Funktsional sxemalar avtomatlashtirish sistemalari
loyihasining asosiy texnik
hujjati bo`lib, unda texnologik ob`ekt va avtomatik nazorat, rostlash boshqarish va
shu kabi vositalari birgalikda tasvirlanadi
Funktsional sxemalarni tuzishda Davlat Standarti DS21.404-85 va ko`rsatma
material RM4-4-85 talablariga rioya etiladi.
Funktsional sxemalarni loyihalash jarayonida quyidagi masalalar hal etiladi:
1.
Texnologik jarayonning muqobil avtomatlashtirish hajmi aniqlanadi;
2.
Avtomatik
tarzda nazorat, rostlash va boshqarish lozim bo`lgan texnologik
parametrlar belgilanib, texnik vositalar majmuasini
tanlash maqsadida ularing
o`lchash chegaralari, usullari aniqlanadi;
3.
Masofadan va avtomatik boshqariladigan ijro mexanizmlari tanlanadi;
4.
Texnologik jihoz, apparat va uskunalarning avtomatik tarzda himoya va
blokirovka etish uchun etarli bo`lgan hajmi belgilanadi;
5.
Asbob, avtomatika vositalari va apparaturalarini shchit va pul‘tlariga,
shuningdek, joyiga, dispetcher punktlariga joylashtirish hal etiladi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning funktsional sxemalarini ishlab
chiqishda quyidagi talab va qoidalarga amal qilinadi:
1.
Avtomatlashtirishning texnik vositalarini tanlashda
texnologik jarayonning
harakterini, jarayonning yong‘inga va portlashga moyilligini, atrof-muhitning
zaharliligini va emiruvchiligini, o`lchanayotgan muhitning fizik-kimyoviy hossalarini
va
parametrlarini; o`lchash o`zgartkichlarining o`rnatilgan joyidan nazorat va
boshqarish punktlarigacha masofasini; boshqarish sistemasiga ishonchlilik, aniqlik va
tez ta`sir etish kabi talablarni hisobga olish zarur.
2.
Avtomatlashtirishda
texnik
vositalarning
ommaviy
(seriyallab)
ishlab
chiqariladiganlari asosida to`zilishi lozim; bunda ular o`zining soddaligi, o`zaro mos
kelishi, shchit va pul‘tlariga o`rnatish qulayligi bilan tasniflanuvchi texnik
majmualaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
3.
Ommaviy ishlab chiqariladigan asbob, texnik vosita va apparaturalarini qo`llash
imkoni bo`lmaganda yangi vositalarni ishlab chiqish uchun texnik topshiriq beriladi.
4.
YOrdamchi energiyadan (elektr yoki pnevmatik) ta`minlanuvchi
vositalarni
tanlash texnologik ob`ektning yong‘in va portlash havflilik sharoitlari bilan,
shuningdek axborot va buyrug‘ signallarining tez ishlashi va uzatishi masofasiga
qo`yiladigan talablar e`tiborga olinadi.
5.
Dispetcherlik shchit va pul‘tlariga o`rnatiladigan
signallash va boshqarish
apparaturalarining cheklangan bo`lishi kerak, aks holda hizmat ko`rsatuvchi
hodimlarning e`tiborini asosiylaridan chetga tortadi, sistemani murakkablashtiradi,
narhini oshirib yuborishga olib keladi.
6.
Ikkinchi darajali, yordamchi asbob va avtomatika vositalarini iloji boricha ayrim
shchitlarga joylashtirib, ular ishlab chiqarish xonalarida bo`lgani ma`qul.