, bulbul, kanareyka, bedanalar)
xilma-xil tovushi bilan urg`ochilarini, chigirtkaning urg`ochisi chirillash orqali
erkagini o`ziga jalb qiladi. Chivin, pashshaning erkaklari qanotini tez-tez qoqishi
tufayli chiqarilgan tovush hisobiga urg`ochida jinsiy qo`zg`alishni uyg`otadi. Boshqa
hollarda erkak yoki urg`ochi hayvon tanasidan ajralgan hid ham o`z juftini topishda
165
signal vositasini o`taydi. Tungi kapalaklarning urg`ochisi tanasidan ajralgan hid
uchuvchi modda — feromon erkak kapalakni bir necha yuz metr naridan ham o`ziga
jalb qiladi. Sut emizuvchilar sinfining vakillari bo`lgan juft tuyoqlilardan bug`ular,
kiyiklar, yirtqichlar, itsimonlar (bo`ri, tulkilarning urg`ochisi) jinsiy qo`shilish davrida
alohida hid ajratish yo`li bilan erkaklarini o`ziga jalb qiladi.
Reproduktiv kongruensiya jinsiy qo`shilish oldidan erkak organizm tomonidan
urg`ochini jalb qilish uchun bo`lgan turli tana harakatlari «o`yin»larda ham kuzatiladi.
Ular ayniqsa o`rgimchaklar, baliqlar, qushlar, sut emizuvchilarning ko`pgina turlariga
xos. Yovvoyi o`rdakning erkaklari jinsiy qo`shilish oldidan 12 ta tana harakati «o`yin»
ko`rsatishi kerak. Turuxton deb ataladigan qushlarning juftlashish davridagi xatti-
harakati nihoyatda qiziq. Juftlashish vaqtida ular daryo, ko`llar yaqin idagi vodiylarda
to`planadi va urg`ochilari bilan qo`shilish uchun erkaklari o`rtasida qattiq jang
bo`ladi. Jannat qushlari, argus qirg`ovuli va tuyaqushlarda esa erkaklari chiroyli
patlarini yoyib tovlanadi va turli tana harakatlari — «o`yin» qilib, urg`ochlariga o`zini
ko`z-ko`z qiladi. Bu xatti-harakat to ularning birortasini urg`ochi tanlaguncha davom
etadi. Ajablanarlisi shundaki, ba’zi bir o`rgimchaksimonlar va parrandalarnnng
urg`ochilari ana shunday «o`yin»ni maromiga keltirib bajarmagan erkaklari bilan
juftlashmaydi. Yashash uchun kurashda va urchishda g`olib chiqish uchun
organizmlarning xilma-xil to`dalanishi — kooperatsiya ham nihoyatda katta
ahamiyatga ega. Kooperatsiya ayniqsa guruh bo`lib yashaydigan asalari, ari,
chumolilar, qushlar, sut emizuvchilarda ko`p uchraydi. Organizmlarning urchishi va
yashab qolishi reproduktiv kooperatsiya bilan uzviy bog`liq. Odatda, sudralib
yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar ayrim turlarining erkaklari qo`shilish oldidan
maxsus joyga to`planadi va urg`ochisi uchun ular o`rtasida qattiq kurash boradi. Ana
shu kurashda g`olib chiqqan erkak organizmlar urg`ochi bilan qo`shiladi. Bu esa
kelgusida baquvvat nasl qoldirish imkonini beradi. Ayiqlarni olib ko`raylik. Kuyikish
vaqtida bir populyatsiyaga mansub ayiqlar bir-biri bilan qo`shilishga intiladi va keng
teritoriyada tarqalgan individlar endilikda zich guruhlarni hosil qiladi. Guruh
markazida urg`ochi ayiq bilan qo`shilishga intilgan erkak ayiq joy oladi. Uning yonida
boshqa subdominant yirik erkak ayiqlar territoriyasi bo`ladi. Ularga yaqin , lekin
unchalik katta bo`lmagan maydonda urchishga qatnashmaydigan erkak ayiqlar o`rin
oladi. Erkak ayiqlar guruhi tarqalgan territoriyada urg`ochi ayiq 1—2 yoshli
ayiqchalar bilan yashaydi. Jinsiy qo`shilish vaqtida erkak ayiq urg`ochi ayiq bolalarini
nobud qilishi mumkin. Shu sababli yosh ayiqchalar erkak ayiqdan juda qo`rqadi.
Bularning hammasi erkak ayiq urg`ochi ayiqqa yaqinlashuvida birmuncha qiyinchilik
tug`diradi.
Tulkilarga kelsak, qo`shilish davrida urg`ochi tulki atrofiga erkak tulkilar
to`planadi. Ular o`ta harakatchan bo`ladi, sakraydi, o`ynaydi, dumini harakatlantiradi,
bir-birini ta’qib qiladi. Agar bunday xatti-harakat g`oliblarni aniqlash imkonini
bermasa, erkak tulkilar o`rtasida qattiq kurash boshlanadi. Shundan so`ng g`olib erkak
tulki urg`ochi tulki bilan qo`shilish imkoniga ega bo`ladi.
O`simliklarning bir turga mansub formalarining birgalikda rivojlanishi ularning
shamol, hasharotlar orqali changlanishiga yordam beradi. Yosh nihollarning birgalikda
rivojlanishi yashash uchun kurashda katta afzallikka ega, chunonchi, chigit uyaga bitta
yoki ikkitadan ekilsa, ko`p hollarda yosh nihol qatqaloqni yorib, yer yuzasiga
chiqolmay nobud bo`ladi. Sabzi, bug`doy siyrak ekilsa, yosh nihollarning ko`pchiligi
166
yetarli urug` hosil qilmaydi. Reproduktiv kooperatsiya qushlar bilan sut emizuvchilar
yosh organizmlarni boqishi va himoya qilishida ham ma’lum rol o`ynaydi.
Trofik kooperatsiya. Yakka organizmlarga nisbatan olganda, birlashish hayvon-
larning oziq topishida, o`simliklarning oziq moddalardan foydalanishida katta samara
beradi. Buni qishda bo`rilarning bir necha oilalari birlashib, yirik tuyoqli hayvonlarga
hujum qilishi yoki Afrikada yashovchi giena itlarining voyaga etganlarining 20-30
tadan bo`lib, kiyiklarni ovlashi, o`simliklarning zich bo`lib o`sishi tufayli namni
saqlashi va bu bilan normal rivojlanishi uchun zarur sharoit yaratishi misolida ko`rish
mumkin. Bunday kooperatsiya ayniqsa soya soluvchi, nam sevuvchi o`simliklarga
xosdir. Qarag`ayzor o`rmonda daraxtlar shox-shabbasining bir-biriga qo`shilib ketishi
natijasida yerga ko`pincha quyosh tushmaydi va bu o`z navbatida tuproq doim nam
holatda saqlanishiga imkon beradi. Shox- shabbaning zich o`sishi ayrimlarining
barglar, ildizlarning qurib qolishiga va ularning mikroorganizmlar ishtirokida
parchalanishi esa tuproqning organik va mineral moddalar bilan boyishiga ijobiy ta’sir
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |