TILDAGI TARIXIY-FONETIK O'ZGARISHLAR VA FONETIK-
FONOLOGIK O'ZGARISHLAR
Til asta-sekin va mustaqil rivojlanib boradi. Tilning takomillashuvi va
rivojlanishi ma'lum qonuniyatlar asosida bo'ladi va boshqa ba'zi qonuni-
yatlardan, xususan tabiat qonunlaridan farq qiladi.
Til murakkab va ko'pqirrali ijtimoiy hodisa bo'lib, undagi barcha elementlar
bir-biri bilan uzviy ravishda bog'langan. Shu sababli tildagi qonuniyatlar ham bir-
biri bilan bog'lanadi. Chunonchi, tildagi tarixiy-fonetik o'zgarishlar ma'lum
fonetik-fonologik qonuniyatlar asosida ro'y beradi va bu esa o'z navbatida,
grammatik va leksik o'zgarishlarga ham ta'sir etadi. Tildagi tarixiy-fonetik
o'zgarishlarni qandaydir fiziologik yoki fizik qonunlar asosida tushuntirish
mumkin emas. Fonetik-fonologik qonuniyatlar tilning ichki qonunlari hisobla-
nadi va faqat tilshunoslik jihatdan ilmiy tadqiq qilish borasida izohlanadi. Til-
dagi tarixiy-fonetik o'zgarishlarni o'rganuvchi qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning
sohasi
Do'stlaringiz bilan baham: |