- 70 -
rilgan. Lekin bularning birortasi so'zning asosiy belgilarini o'zida mujassam-
lashtira olmagan. Ta'rifda so'zning barcha muhim tomonlari o'z ifodasini topishi
kerak. Umuman, so'zni quyidagicha izohlash mumkin: so'z borliqdagi hodisa va
narsalarning ma'nosini ifoda etuvchi, grammatik jihatdan shakllangan va jamiyat
a'zolari tomonidan bir xil tushuniladigan, tovush formasida ifodalangan mustaqil
va markaziy til birligidir. Bu ta'rifda so'zning ikki tomonlama birlik ekanligi,
ya'ni uning tovushlar orqali ifodalangan tomoni va ma'no
jihati mujassamlash-
gan.
Til birliklari ichida so'z alohida o'rin egallaydi. Uning bu xususiyati, ayni-
qsa, grammatik jihatdan qaralganda ko'rinadi. Tilning eng kichik ma'noli birligi
hisoblangan morfema oralig'ida so'zning ma'noli qismlari: o'zak, suffiks va
hokazolar qaralsa, mustaqil so'z shaklidagi gaplar (masalan, nominativ gaplar:
Qish, Sovuq, Qorong'i kabi) sintaktik jihatdan alohida gap turlari sifatida izohla-
nadi. Bu esa so'zning grammatik (morfologik va sintaktik) xususiyatlarini ko'r-
sata olsa ham, uning ta'rifida morfema yoki gapga asoslanish mumkin emasligini
ko'rsatadi. Chunki so'z strukturasi semantik jihatdan ma'noli qismlarga bo'linish
xususiyatiga egadir. To'g'ri, bir morfemadan tashkil topgan so'zlar boshqa qism-
larga bo'linmaydi. Masalan, u, tosh, bosh, yo'l kabi. Biroq tildagi ko'pgina so'z-
lar ma'noli qismlarga bo'lina oladi va ular bir necha morfemalarning ulanishidan
tashkil topadi. Masalan, toshloq, boshliq, boychechak, gulsafsar, qoidali kabilar.
Bunday bir morfemali va ko'p morfemali so'zlarning o'zagi mustaqil ma'noga
ega bo'ladi. Demak, so'z mustaqil ma'noga ega bo'lgan birlikdir. Lekin bunday
qarash hamma tillarga ham to'g'ri kelavermasligini yuqorida aytib o'tdik. O'zbek,
rus, ingliz, nemis, fransuz, ispan va boshqa ko'p tillarda so'z
mustaqil birlik
hisoblanadi. Uning mustaqilligi alohida olinganda ham, turli ma'nolarni ifoda-
lashida va ba'zan fikr ifodalovchi gap holida kelishida ko'rinadi.
So'z butun birlik sifatida so'z birikmalaridan farq qiladi. So'z zanjirsimon
ulanib ketgan qismlar – o'zak, suffiks va hokazolardan tashkil topadi. So'z
birikmalari esa ayrim komponentlardan tashkil topib, umumiy ma'noga ega
- 71 -
bo'lgan, ya'ni leksik va grammatik jihatdan shakllangan birliklardir. Masalan,
kinoga bormoq, dars tayyorlash, kitob o'qish, yoshlar klubi kabi. So'z birikmala-
rining biror komponentini almashtirish mumkin (Qiyoslang: kinoga/ teatrga/
o'qishga/ magazinga/ bormoq kabi). Qo'shma so'zlar ba'zan tuzilishi jihatdan so'z
birikmalariga o'xshasa ham, ular yaxlit ma'nosi bilan ajralib turadi: temir yo'l,
gultojixo'roz, chinni gul, qo'lyozma kabi. Ba'zan so'zga fonetik jihatdan bir urg'u
ostiga birlashgan bir qancha tovushlarning birikmasi deb ta'rif beriladi. Bu tamo-
man noto'g'ridir. Chunki ba'zi ko'p morfemali uzun so'zlar va qo'shma so'zlar bir
necha urg'uga ega bo'lishi mumkin. Masalan, gúltójixó'roz.
So'z shakli (tovush formasi) va mazmun birligiga ega bo'lib, semantik va
grammatik yaxlitlikni o'zida mujassamlashtiruvchi birlikdir.
U til strukturasida
formal va ma'no jihati bilan to'rt bosqichda ilmiy tadqiq etiladi:
1) fonologik jihatdan so'zning fonemalar tarkibi va uning aksent (urg'u)
strukturasi o'rganiladi;
2) morfologik jihatdan so'zning morfemik tuzilishi ilmiy tahlil qilinadi;
3) leksik jihatdan so'zning atama birlik ekanligi, ya'ni nom qo'yish bilan
bog'liq tomoni qaraladi;
4) semantik jihatdan so'zning turli ma'no tomonlari tadqiq etiladi.
Bunday o'rganishda so'zning 1- va 2-, ya'ni fonologik va morfologik to-
monlari
formal jihatini, 3- va 4- leksik va semantik tomonlari mazmun jihatini
o'zida aks ettiradi. Biroq ulardan birortasini alohida olib tekshirish so'zning for-
mal va mazmun jihatlarining uzilib qolishiga olib keladi. Shu tufayli ular bir-biri
bilan uzviy bog'liq holda tekshirilishi zarur. Demak, so'z til strukturasining bar-
cha sohalari bilan bog'liqdir.
So'zning tashqi, ya'ni shakl tomoni fonetika va fonologiya hamda gram-
matikada kengroq o'rganiladi. Quyida so'zning ichki, ya'ni mazmun jihatidagi
asosiy masalalari ko'rib o'tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: