O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

9.
 
Antiox II davrida (mil.avv. 261-247-yillar) mil.avv. III asr o‗rtalarida Baqtriya, 
So‗g‗diyona va Parfiya ajralib chiqdi. Vi- finiya, Paflagoniya, Kappadokiya va Galatiya 
kabi davlatlar paydo bo‗ldi. Qora va Kaspiy dengizlari oralig‗ida Armaniston davlati, 
Midiyaning shimoliy qismida satrap Atropat Salavkiylar davlatidan ajralib chiqib, 
Midiya Atropatenasini tashkil qildi. Natijada Yunon-Baqtriya va Parfiya podsholiklari 
vujudga keldi (Yunon-Baqtriya mil.avv. 130-yillargacha, Parfiya davlati esa milodiy 
227-yiligacha mavjud bo‗ldi). Qobilyatli sarkarda Antiox III buyuk (mil.avv. 223-187-
yillar) davlatni eski chegaralar- da tiklash uchun bu davlatlarni bo‗ysundirish uchun 
mil.avv. 212-205-yillarda Sharqqa yurish qildi. Yurish davomida xara- jatlarni qoplash 
uchun Antiox III Ekbatanadagi Anaxita ibo- datxonasini taladi. Yurish natijasida 
Parfiya qayta bo‗ysundiril- di. Yunon-Baqtriya shaharlarining ikki yil natijasiz qamal 
qilish bilan rasman Salavkiylar hokimiyatini tan oldi. Antiox qo‗shin- lari Hindiqush 
tog‗laridan o‗tib, Hindiston yerlariga bostirib kirdi va mahalliy hokim bilan shartnoma 
tuzdi. U Hindistondagi salavkiylarga tobe yerlardan voz kechdi, buning evaziga Antiox 
hind jangovar fillariga ega bo‗ldi. 
Antioxning bu yurishi Salavkiylar davlatining yemirilishini vaqtincha to‗xtatdi. U markaziy 
hokimiyatni mustahkamladi. Kichik Osiyoning katta qismi bosib olindi va Kelesiriya Misrdan 
batamom tortib olindi. Kuchayib ketgan Salavkiylar davlati Per - gam va Rodosning 
xavfsizligiga jiddiy xavf sola boshladi. Pergam va Rodos Antiox III dan shikoyat qilib, 
Rimdan yordam so‗ra- di. Rim ham Antiox III saroyiga mashhur Karfagen qo‗mondo
 
ni 
Gannibalning maslahatchi bo‗lib turganidan norozi edi. Mil. avv. II asr boshlarida Salavkiylar 
bilan Rim respublikasi o‗rta- sida Yunoniston uchun raqobat boshlandi. Mil.avv. 189-yilda 
Rim bilan bo‗lgan urushda Antiox III qo‗shinlari yengildi. Mam- lakat hududlarida norozilik, 
Salavkiylarning zulmiga qarshi qo‗zg‗olon va isyonlar boshlanib ketdi. Yunon-Baqtriya va 
Parfiya o‗z mustaqilliklarini qayta tikladi va Parfiya g‗arbga tomon yurish qilib, Salavkiylar 
hududlarini bosib ola boshladi. Midi- yada satrap Timarxning isyon ko‗tarishi bu viloyatni 
parfiya- liklar tomonidan bosib olinishiga yordam berdi. Bundan tashqari, parfiyaliklar Fors 
va Elamni egalladilar. 
Antiox III ning o‗g‗illaridan biri Antiox IV Epifan (mil.avv. 175-164-yillar) shijoatli 
hukmdor bo‗lib, davlat hokimiyatini bir qadar mustahkamlashga erishdi. Uning boshqaruvi 
davri- da mamlakatda podsho san‘at va madaniyatga homiylik qildi. Shuhratparast Antiox IV 
Salavkiylar davlatining o‗tmishdagi kuch-qudratini tiklashga urindi. Mamlakat ichida bir 
qadar ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni vujudga keltirib, uning hududi- ni kengaytirishga harakat 
qildi. Antiox IV Misrni bosib olish uchun kuchli qo‗shin bilan yurish boshladi. Yo‗lda uni 
Rimning Misrdagi elchisi Gay Popiliy Lena to‗xtatdi. Aytishlaricha, Salav- kiylardan ko‗ra, 
qudratli bo‗lgan Rim elchisi Antiox IV o‗tirgan joyning atrofini doira chizib, Rimning talabi 
bajarilmaguncha (Misrga yurishni to‗xtatish) Antiox IV ni doira ichidan chiqib ketishini 
taqiqlagan. Natijada rimliklarning tazyiqi ostida Misr yurishi to‗xtatilgan. 
Antiox VII Sidet (mil.avv. 138-129-yillar) davlatning yaxlitli- gini tiklashga urinishi uning 
mag‗lubiyati va halokati bilan tu- gadi. Bu Bobil, Parfiya va mahalliy sulolalar hokimiyati 
ostiga o‗tgan Fors va Midiyaning ajralib ketishiga olib keldi. Mil.avv. I asr boshlarida 
Yahudiya va Kommagen o‗z mustaqilligini qo‗lga kiritdi. Salavkiylar davlatining yemirilish 


57 
jarayoni tezlashib ketdi. 35 yil ichida taxtda 12 da‘vogar almashdi. Ko‗p hollarda bir vaqtning 
o‗zida ikki yoki uch podsho taxtga chiqdi. Natijada Salavkiylar davlati hududi Suriya, 
Finikiya va Kilikiyaning bir qismi bilan chegaralanib qoldi. Salavkiylarning so‗nggi va kili 
Antiox XIII Rim tomonidan tan olindi, lekin 2 yildan keyin Pompey uni taxtdan tushirdi. 
Siyosiy ta‘sir vositasi bo‗lgan armiya va flotdan mahrum bo‗lgan Salavkiy hukmron guruhlari 
Rim va Parfiyaning qo‗g‗irchoqlariga aylandi. Mil.avv. 63-yilda Salavkiylar davlatining 
qoldiqlari Rim tomonidan bosib olinib, 
uning hududida Suriya provinsiyasi tashkil etildi. Sharqiy Pont, Paflagoniya, Galatiya, 
Kappadokiya, Armaniston va Kommagen rimliklarga vassal bo‗lgan mahalliy hokimlar qo‗lida 
qoldi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish