12.
Tibbiyot va aniq fanlar.
Mil.avv. V asr ikkinchi yarmi- dan kohinlar tibbiyoti
o‗rniga, aniq kuzatishlarga asoslan- gan shifokorlarning tibbiyoti vujudga keldi. Mil.avv. 400-
yilda mashhur yunon tabibi Gippokrat (mil.avv. 470-430-yillar) ning tibbiyot maktabi paydo
bo‗ldi. Gippokrat kasallikni o‗rganish nazariyasidan ko‗ra muhimroq deb uqtiradi. U
«Tibbiyotning otasi» sifatida shuhrat qozondi. Uning maktabida tabiblar taj- riba, kuzatish
usuliga tayanib, tez va to‗g‗ri tashxis qo‗yishga harakat qildilar va davolashda dorivor o‗tlar,
parhez va gigiyena kabi usullarni keng qo‗lladilar. Yunon tabiblari singan suyaklar- ni,
urushda olingan jarohatlarni tuzatishni, davolashni bilar edilar, lekin yuqumli kasalliklarni
davolashni bilmas edilar. Asklepiy davolash ma‘budi hisoblangan. Tabiblar odamning
sog‗lig‗i uning organizmidagi 4 asosiy suyuqlik: qon, flegma, qora va sarit o‗t orasidagi
muvozanatga bog‗liq deb hisoblagan- lar. Apolloniyalik Diogen qon aylanish tizimini yaxshi
o‗rgandi. Krotonlik Alkmeon kasalliklarning manbai inson organizmidagi suyaklarning
mutanosibligining buzilishi deb ko‗rsatdi. O‗sha davr tibbiy bilimlari to‗g‗risida 53 traktatdan
iborat «Gippokrat korpusi» deb ataladigan tibbiyot to‗plamlari orqali ma‘lumot olish mumkin.
Yunonlar matematikani misrliklardan, astrologiyani bobil- liklardan o‗zlashtirdilar. Aniq
fanlar to‗g‗risida ma‘lumotlar juda kam. Afinalik astronom, matematik Meton quyosh soatini
yasagani, taqvimni isloh qilgani to‗g‗risidagi ma‘lumotlar biz-
gacha yetib kelgan. Samos orolida tug‗ilgan Pifagor (mil.avv. 540-500-yillar) matematika va
musiqa bilan shug‗ullangan hamda mashhur matematik teoremani kashf etgan. Aytish - laricha,
o‗z kashfiyotidan xursand bo‗lib, u 100 ho‗kizni qur- bonlik keltiradi. U juda katta jismoniy
kuch va aqliy qobilyat- ga ega bo‗lgan va 18 yoshida Olimpiya o‗yinlari g‗olibi bo‗ladi.
Pifagor Krit va Misrga sayohat qiladi. Misrning ma‘naviy-diniy g‗oyalari uning keyingi
faoliyatiga katta ta‘sir o‗tkazadi. Olim janubiy Italiyadagi yunon shahri Krotonda yashab ijod
qiladi. U ilm asosida davlatni boshqarish g‗oyasini ilgari suradi. Knidlik astronom va geograf
Evdoks yer shar shaklida ekanini asoslab berdi va uning aylanasini hisoblab chiqishga uri ndi.
Mil.avv. 432-yilda afinalik matematik yangi taqvimni joriy qildi. Aristotel fizika bo‗yicha,
Empedokl kimyoviy unsurlar to‗g‗risida asarlar yaratdi. Aristotel zoologiya bo‗yicha o‗z
asarida mavjudotlar dunyosini turkumladi. Miletlik Gippodam meteoro logiya bilan
shug‗ullandi. Mil.avv. IV asrda afinalik Ksenofont harbiy ishga bag‗ishlangan va stunfallik
Eney shaharlar mudofaasi to‗g‗risi- da asarlar yaratdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |