2.
Ilk respublika davrida davlat qurilishi.
Mil.avv. VI asrda etrusk istilolari urug‗
jamoasining yemirilish jarayoni, sinfiy jamiyat va Rim davlatchiligi shakllanishini
tezlashtirdi. Etrusk- lar Rimda ilk yunon tiraniyasiga o‗xshash monarxiya rejimini tashkil
etdilar. Uning o‗rniga Rimda mil.avv. 509-yil ilk respub- lika tuzumi o‗rnatildi.
Rim tarixchilari, respublika boshlanishini mil.avv. 509-yil kelib chiqishi etrusk bo‗lgan
so‗nggi Rim podshosi Tarkviniy Mag‗rurning (mil.avv. 534-509-yillar) Rimdan haydalishi
bilan belgilaydilar. Erkinlik tarafdorlari, senat hokimiyati himoyachi - lari Yuniy Brut
boshchiligida monarxiyani aristokratik respublika bilan almashtirdilar. Respublika davlat
boshqaruv tizimi birdaniga shakllanmadi. Uning shakllanishi asta-sekinlik bilan jamiyatdagi
ijtimoiy-siyosiy o‗zgarishlar bilan birga bordi. Rim magistratura tizimining tugallangan shakli
mil.avv. IV asr II yarmida yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |