O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

Yunon tragediyasi. 
Yunon tragediyasining mil.avv. V asr- dagi yuksak parvozi uch buyuk 
tragik shoirlari - Esxil, Sofokl, Yevripid va komediograf Aristofanlar asarlari bilan 
belgilanadi. 
Esxil. 
Yunon tragediyasining asoschisi Esxil (mil.avv. 525-456-yillar) hisoblanadi. Afina 
yaqinidagi Elevsin sha- harchasida tug‗ilgan Esxil 30 yoshida o‗z tragediyalari bilan shuhrat 
qozonib, 20 yil davomida yunon tragediyasining birinchi darg‗asi bo‗lib keldi. Lekin mil.avv. 
468-yil yosh Sofokldan mag‗lub bo‗lib, faqat o‗n yildan keyin «Oresteya» trilogi yasi bilan 


44 
g‗alaba qildi. Shundan so‗ng Esxil Sitsiliyaga ko‗chib o‗tib, u yerda vafot etdi. Uning 70 ta 
tragediyasidan 7 tasi yetib kelgan. Shoirning «forslar» (mil.avv. 472-yil) tragediyasi Salamin 
jangi- ga bag‗ishlangan. «Zanjirband Prometey» tragediyasida erkinlik g‗oyasi ilgari suriladi. 
Sofokl. 
Esxildan so‗ng Attika teatrida Sofokl (mil.avv. 496-405-yillar) yetakchi o‗rinni 
egalladi. Sofokl ko‗pgina ras- 
som, faylasuflar hamda Perikl bilan do‗st edi. Sofokl Afina dengiz ittifoqining xazinachisi, 
strateg lavozimini egalladi. U teatr- ga uchinchi aktyorni olib kirdi, xor ishtirokchilarini 
ko‗paytirdi. Sofokl mahsuldor ijod qilib, 123 ta komediya yozdi, undan 7 tasi bizgacha yetib 
kelgan. Shoirning «Shoh Edip», «Antigona», «Fivaga qarshi yetti», «Agamemnon», 
«Xoeforalar», Yevmenid», «Gerakl», «Avlidadagi ifigeniya», «Gekuba», «Androomaxa», 
«Ion», «Yelena», «Edip Kolonda» asarlarida axloqiy va etik muammolar ko‗tariladi.
Yevripid. 
Yevripid (mil.avv.480-406-yillar) polis mafkurasi- ning tushkunligi davrida ijod 
qildi. Uning asarlari falsafiy ruh- da bo‗lib, faqat to‗rt marta g‗olib bo‗ldi xolos. Lekin 100 
yildan so‗ng uning tragediyalari ellin teatrlarining barchasida qo‗yildi. Natijada Yevripidning 
90 asaridan 18 tasi saqlanib qoldi. Shoir «Vakxankalar», «Gerakl», «Medeya», «Ippolit», 
«Iffegeniya» trage- diyalarida insonning chuqur ruhiy dunyosi, his-tuyg‗usini aks ettirdi. Bu 
asarlar jahon teatri sahnasidan tushmay kelmoqda. 
Attika teatrida tragediyadan tashqari komediya (mil.avv. 445 -386-yillar) janri ham keng 
tarqalgan. Bizgacha yetib kelgan komediyalarning ko‗pchiligi Aristofan qalamiga mansubdir. 
Aristofanning «Tinchlik», «Axaryaliklar», «Lisistrat», «Suvoriy- lar», «Qurbaqalar» va 
«Bulutlar» komediyalarida mil.avv. V asr yunon dunyosining siyosiy ziddiyatlari hajv qilinadi. 
Aristofan- dan II komediya qolgan. Mil.avv. IV asrda Yunonistonda 15 -20 ming kishilik 
teatrlar qurilishi avj oldi. Afinadagi mashhur Di- onis teatri marmardan yarim doira shaklida 
tepalikda qurilgan edi. Barcha fuqarolar teatr tomoshalariga borganlar. Teatrga kirish uchun 
fuqarolarga pul berilgan. Yunon teatri omma- viy san‘at o‗chog‗iga aylandi. Mil.avv. VI-V 
asrlarda yashagan yarim afsonaviy Ezop masal janrida ijod qilib, allegorik obraz - larni yaratdi. 
Rivoyatga ko‗ra u ozod bo‗lgan qul bo‗lib, Lidiya hokimi Krez saroyida yashagan. Qadimda 
Ezopning bir necha masallari ma‘lum edi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish