7. Avtomatik sistemalarining printsipial sxemalarini loyihalash
Reja:
1.
Printsipial
sxemalarning vazifalari, turlari va ularni bajarishning umumiy
tamoyillari.
2.
Printsipial elektr sxemada ba`zi-bir elementlarning grafik belgilanishi.
3.
Printsipial elektr sxema elementlarining harfiy belgilanishi.
4.
Printsipial elektr sxemalarda zanjirlarni tuzish tartiblari.
1.
Printsipial sxemalar haqida umumiy tushunchalar
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish, boshqarish va avtomatik rostlashda
turli elektr va pnevmatik asboblar, apparaturalar qo`llaniladi, ular orasidlagi o`zaro
aloqalarni ko`rsatishda, shuningdek, ularni ishlash printsiplarini o`zlashtirishda
printsipial sxemalardan foydalaniladi. Printsipial sxemalarda avtomatlashtirish
sistemasining ayrim bir bo`lagiga kiruvchi element, modul‘, yordamchi
apparatlarniing tarkibi va ular orasidagi bog‘lanishlarning to`la ko`rsatilishi lozim.
Printsipial sxemalarni loyihalash uchun dastlabki material sifatida funktsional
sxemani asos qilib olinadi.
Printsipial sxemalar Davlat Standartlari va tarmoq ko`rsatma
xujjatlari
talablariga rioya qilgan holda bajariladi.
Printsipial elektr sxemalar quyidagi me`yoriy xujjatlar asosida yaratiladi:
DS 2.701-84. Sxemalar. Ko`rinishi va tiplari. Bajarish uchun umumiy talablar.
DS 2.710-81. elektr sxemalarda shartli harfiy belgilashlar.
DS 2.755-87. Sxemalardagi shartli grafik belgilashlar.
RM
4-106-82.
Ko`rsatma
materiallar.
Texnologik
jarayonlarni
avtomatlashtirish sistemalari. Bajarishga talablar.
Me`yoriy xujjatlar printsipial sxemalarni bajarish qoidalarini,
sxema
elementlarining shartli grafik va harfiy belgilanishlarini, zanjir qismlrini markirovka
qilish yo`llarini belgilab beradi.
Printsipial sxemalarni tuzishda quyidagi tartibga asoslangan ma`qul:
1.
Funktsional sxemada qo`llanilgan talablar asosida printsipial sxemaga
qo`yiladigan texnik talablar aniqlanadi;
2.
SHu talablarga muvofiq tarzda sxemaning sharti va harakat tartibi belgilanadi;
3.
Berilgan tartib va shartlar asosida elementar zanjirlar to`ziladi;
4.
Elementar zanjirlar umumiy sxema ko`rinishida birlashtiriladi;
5.
Apparaturalar tanlanib, ayrim element parametrlarining elektr hisobi bajariladi;
6.
Tanlangan apparaturalar imkoniyati asosida sxematga tuzatish kiritiladi;
7.
Elementar zanjir yoki kontaktlarning noto`g‘ri ishlashi natijasida ro`y
berishi
mumkin bo`lgan holatlar tahlil etiladi;
8.
Boshqa variantlarni qo`llash imkoniyatlari ko`rilib, muqobil sxema tugal
tanlanadi.
Printsipial sxemalar shaklan birlashtirilgan yoki yoyilgan holatda to`zilishi
mumkin.
Birlashtirilgan sxemada asbob va apparatlar yig‘ilgan holatda ko`rsatiladi;
ya`ni apparat komplektiga kiruvchi elementlar (g‘altak, elektromagnitlar, uzgichlar va
shu kabilar) asbobning shartli ifodalanishi ichida ko`rsatilib,
chiqish-kirish
kontaktlarining markirovkasi ham beriladi.
YOyilgan printsipial sxemalarda asbob va apparatlar elementlarga ajratilib,
ular bir-birlari bilan bog‘langan holatda ko`rsatiladi; natijada
ayrim zanjirlar hosil
bo`ladi. Sxema bir necha zanjirlardan to`zilgan bo`lib, ular gorizontal yoki vertikal
holda berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: