O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

1.
 
Rimning Italiyani bosib olishi. 
Rimdan etrusk pod- sholari haydalgandan so‗ng, qisqa 
bir davrda Rimning Latsi- ya viloyatidagi yetakchilik roli pasaydi. Rim mil.avv. V-III asr- 
larda Apennin yarim orolini bosib olish uchun uzoq urushlar olib bordi. O‗sha vaqtda rimliklar 
qo‗shinlari Sabin, Ekv, Volsk, Tuskul boshchiligidagi Lotin shaharlari ittifoqi bilan olib boril- 
gan urushlar Rimning g‗alabasi bilan tugadi. Mil.avv. V asrning 90-yillarida rimliklarning 
lotinlar bilan ittifoqi etrusklarga qar- shi bosqinchilik urushlari olib borish imkonini berdi. 
Tibrning o‗ng qirg‗og‗idagi etrusklarning Veya shahri o‗n yillik qamaldan so‗ng (mil.avv. 


78 
406-396-yillar) bosib olinib, uning aholisi qul- larga aylantirildi, yerlari esa rimliklar mulkiga 
aylandi. Ekv, volsk va gernik qabilalari ham bo‗ysundirilgach, Tibrning o‗ng qirg‗og‗i Rimga 
bo‗ysundi. Qo‗shni hududlarni bosib olishi nati- jasida Rimning hududi ancha kengaydi. 
Urushlar natijasida qo‗shnilar hisobidan Rim shahri tribiga 17 qishloq tribi qo‗shib olindi. 
Mil.avv. 396-yilda etrusk shahri Veyini bosib olinishi bilan ularning soni 25 taga yetdi. 
Mil.avv. 390-yil Alp tog‗lari orqali Po daryo vodiysini egallagan gall qabilalaridan biri 
senonlar yo‗lboshchi Brenn boshchiligi- da Etruriyaga bostirib kirdilar. Rim etrusklarga 
harbiy yordam bermadi. Lekin rimliklar gallarga o‗z elchilarini yubordilar. Elchilar gallar 
bilan mensimay muomala qilib, ziddiyat keltirib chiqardilar. Gallar etrusk shahri Kluziy 
qamalini tashlab, Rim- ga yurish qildi. Ular Rimni urushsiz egalladilar va uni talab, yondirib 
yubordilar. Rimliklar yana 7 oy Kapitoliyni himoya qildi. Lekin oxir-oqibatda gallarga oltin 
bilan katta miqdorda tovon to‗lashga majbur bo‗ldilar. Rivoyatlarga ko‗ra, rimliklar senonlar 
talab qilgan miqdordagi oltinni taroziga o‗lchab, top- shirmoqchi bo‗ladilar. Shunda senonlar 
yo‗lboshchisi qilichini tarozini pallasiga tashlaydi. Natijada oltinni miqdori yengil ke ladi. 
Bundan g‗azablangan rimliklar o‗z noroziliklarini bildiradi- 
lar. Aynan shu vaqtda Brenn «yengilganlarni holiga voy!» mashhur so‗zini aytgan. 
Rimning zaiflashganidan qo‗shni lotin, volsk, ekv va etrusklar foydalandilar. Ular yana 
Rimdan mustaqil yashashga oldilar. Rim-lotin ittifoqi (mil.avv. 384-yilda uning a‘zolari 47 
lotin jamoasi bo‗lgan edi) yana tarqalib ketdi. Rim lotin shaharla- rini yana qayta kuch bilan 
bo‗ysundirishga majbur bo‗ldi. Lo- tin ittifoqi faqat 32 yildan keyingina rimliklar tomonidan 
qay- ta tiklandi. Mil.avv. IV asr o‗rtalarida Rim kuchli qo‗shin bilan Italiyaning bir qancha 
hududlarini egallab oldi. Mil.avv. IV asr o‗rtalarida Rim respublikasi faqat Latsiya viloyatida 
emas, balki butun markaziy Italiyada kuchli davlatga aylandi.
Samniylar o‗rta Italiyaning tog‗li qismida yashab, chorvachilik (ayniqsa yilqichilik) va 
ovchilik bilan shug‗ullanar, temirga ish- lov berishga usta bo‗lganlar. Ular yuqori harbiy 
san‘atga ega edilar. Samniylar boy Kampaniya viloyatiga vaqti-vaqti bilan bosqin qilib, uni 
egallab oldilar. Rim patritsiy va dehqonlari uchun samniylarning yerlari va Kampaniyaning 
unumdor yer- lari kerak edi. Rim uzun nayza va to‗g‗ri to‗rt burchakli qalqon- lar bilan 
qurollangan dovyurak tog‗li qabilalar - samniylar bilan urush boshladi. Jangovar samniy 
qabilalari Kampaniyada o‗rnashib, Rim bilan mil.avv. 354-yildan ittifoqda edilar. Kampaniya 
viloyatidagi Kapuyani rimliklar tomonidan bosib olinishi samniy urushini keltirib chiqardi. 
Uch samniy urushlari bo‗lib o‗tdi. Birinchi samniy urushi mil.avv. 343-341-yillarda rimliklar 
g‗alabasi bilan tugadi. 
Ikkinchi samniy urushi mil.avv. 327-304-yillarni o‗z ichiga oladi. Rimliklar Neapolni 
bosib olishlari bilan bu urush boshlandi. Rim urushda lukan va apullar bilan ittifoq tuzdi. 
Kavdin darasida rimliklar og‗ir mag‗lubiyatga uchradilar va sharman- dalarcha taslim 
bo‗ldilar. Rim egallagan shaharlardan chiqib ketdi. Rimliklar mil.avv. 316-yilda urushda tub 
burilish yasa- dilar. Rim qo‗shini qayta tuzildi. Harakatchan kichik qismlar kalta nayza, kalta 
qilich bilan qurollantirildi. Natijada urush harakatlarida rimliklarning qo‗li baland keldi. 
Urush oxirida gernik va ekvlar Rimga to‗la bo‗ysundirildi. Qo‗shimcha hudud- lar Rim 
tarkibiga kirdi. Samniylar bilan yana shartnoma tuzil- di. Gallar etrusklar bilan birlashib, 
mil.avv. 299-yil Rim hudu- diga bostirib kirdilar. Samniylar bu qulay vaziyatdan foydala- nib, 
Lukaniya viloyatida yana o‗z hukmronliklarini o‗rnatdilar. 
Bu uchinchi samniy urushiga olib keldi (mil.avv. 288-290-yil- lar). Urush Italiyaning turli 
hududlarini qamrab oldi. Samniy- lar gallar bilan birga harakat qilib, Umbriyada etrusklar 
bilan qo‗shilishlari lozim edi. Rimliklar Etruriyaga bostirib kirishi bilan etrusklar kel‘tlardan 
ajralib ketdilar. Sentin yaqinidagi jangda (mil.avv. 296 -yil) rimliklar samniy-gall qo‗shinlari 
ustidan hal qiluvchi g‗alabaga erishdilar. Etruriya bilan tinch lik bitimi imzolandi. Samniylar 
to‗la bo‗ysundirildi. Etrusk shaharlari Rim bilan ittifoq tuzishga majbur bo‗ldi. Ko‗pgina 
hududlar Rim ixtiyoriga o‗tdi. Ularning aholisi cheklangan Rim fuqaroligi huquqini (civitas 


79 
sine suffagrio - «ovoz berish huquqi bo‗lmagan fuqarolik») oldi. Pisena aholisi ham 
g‗oliblarga taslim bo‗ldi. Adriatika dengizi sohilida Adriya lotin koloniyasi barpo qilinishi 
bilan Italiyaning sharqiy qirg‗og‗ida Rim hukmronligiga asos solindi. Endi O‗rta Italiya to‗la 
Rim qo‗lida edi. Gallar shi- molga uloqtirib tashlandi. 
Rimning samniy urushlari lotin ittifoqining barcha qatnash- chilari uchun og‗ir majburiyat 
bo‗ldi. Samniy urushidan faqat- gina Rim foyda ko‗rdi. Rimliklar samniylardan bir qism 
yerlarni tortib oldilar. Lotin shaharlari bunday adolatsizlikka chiday ol- may, Rim bilan urush 
boshladilar, lekin ular yengildilar. Urush faqatgina mil.avv. III asr boshlarida tinchlik 
shartnomasi bilan tugallandi. Faqatgina mil.avv. 493-yildagina Rim va boshqa lotin shaharlari 
bilan mudofaa ittifoqi tuzishga erishildi. Bu ittifoq mil.avv. V asr davomida saqlanib qoldi va 
rimliklarni bir qancha qo‗shni viloyatlarni bosib olishiga qulay shart-sharoit yaratdi. 
Samniy urushlaridan so‗ng rimliklar bevosita Janubiy Itali- yadagi yunon shaharlari bilan 
chegaradosh bo‗ldilar. Janubiy Italiyadagi yunon shaharlaridan eng katta va qudratlisi Tarent 
shahri edi. Shaharda dastlab aristokratik, so‗ng demokratik boshqaruv tartibi o‗rnatildi. 
Tarentning o‗z qo‗shini bo‗lmay, yunon yollanma askarlari xizmatidan foydalanar edi. Shahar - 
ning rimliklar bilan shartnomasi bor edi. Savdo-hunarmand- chilik va dehqonchilik 
rivojlangan. Tarent juda boy shahar bo‗lib, rimliklar uchun mazali luqma edi. Tarent Rim 
elchila- rini haqoratlashda ayblanib, Rim mil.avv. 281-yilda Tarentga qarshi urush e‘lon qildi. 
Tarent Epir podshosi Pirrni yordam- ga chaqirdi. Pirr jangovar fillar bilan Janubiy Italiyaga 
bostirib kirib, Gerakleya va Auskul yonidagi ikki jangda rimliklarni tor - mor qildi. 
Mil.avv. 275-yilda esa Benevent yonida rimliklar Pirr qo‗shin- larini yanchib tashladilar. 
Bir necha yildan so‗ng Tarent shahri va u bilan ittifoqchi bo‗lgan samniylar, lukanlar va 
Brutti- ya shahri aholisi Rim hokimiyatini tan olishga majbur bo‗ldi - lar. Mil.avv. 265-yilda 
rimliklar etrusklarning markazi bo‗lgan Volsiniya shahrini bosib oldilar. Butun Italiya 
Rubikon daryo- sidan Sezalp Galliyasidan Messen qo‗ltig‗igacha Rim tarkibiga kirdi. Rim 
kichik bir jamoadan O‗rtayer dengizining qudratli davlatiga aylandi. 
Bosib olingan joylarni aholisi cheklangan Rim fuqaroligi (sine suffragio - xalq yig‗inida 
ovoz berish huquqidan mahrum) huquqini oldi. Bu o‗z-o‗zini boshqarish huquqidan va jamoa 
yig‗inlarida ovoz berish huquqidan mahrum bo‗lish demak edi. Shahar ishlarini Rimdan 
yuborilgan prefekt boshqarar edi. Rimliklar Italiyadagi bosib olingan yerlar aholisini turli 
huquqlarga ega bo‗lgan toifalarga bo‗ldilar. Faqat Rim fuqa- rolari bo‗lgan patritsiylar va 
plebeylar hamda Rimga qo‗shib olingan lotin shaharlari, Rim shahriga doimiy ko‗chib o‗tgan 
barcha lotinlar huquqlardan foydalanishlari mumkin edi. Rim qonunlari bo‗yicha fuqaro nikoh 
o‗qitish, mulkini erkin tasarruf qilish, o‗z moddiy manfaatlari himoyasi uchun sudga murojaat 
qilish, yig‗inlarda ovoz berish va mansablarni egallashi mum- kin edi. Bu to‗la huquqli 
fuqarolar Rim triblariga doimiy birik- tirilgan edi. Bundan tashqari, Italiyaning turli muhim 
strategik markazlarida senat qarori bilan barpo qilingan Rim koloniyala - rining aholisi ham 
to‗la huquqli fuqarolar hisoblandi. Chunki koloniyalar aholisini Rimdan ko‗chib borganla r 
tashkil qilgan. Koloniyalar o‗z-o‗zini boshqaruviga ega edi. 
Cheklangan huquqlarga ega fuqarolar toifasi («sives sine suffragio») ham mavjud edi. Ular 
Rim odati bo‗yicha nikoh bitimi tuzishlari, o‗z mulklarini tasarruf qilish huquqiga ega edilar, 
le- kin ular Rimda mansablarni egallash va ovoz berish huquqidan mahrum edilar. Bunday 
cheklangan huquqlarga ega shaharlar munitsipiylar deb atalar edi. Ularning ba‘zilari Rimdan 
yuboril- gan prefekt tomonidan boshqarilar edi. 
Munitsipiylar aholisi huquqiy mavqelariga ko‗ra, lotin koloni- yalari aholisiga yaqin turar 
va lotin huquqiga ega edilar. Muni- sipiylar boshqaruvda avtonom bo‗lib, o‗z tangalarini zarb 
qilish huquqiga ega edilar. Rimliklar bunday munsipiylardan yor - damchi harbiy qism - 
kogortalar olish majburiyatini o‗tashni talab qilar edilar. Ozod qullar Rim qonuni bo‗yicha 
ochiq nikoh 
o‗qitishlari mumkin emas edi. Ular faqat tribut komisiyalarida ovoz berish huquqiga ega 
edilar. 


80 
Italiya aholisining «sotsii» (ittifoqchilar) deb atalgan yana bir toifasi Rim bilan yanada 
zaifroq bog‗langan edi. «sivitates fede- rat» huquqidagi ittifoqchi shaharlar ham Rimga 
qo‗shinlar bilan yordam berishlari shart edi. Lekin ular o‗zlarining cheklangan davlat 
suverenitetini saqlab qoldilar. Ularga Rimning ruxsatisiz shartnomalar tuzish, mustaqil tashqi 
siyosat yuritish, o‗z ta- shabbusi bilan urush olib borish taqiqlangan edi. Janubiy Itali- yadagi 
yunon shaharlari Rim ittifoqchilarining alohida toifasini tashkil etar edi. Ular Rimga faqat 
harbiy flot bilan yordam be- rish majburiyatini olgan edilar. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish