3.
Salavkiylar davlati. Aleksandrning safdoshlaridan biri katta jismoniy kuchga ega
bo‗lgan Salavk Nikator (g‗olib) mil. avv. 321-yilda satraplar o‗rtasidagi shartnomaga ko‗ra,
Bobilni egalladi. Salavk I (mil.avv. 312-281-yillar) buqani faqat quruq qo‗li bilan yiqitishi
mumkin bo‗lgan. Salavk diadoxlar o‗rtasida- gi kurash natijasida Eron satrapliklari, O‗rta
Osiyoning ayrim hududlari ustidan o‗z nazoratini o‗rnatdi. Ammo Osiyoning oliy hokimi
Antigon tez orada Salavkdan Bobilni tortib oldi (mil.avv. 315-yil). Antigon bilan boshqa
satraplar o‗rtasidagi kuchayib ketgan raqobatdan foydalangan Salavk Misr hukmdori Pt ole-
meyning yordami bilan mil.avv. 312-yilda Bobilda o‗z hokimiyatini qayta tikladi. Aynan shu
yildan boshlab Salavk sulolasi- ning mil.avv. 64-yilgacha davom etgan hukmronligi boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |