72
birinchi bo‗lib shaharsozlik, shahar hayoti va madaniyatini barpo qildilar. Aholisi ko‗p sonli
va boy bo‗lgan Veyi, Populoniya, Kluziy, Belsiniya, Peruziya, Tark- viniya, Vulchi va Sere
kabi etrusk shaharlari barpo qilindi. Sav- do-hunarmandchilik rivojlanib, etrusk
hunarmandchilik mahsulotlari chet elllarga chiqarilgan. Dengiz orqali vositachilik sav - dosini
jadal amalga oshirdilar. Etrusklarning savdo kemalari Karfagen, Finikiya, Yunoniston va
boshqa sharq mamlakatlari portlarida muntazam langar tashladilar. Ular ichki va tashqi
savdoning rivojlanishi uchun tanga-pul zarb qildilar. Etrusklar metallga ishlov berishda yuqori
natijalarga erishdilar. Etru- riyaning o‗zida mis, qo‗shni Elba orolida temir rudasi qazib
chiqarilgan. Etrusk kulolchilik mahsulotlari nihoyatda yuksak baholangan.
Etrusklar Janubiy Italiya, Korsika va Sardiniyada o‗z koloni- yalarini barpo qildilar.
Mil.avv. VII-VI asrlarda Etruriyada markazi Volsiniya shahri (bu shaharda etrusklarning oliy
xudosi Kertumnaning ziyoratgohi bor edi) bo‗lgan etrusklarning
12
shahar konfederatsiyasi mavjud edi. Konfederatsiya siyo- satiga 12 luqumon kengashi
rahbarlik qilgan.
13
Janubiy Italiyadagi yunon shaharlari etrusklar bilan raqo- bat qildilar. Mil.avv.
535-yilda etrusklar Karfagen bilan ittifoq bo‗lib, Korsika oroli yaqinidagi Alali
yonidagi jangda yunonlarni tor-mor qiladilar. Korsika oroli etrusklarning tayanch
nuqta- siga aylandi. Shu vaqtda Latsiya, Kampaniya va Shimoliy Ita- liyaning bir qismi
etrusklar qo‗lida edi. Rimda etrusklarning Tarkviniy sulolasi qaror topdi, yarim
orolning shimoli-sharqida etrusklarning Adriya shahri Adriatika dengiziga o‗z nomini
berdi. Mil.avv. VI asrning birinchi yarmi Etruriya iqtisodiy-siyosiy hayotining
yuksalish davri bo‗ldi.
14
Mil.avv. VI asrning ikkinchi yarmidan etrusklar zaiflasha boshladi. Etrusklarning
zaiflashuvining bir necha sabablari bor edi. Etrusk federatsiyasi hech qachon
mustahkam bo‗lma- gan. Shaharlar o‗rtasida doimiy raqobat, shaharlardagi ijtimoiy
qatlamlar o‗rtasidagi ziddiyatlar siyosiy zaiflashuvga olib keldi. Italiya shaharlari
etrusklarning hukmronligiga chek qo‗yish- ga harakat qildilar. Etrusklar shimolda
keltlarning hujumini qaytarish uchun og‗ir kurash olib bordilar. Etrusklar davlati
hududlari qisqarib bordi. Etrusk federatsiyasiga kirgan sha- harlar o‗rtasidagi ichki
aloqa zaiflashdi. Etrusklar birdaniga yunonlar, rimliklar va keltlarning siquvi ostida
qoldi.
15
Rivoyatlarda rimliklarning etrusklarga qarshi urushlarining yorqin tasvirlari
saqlanib qolgan. Bir rivoyatga ko‗ra etrusk podshosi Parsenni o‗ldirish uchun rimlik
o‗smir Gay Musiy etrusklar qarorgohiga kiradi, lekin uni ushlab oladilar. Parsena Gay
Museyni qiynoqqa solib, sheriklarini aytishni talab qiladi, gay Stsevola og‗riq va
o‗limdan qo‗rqmasligini ko‗rsatish uchun qo‗lini olovga tutadi va qo‗li qanchalik
kuymasin, miq etib ovoz chiqarmaydi. Mil.avv. 524-yilda yunonlar Kampaniya yonida,
mil.avv. 474-yilda Qum yonida etrusk flotini tor-mor qildilar. Mil.avv. 509-yilda
rimliklar so‗nggi etrusk podshosi Tarkviniy Mag‗rurni shahardan haydab yubordilar.
Mil.avv. 265-yilda etrusk shahri Voliniyaning qulashi bilan rimliklar Etruriyaning to‗la
istilosini tugalladilar. Yangi era boshida etrusklar roman- lashuv jarayonida o‗z ona
tillarini unutdilar va rimliklar bilan qo‗shilib ketdilar.
16
Do'stlaringiz bilan baham: