51
Aleksandrning vafotidan keyin yagona davlatning amalda oliy hokimi bo‗lgan Perdikka
Bobilda makedon podshosining eng yaqinlari o‗rtasida satrapliklarni taqsimladi. Yunoniston
va Makedoniya Antipatrga, Frakiya Lisimaxga, Misr Ptolemey- ga,
Kappadokiya va
Paflagoniya Yevmenga, Gellespont Frigiya- si Leonardga, Buyuk Frigiya Antigonga, Suriya
Laomedontga va Midiya Pifonga berildi. Barcha yangi saylangan hokimlar qo‗shinlari bilan
o‗z mulklariga jo‗nab ketdilar. Aleksandrning aynan ana shu sobiq safdoshlari (diadoxlar)
o‗zlariga berilgan hududlarga qanoat qilmay hamda boshqalarning
mulkiga ega- lik qilish
uchun Aleksandr merosini talashib, qonli kurashni boshladilar.
Aleksandr o‗limidan keyingi ikki yil davomida Yunoniston makedon zulmidan ozod
bo‗lishga urindi. Yunoniston va Makedoniya hokimi Antipatr yunon qo‗shinlarini tor-mor
qilib, bu yerga makedon garnizonlarini joylashtirdi. Mil.avv. 321 -yilda Misrda o‗rnashib olgan
Ptolemey Perdikkaning regentligini tan olmadi. Antigon, Ptolemey va Antipatrga Perdikka
juda qudratli ko‗rindi. Perdikkaga qarshi fitna uyushtirdilar. Perdikka Misrga qo‗shin tortdi,
yurish paytida Perdikka Memfis yaqinidagi qarorgohda g‗animlari yuborgan qotillar - o‗z
suvoriylari tomonidan o‗ldirildi. Shundan so‗ng davlat regenti qilib Yunonis- ton va
Makedoniyaning hokimi keksa Antipatr saylandi. Uning buyrug‗i bilan podsho oilasi
Makedoniyaga ko‗chirildi.
Antipatr topshirig‗i bilan mil.avv. 321-yilda satrapliklar qis- man qayta taqsimlandi.
Natijada kelajakdagi eng yirik Osiyo davlatining asoschisi Salavk Bobilni o‗z qo‗liga oldi.
Shundan ikki yil keyin mil.avv. 319-yilda Antipatr vafot etdi. U regent- likka voris qilib keksa
va tajribali harbiy boshliq Poliperxontni tayinlashga ulgurgan edi.
Ammo yuzaga kelgan bu vaziyat Aleksandrning yaqinlari bo‗lgan yosh va g‗ayratli
lashkarboshilarni qanoatlantirma-
di. Jumladan, Antipatrning bu qaroridan o‗z o‗g‗li Kassandr norozi bo‗lib, Poliperxontdan bu
lavozimni tortib olish uchun Sharqdagi satraplar Lisimax, Antigon va Ptolemey bilan it ti- foq
tuzdi. Mil.avv. 316-yilda Poliperxont regentlikdan chet- lashtirildi.
Kassandr butun
Yunonistonni egallab oldi. Lekin Kassandrning kuchayib ketishidan Antigon va Aleksandr ning
sobiq kotibi Yevmen norozi bo‗ldilar. Aleksandr davlatining yaxlitligini saqlab qolishga
uringan, separat kayfiyatlar- ga qarshi natijasiz kurashgan birdan-bir kishi Yevmen edi. U
makedon podsholigining «qonuniy» podsholari nomidan harakat qilgan, qator sabablarga
ko‗ra, hech qanday hudud va qo‗shinga ega bo‗lmagan birdan-bir diadox edi. Lekin uning
qo‗lida Aleksandr sobiq davlatining turli shaharlarida bosib olingan katta miqdordagi
moliyaviy mablag‗lar mavjud edi. Yevmen ana shu mablag‗lar
hisobiga katta yollanma
qo‗shin to‗plab, Bobil va Eronni bosib olishga urindi. Bu xavfga qarshi Antigon Bobil va
Midiya satraplari Pifon va Salavk bilan ittifoq tuzdi. Bu ittifoq Yevmenga qarshi yurish qildi.
Mil.avv. 316-yilda Gabiyan yonida (Midiya va Eron chegarasi) Yevmen bilan Antigon
o‗rtasida hal qiluvchi jang bo‗ldi. Yevmenning yollanma qo‗shinlarining xoinligi jangni
Antigon foydasiga hal qildi. Yevmen qo‗lga olinib, qatl qilindi.
Mil.avv. 317-yilda Aleksandrning onasi Olimpiada hokimiyatni Roksananing o‗g‗liga
qoldirish uchun Filipp Arridey va uning xotini Evridikani oldirishga buyruq berdi.
Shundan
so‗ng uning o‗zi Kassandr tomonidan qatl qilindi. Roksana va Aleksandr IV Kassandrning
asirligida bir necha yil ushlab turildi.
Kassandr Aleksandrning kichik singlisi Fessalonikaga uylan- gan bo‗lib,
Aleksandrning
o‗g‗li hozircha hayot ekan, o‗zini no- qulay sezar edi. Kassandr buyrug‗i bilan Amfipol noibi
Roksana va uning o‗g‗lini maxfiy o‗ldirib, ularni dafn qildi (mil.avv. 311 -310-yillar). Bir
necha yildan so‗ng Kassandr keksayib qol- gan Polisperxont bilan maxfiy shart bilan tinchlik
shartnomasi- ni tuzdi. Shartga ko‗ra, Polisperxont Aleksandrning Barsinadan bo‗lgan o‗g‗li
o‗n yetti yoshli Gerkulesni zaharlab o‗ldirishi ke- rak edi. Polisperxont bu yovuzlikni amalga
oshirib, siyosatdan chetlashdi. Qotillik evaziga Etoliya va Epirda gi o‗ziga berilgan mulklarda
qolgan umrini yashadi. Aleksandrning katta opasi Epir malikasi beva Kleopatra Sard shahrida
52
yashab turgan edi. Malikaning qo‗lini Salavk so‗radi. Buni bilib qolgan Antigonning buyrug‗i
bilan malikani o‗z kanizaklari o‗ldirdilar. Shundan
so‗ng Antigon kanizaklarni ham qatl qilishni buyurib, malikani favqulodda dabdaba bilan dafn
ettirdi.
Diadoxlar o‗rtasidagi urushlar uzoq davom etib, Yunoniston, Misr, Kichik Osiyo va
Mesopotamiya asosiy jang maydonlari- ga aylandi. Mil.avv. 306-yilda Antigonning o‗g‗li
Dimetriy Po- liorket («shaharlarni qamal qiluvchi») makedon garnizonlarini Yunonistondan
haydab yubordi. Afina va Megarada erkinlik va demokratiya e‘lon qilindi. Mil.avv. 306-yilda
Antigon, keyinroq Ptolemey, Lisimax, Salavk va Kassandr o‗zlarini podsho deb e‘lon qildilar.
Yuzaga kelgan bu vaziyat diadoxlarni o‗z hududlarida o‗z podsholik hokimiyatlarini
o‗rnatishga intilishlari uchun hech qanday rasmiy to‗siq qolmaganini bildirar edi.
Antigon bilan Plolemey o‗rtasida Yunonistonda urush boshlandi. Antigonning o‗g‗li
Dimitriy Kipr yonidagi dengiz jangida Ptolemey flotini batamom yanchib tashladi. Shundan
so‗ng Antigon barchaga xat yozib, o‗zini podsho deb atashlarini talab qildi. Dimitriy Afinadan
Kassandrning makedon qo‗shinlarini haydab chiqardi. Qachonlardir Filipp va Aleksandrdek u
ham yunonlarni Korinfga to‗plab, ularni o‗zini Makedoniyaga qarshi yo‗lboshchi deb e‘lon
qilishga majbur qildi. Ptolemey, Salavk va Lisimax 80 yoshli Antigon va uning o‗g‗li
Dimitriyga qarshi itti- foq tuzdilar, ittifoqchilar bilan birga Salavk 100 jang aravasi va 480 ta
jangovar fillar bilan Frigiyadagi Ips yonida (mil.avv. 301- yil) Antigon va Dimitriyga qarshi
jang qildilar. Jangda Aleksandrning eng qudratli vorislaridan biri Osiyo hukmdori 80 yoshli
Antigon o‗ldirildi. Uning o‗g‗li Dimitriy qolgan-qutgan askarlari bilan qochishga ulgurdi.
Lisimax butun Kichik Osiyoni egalla- di, Salavk Tavr tog‗laridan Hindistongacha bo‗lgan
yerlarni Suriya va Finikiya bilan birga egalladi. Mil.avv. 301-yilda Antigon, 297-yilda
Kassandr, 284-yilda Dimitriy Poliorket, 281-yilda Lisimax, 283-yilda Ptolemey Lag va 281-
yilda Salavk vafot etdi. Aleksandrning safdoshlari va bevosita merosxo‗rlaridan so‗nggi
diadox bo‗lgan Salavkning halokati bilan diadoxlar davri tuga- di. Ularning o‗rniga
Ellin
podsholari (Epigonlar) avlodi keldi.
Aleksandr vafotidan so‗ng uning eng yaqinlari diadoxlar o‗rtasidagi 40 yillik urush
natijasida Aleksandr davlati xaro- balarida 3 asosiy va eng yirik podsholiklar: Makedoniya
(unga bo‗ysundirilgan Yunoniston), Misr (Suriyaning janubiy qismi va Kichik Osiyoning ba‘zi
viloyatlari) va Salavkiylar davlati (Osiyo mulklarining asosiy qismi) tashkil topdi. Ulardan
tashqari, ellin davrida bir qancha katta-kichik davlat birlashmalari: Pergam,
Pont,Vifiniya, Kappadokiya, Yunon-Baqtriya va Parfiya podsho- liklari mavjud edi.
Do'stlaringiz bilan baham: