Umumiy fonetik qonuniyatlar
– barcha tillarga xos bo'lgan universal
holdagi tartib va qoidalarni belgilab beradi va ular tilning boshqa bosqichlarida
ro'y beruvchi umumiy hodisalar bilan ham bog'lanadi. Masalan, barcha turkiy
tillarida jarangsiz undoshlar ikki unli tovush oralig'ida jaranglilashishi mumkin.
Barcha turkiy tillarda singarmonizm (unlilarning uyg'unlashuvi yoki unlilar
garmoniyasi) qonuniyati mavjud bo'lib (o'zbek tili bundan qisman mustasno
hisoblanadi), u so'z o'zagidagi unlining uning affiksidagi unli bilan uyg'unlashu-
vida ko'rinadi. Bunday singarmonizm hodisasi unlilarning til va labning holatiga
ko'ra uyg'unlashuvi bilan izohlanadi. Masalan, qozoq tilida: attar, bashtar; turk-
man tilida: barar, dashar; qirg'iz tilida: ottuz, moyun, tundu kabilar.
2)
Do'stlaringiz bilan baham: |