Yer yong’oq navlarining nav belgilari va ekishga tavsiya etilgan navlarining
tavsifi
Darsning maqsadi:
Yer yong’oq navlarining farqli belgilarini o’rganish.
Topshiriq:
1.Yer yong’og’ining botanik ta’rifini o’rganish.
2. Yer yong’oq navlarining farqli belgilari.
3.Yer yong’oqning ekishga tavsiya etilgan navlarining farqli belgilarini o’rganish
aosida jadval to’lg’azish.
Darsda foydalaniladgan o’quv qurollari va jixozlar:
Yer yong’oq o’simligi, gerbariysi, mevasi, urug’lari, rangli plakatlar, texnik tarozi,
chizg’ich, kadoskop.
Adabiyotlar:
1.Yormotova D. Xushvaqtova – Moyli ekinlar.T. 2007.
2.Lukov M. – Moyli ekinlar seleksiyasi va urug’chiligi – uslubiy ko’rsatmalar. S.
2009.
Qo’shimcha adabiyotlar:
1.Yormatova D.Ye. – Dala ekinlari biologiyasi va yetishtirish texnologiyalari amaliy
mashg’ulotlar. T. 2002.
Asosiy tushunchalar:
1-savol.
Yeryong`oq dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga kiradi. Bu turkumga 30 tur
kiritiladi. Ular orasida madaniy va yovvoyi turlar bor. Eng ko`p ekiladigan tur
Azachis xypogaea L. vulgazis L. madaniy yeryong`oq. Yeryong`oq bir yillik
o`tsimon o`simlik. Ildiz tizimi o`q ildiz va yon ildizlardan iborat, tuproqda 190 sm
chuqurlikka kirib boradi. Ildizlarida ko`p tuganaklar xosil bo`ladi.
Poyasi tik o`sadi, buyi 80 sm yetadi. Bitta poyadan 4-20 yon shox xosil bo`ladi.
Shoxlari asosida yumaloq, uchida turt qirrali, tuklangan, Ikki xil shakli; tup va yotib
usuvchi shakllari bor. Tup shaklida o`sadigan o`simliklarning buyi urtacha 30-40 sm
tik o`sadi, yer bagirlab o`sadiganlarniki 20-25 sm, tup diametri 1 m ga yetishi
mumkin.
Barglari juft patsimon, murakkab, oval yoki teskari tuxumsimon shaklda,
yashil yoki to`q yashil yaproqlardan iborat. Barg bandi va yaprog`i tukli.
Guli bitta yoki ikki-uchtadan bo`lib barg qo`ltig`ida joylashgan. Rangi sariq,
to`q sariq. Guli o`zidan changlanadi. Yeryong`oqning yer usti poyasidagi gullaridan
boshqa, poyasining yer osti qismida mayda kleystogam gullari bor. Bu gullar
rangsiz. Ochilmaydi. Gul urug`langandan keyin, ko`p o`tmay. Uchi o`tkirlashgan,
naycha shaklida ginofor o`sa boshlaydi. Uchida urug`langan tuguncha bo`lgan
ginofor o`sib 8-9 sm chuqurga kiradi. Tuguncha gorizontal xolatda o`sa boshlaydi,
oqaradi, dukakga aylanadi. Tuproqqa tegmay qolgan ginofor quriydi, meva xosil
qilmaydi.
Mevasi – pillasimon yoki silindirsimon dukkak, bir necha joyi bukilgan
uzunligi 2-6 sm. Rangi somonsimon, yuzasi tursimon. Po`chog`i dukkak vaznining
25-40 % ini tashkil qiladi. Tup shaklidagi o`simlikda dukkagi ildiz atrofida g`uj
bo`lib joylashadi, yer bag`irlab o`sadigan shaklida tarqalib joylashadi.
Dukkaklarning 1000 vazni 200-1200 g. o`rtacha 400-500 g.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |