O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

10.
 
Pergam. Attalidlar davlati. 
Mil.avv. 287-yil Pergam Salav- kiylar davlati 
tarkibiga kirdi. Makedon zodagoni Attalning o‗g‗li Fileter Salavkiylarning noibi edi. U 
Diadozlarning o‗zaro urush- laridan foydalanib, Pergam va bu yerda saqlanayotgan xazinani 
bosib oldi. Fileter Pergamni 22 yil boshqarib, keyin hukm- ronlikni jiyani Attalga topshirdi. 
Mil.avv. 240-yil Salavkiylar noibi hisoblangan Attal I Pergamni mustaqil deb e‘lon qili b, 
podsholik tojini kiydi. Uning asosiy hududi Kichik Osiyoning shimoliy-g‗arbiy qismi va 
Misiya viloyatidan iborat edi. Attalidlar sulolasi hukmdorlarining faol tashqi siyosati hamda 
mohir diplomatiyasi sababli, Pergam davlatining hududi mil.avv. II asr boshlarida G‗arbiy 
Kichik Osiyoning Troada, Lidiya, Kariya va Likiyani qo‗shib olinishi bilan kengaydi. Bu 
hududlarda qa- dimdan rivojlangan yunon polislari mavjud bo‗lganligi sababli, rivojlangan 
iqtisodiyotga ega edi. 
Attalidlar tashqi siyosatda sharqda Salavkiylar podsholigi- ga qarshi turib, g‗arbda kuchli 
ittifoqchi sifatida Rim davlati- 
ga tayandilar va bu amalda Pergamni Rim respublikasiga tobe bo‗lishga olib keldi. Attal I 
(mil.avv. 241-197-yillar) galatlar us- tidan g‗alaba qilib, Rim bilan ittifoq tuzdi. U 1- va 2-
makedon urushlarida (mil.avv. 215-205-yillar va 200-197-yillar) rimliklar tomonidan ishtirok 
etdi. Rimliklarning homiyligi yordamida Pergam podsholigi Kichik Osiyodagi barcha 
Salavkiylar mulk- larini egallab oldi va o‗zining eng qudratli davriga kirdi. Ammo 
Pergamning yuksalishi uzoq davom etmadi. Attal II va Attal III hukmronligi davrida Rim 
Pergam jamiyatining hukmron ta- baqalariga kuchli ta‘sir o‗tkazgan holda podsholikning ichki 
va tashqi siyosatiga faol aralasha boshladi. Oqibatda Attalidlar sulolasining so‗nggi podshosi 
mil.avv. 133-yilda vafot etgan Attal III ning vorisi bo‗lmaganligi sababli, o‗z davlatini 
rimliklarga vasiyat qilishga majbur bo‗ldi. 
Bunga javoban Pergam jamiyatining quyi tabaqalari podsho Yevmen II ning noqonuniy 
o‗g‗li Aristonik boshchiligida qo‗zg‗olon ko‗tardilar. Qo‗zg‗olonni yunon shaharlari aholisi 
qo‗llab-quvvatlamadi. Natijada qo‗zg‗olonchilar yengildi. Aristonik mil.avv. 129-yilda 
rimliklar tomonidan qatl qilindi. Vasiyat qilingan podsholik o‗rniga Rimning Osiyo 
provinsiyasi tash- kil etildi. 
Pergam ellin dunyosining iqtisodiy jihatdan rivojlangan markazlaridan biri edi. Qulay iqlim 
va tabiiy sharoit qishloq xojaligini uzluksiz rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Pergam O‗rtayer 
dengizi hududi aholisi uchun qishloq xojaligi mah- sulotlari yetkazib beradigan markazlardan 
biriga aylandi. Qul mehnatidan unumli foydalanildi. Pergam shaharlari dengiz savdosi 
yo‗llarida turganligi uchun mamlakatning boy xom- ashyolari (metall, yog‗och, smola, teri, 
jun), Pergam hunarmandchilik mahsulotlari, jumladan, pergament qog‗ozi butun O‗rtayer 
dengizi ehtiyojlarini qondirdi. 
Attalidlar sulolasi podsholari savdo-hunarmandchilikka homiylik qildilar. Yunon tipidagi 
yangi shaharlarga asos sol- dilar. Bu shaharlar eski shaharlar bilan bir qatorda tezda iqti- 
sodiyot va madaniyat o‗choqlariga aylandi. Attalidlar fan, adabiyot va san‘atga faol homiylik 
ko‗rsatdilar. Podsholik poytaxti Pergamda galatlar ustidan g‗alaba sharafiga ulkan Zevs ibo - 
datxonasi qurildi. Yevmen II mashhur Pergamda kutubxona binosini barpo qildi. Bu 
kutubxona antik mualliflar asarlari to‗plami hamda filologiya maktabiga ega bo‗lib, mashhur 
Alek- sandriya kutubxonasi bilan raqobat qildi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish