O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

2.
 
Ellin Misri (mil.avv. 323-30-yillar). 
Sharqdagi bosh- qa ellin davlatlari kabi Misrda 
Ptolemeylar podsholigi ham bir necha ming yillik madaniyat va qadimiy an‘analar rivojlangan 
qadimgi Sharq mamlakatlaridan birini bosib olish natijasida paydo bo‗ldi. Ptolemeylar davlati 
ellin davlatlari ichida eng boyi va bepoyoni edi. Ptolemeylar sulolasi 100 yil davomida faol 
tash- qi siyosat olib borib, Misrni haqiqiy imperiyaga aylantirdilar. Uning asosini Misrning 
an‘anaviy tarixiy geografik chegaralari tashkil qildi. Ellin Misrining sharqiy chegaralari 
Ptolemeylar sulolasi hukmdorlarining tashqi siyosati yutuqlari va mag‗lubi- yatlari bilan 
o‗zgarib turdi. Mil.avv. III asr boshlarida Ptolemeylar Misrdan tashqari, Sharqiy O‗rtayer 
dengizi qirg‗og‗ining barcha orollarini nazorat qildilar. Lekin Salavkiylar va Makedoniya 
bilan bir necha urushlar natijasida mil.avv. II asr boshlarida bu hududlar Misrdan a jralib ketdi. 
Ptolemeylar davlati Misr, Kerenaika, Kipr, Janubiy Suriya, Finikiya, Kichik Osiyoning janubi -
g‗arbiy yunon shaharlari bilan va Egey dengizining qator orollariga egalik qilgan. Davlat 
poytaxti Aleksandriya shahri bo‗lib, sharqiy O‗rtayer dengizining eng katta porti, savdo-hu- 
narmandchilik va mmmadaniy markazi edi. 
Misrda hukmronlik qilgan ellin sulolasining asoschisi 44 yoshli Ptolemey I (mil.avv. 323 -283-
yillar) Lag makedon zoda- gonining o‗g‗li, harbiy boshliq, Aleksandrning safdoshi edi. U o‗zi 
keksayib, o‗z tabiiy o‗limi bilan vafot qilgan Aleksandrning birdan-bir diadoxi bo‗lgan. Antik 
mualliflar Ptolemey La- gni Soter (Qutqaruvchi) deb nomlaydilar. Chunki u Misr xalqi
 
ni 
Aleksandr tayinlagan noib Kleomen zulmidan ozod qilgan hisoblanadi . Ptolemey I va Misrni 
boshqargan uning vorislari Ptolemey II (mil.avv. 247-yilda vafot etgan) Filadelf, Ptolemey III 
Everget, Plolemey IV Filopator (mil.avv. 222-205-yillar) Ptolemey V Epifan (mil.avv. 205-
180-yillar) deyarli yuz yil davomida faol tashqi siyosat olib borib, ellin dunyosida yetakchilik 
qil- ishga da‘vo qildilar. Ular Misrni Old Osiyoda kuchli davlatga aylantirishga bor kuchlarini 
sarfladilar. Lagning o‗g‗li Plolemey I Soter mil.avv. 305-yil boshqa diadoxlar kabi o‗zini 
podsho deb e‘lon qildi. O‗z o‗g‗li bo‗lajak podsho Plolemey II Filadelf (sin- glisini sevadigan) 
ni (mil.avv. 283-246-yillar) o‗zi bilan birga hukmdor deb e‘lon qildi. Plolemey II o‗zining 
opasi Arsinoyaga uylandi. Uning davrida Misrning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va siyosiy 
tuzumining yangi davrdagi asosiy belgilari shakllan- di. Plolemey II faol tashqi siyosat olib 
bordi, Misrdan ajralib ketgan Kirena va Makedoniya bilan urush olib bordi, Yunonis tonning 
ichki ishlariga aralashdi. Plolemey III Everget (mil.avv. 246-222/221-yillar) Kirena malikasi 
Berenikaga uylanib, Kire- nani Misrga qo‗shib oldi. Salavkiylar bilan urush olib borib, un ing 
poytaxti Orontdagi Antioxiya shaharini egalladi. Plolemey III davrida Misr o‗z qudratini 
cho‗qqisiga chiqdi. Ptolemey V Epifan (mil.avv. 180-yil) o‗limidan so‗ng tashqi siyosatda 


54 
qiyinchiliklar tug‗ila boshladi. Sharqda Rimning faol istilochilik urushlari Misrning siyosiy 
mustaqillik uchun jiddiy xavf tug‗dirdi. Natijada tushkunlikning uzoq davri boshlanib, 
mil.avv. 30-yilda Misr Rimning istilo qilishi bilan tugallandi. 
Bosqinchilar mamlakat boshqaruvida minglab yillar davomida saqlanib qolgan an‘anaviy, 
ma‘muriy tizimni saqlab qoldi- lar. Faqat yuqori lavozimlarda turgan fors va Misr amaldorlari- 
ning o‗rniga yunon-makedonlar o‗tqazildi. Ptolemeylar qadimgi fir‘avn-podshoning mutloq 
hokimiyati, ko‗p tarmoqli davlat apparati, ko‗p sonli amaldorlar, qat‘iy markazlashgan davlat 
hokimiyati va uning mamlakat xojalik hayotiga faol aralashu- vini saqlab qoldilar. 
Yangi sulola Misr fir‘avnlaridan mamlakatning hududiy bo‗linishi, nom tizimini meros 
qilib oldilar. Faqat nomlar son- larini o‗zgartirib, ularni qayta tashkil qildilar. Dastlab nomlar - 
ni podsho tayinlagan nomarxlar boshqardilar. Mil.avv. III asr oxiridan nomarxlar qo‗lida 
hududning moliyaviy sohasigina qoldirilib, ularning oliy ma‘muriy hokimiyati harbiy soha 
bilan boshqa mansabdor-strateglarga berildi. Ptolemeylar mamlakat- 
ning iqtisodiyoti va mafkurasida muhim o‗rin tutgan mahalliy kohinlar va ibodatxonalar 
mavqeyini fir‘avnlar davridagidek, o‗zgarmagan holda saqlab qoldilar. Lekin ularning 
faoliyati davlat nazoratiga olindi. Ibodatxonalar oldida podshoning maxsus vakillari - epstatlar 
kohinlarning diniy va iqtisodiy faoliyati us- tidan nazorat qilib turdilar. 
Yunon-makedonlarning kelishi arafasida Misrning iqtisodiy- oti so‗nggi tosh davri ibtidoiy 
texnikasi darajasida bo‗lib, faqat- gina qisman takomillashtirilgan mis va jez qurollariga 
asoslangan edi. Yunon-makedonlar kelishi bilan mamlakat xo‗jaligida haqiqiy to‗ntarish 
bo‗ldi. Qishloq xo‗jaligida temir mehnat qu- rollari paydo bo‗ldi. Bobildan ekin ekadigan 
moslama (seyalka) olib kelindi. Qishloq xo‗jaligida yangi texnik moslamalar-vino va zaytun 
yog‗ini olish uchun vintli press (Arximed vinti)dan foydalana boshlanishi dehqonlarning 
mehnatini yengillashtir- di. Yangi ekinlar paydo bo‗ldi va ishlov beriladigan yer may- 
donlarining hosildorligi keskin o‗sdi. Fir‘avn Nexo kanali qayta tiklandi. Tashlab qo‗yilgan 
ko‗plab yerlar o‗zlashtirilib, sun‘iy sug‗orish inshootlari qayta ishga tushirildi. 
Hunarmandchilik shaharlarda rivojlanib, qishloq xo‗jaligi- ga qaraganda, bu sohada qul 
mehnati keng qo‗llandi. Hunarmandchilik mahsulotlari bozor uchun ommaviy ravishda ishlab 
chiqarildi. Kemasozlik, uy-joy va jamoat binolarining qurilishi, metall va sopol idish-tovoqlar, 
gazlamalar, mebellar va zargar- lik buyumlari tayyorlash keng rivojlandi. Yuqori sifatli hunar- 
mandchilik mahsulotlari eksport qilindi. 
Ptolemey I savdo-hunarmandchilik, qishloq xo‗jaligini rivoj- lantirish maqsadida o‗zining 
tanga pullari - oltin stater, ku- mush tetradraxma va mis obollarni zarb qila boshladi. Oltin va 
kumush qazish, tanga zarb qilish, turli xil pul ayirboshlash davlat monopoliyasiga aylantirildi 
hamda chet el tanga pulla- rini ishlatish taqiqlandi. Misr iqtisodiyoti va tashqi savdosida 
o‗ziga xos qog‗oz vazifasini bajargan papirusni ishlab chiqarish ham davlat monopoliyasiga 
aylantirildi. Ptolemey Aleksandri- ya shahrini poytaxtga aylantirdi. Savdo-hunarmandchilikka 
homiylik qildi, flot va qo‗shinni kuchaytirdi. Gavan va kanallar qurdi. 
Plolemey II (mil.avv. 283-247-yillar) davriga Aleksandriya haqiqiy ilm-fan o‗chog‗iga 
aylandi. Otasi boshlagan muzeyon qurilishini tugalladi. Keyin u otasi boshlagan kutubxona ki - 
tob-qo‗lyozmalar jamg‗armasini 400 000 jildga yetkazdi. Ular ilk 
bor Iliada dostonini o‗zining qadimiy ko‗rinishida qayta tikladi- lar. Plolemey II vafoti vaqtida 
xazinada 740 000 talant pul bo‗lgan. Appianning guvohligicha Misrning muntazam armiyasi 
200 000 piyodalar, 40 000 otliq, 2000 jangovar fil, 15000 kema, 300 fil bo‗lgan. Finikiya, 
Keleseriya, Kirena va Kipr Misrning tashqi provinsiyalari bo‗lgan. 
Mil.avv. III asr o‗rtalarida Misr kuchli harbiy flot va qo‗shinga ega edi. Ptolemeylarning 
asosiy raqiblari - Makedoniya, Bobil va Kichik Osiyodagi ba‘zi davlatlar bo‗lgan. Ptolemey 
IV Filo- pator davri Misr tashqi siyosiy yutuqlarining eng oliy nuqtasi bo‗ldi. Misrning 
mavqeyi Old Osiyoda kuchayib ketdi. Lekin bu vaqtinchalik edi.
Mil.avv. I asr boshlarida Rimning mulklari Misr chegaralari- gacha yetib bordi. Ptolemeylar 
sulolasini o‗zaro nizolar va xalq harakatlari zaiflashtirdi. Ptolemey IX mil.avv. 88 -yil Fivada 


55 
boshlangan qo‗zg‗olonni 3 yildan so‗ng qo‗zg‗olon markazi bo‗lgan Fiva shahrini buzib 
tashlash bilan bostirdi. Mil.avv. 70-yillardan Rim davlati Misrning ichki ishlariga faol aralasha 
boshladi. Ptolemey sulolasining bir necha vakillari Rim yorda- mi bilan hokimiyatni 
boshqardilar. Keyingi 15 yilda O‗rta Misr nomlarida norozilik harakati kuchaydi. Rim senatida 
bir necha bor Misrni bosib olish masalasi muhokama qilindi. Ammo hali kuchli bo‗lgan bu 
davlatga qarshi senat urush boshlashga jur‘at qila olmadi. Mil.avv. 48-yil Yuliy Sezar 8 oylik 
urushdan so‗ng Misrni ittifoqchi davlat sifatida Rimga qo‗shib olish bilan chek- landi. 
Sulolaning so‗nggi vakili Kleopatra rimliklar yordamida taxtga keldi. Oktavian mil.avv. 30 -yil 
Misr davlatini tugatib, Misrni Rim provinsiaysiga aylantirdi.

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish