O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

8.
 
Adabiyot va teatr. 
Mil.avv. VIII-VI asrlarda yunon madaniyati taraqqiyotida qadimgi 
Sharq madaniyatining ta‘siri kuchli bo‗ldi. Yunonlar o‗zlarining Kichik Osiyodagi shaharlari 
orqali qadimgi Sharqning boy madaniyati bilan tanishdilar. Bu davrning asosiy madaniy 
o‗choqlari (Yunonistonning o‗zida bo‗lmay) Kichik Osiyodagi Milet shahri, Lesbos va Samos 
orol- larida edi. Adabiyotda poeziya janri rivojlandi. Alkey, Arxilox, Feognid, Safolar yunon 
poeziyasida yorqin iz qoldirdilar. Les- bosda tug‗ilgan, Spartada yashagan shoira Safo 9 
poetik asar yaratdi. Shundan faqat bitta poema bizgacha yetib keldi. Uning mavzusi go‗zallik 
va muhabbat edi. Qul Ezop o‗zining masallari bilan mashur bo‗ldi. 
Qadimgi Yunonistonning eng noyob adabiy yodgorligi ijod- kor shoir Gomerning (mil.avv. 
IX yoki VIII asrlar yashagan deb taxmin qilinadi) «Iliada» va «Odissey» dostonlaridir. Hozir 
bu po- emalarni ikki yoki bir necha guruh mualliflar yozgan deb faraz qiladilar. «Iliada» 
dostonining birinchi varianti bir necha asr oldin Kichik Osiyodagi Frigiyada yaratilgan deb 
faraz qilinadi. Gomerning asarlari paydo bo‗lgunga qadar yunon xalq og‗zaki ijodining ajoyib 
namunalari: qo‗shiqlar, ertaklar, rivoyatlar va masallar yunon adabiyotining haqiqiy poydevori 
edi. Gomer- ning qahramonlik dostonlari u yashagan (taxminan mil.avv. IX -VIII asrlar) 
davrdan oldingi mil.avv. XI-IX asrlar voqealari- ning adabiy tasviridir. 
Arxaik davrda lirika keng tarqalgan bo‗lsa, mil.avv. V asrda Afina adabiyoti va poetik 
ijodiyotning markazi bo‗lgan bir- lashma Attika tragediyasi bilan mashhur bo‗lib ketdi. 
Tragediya («Echkilar qo‗shig‗i») vinochilik xudosi Dionisning echki terisi kiygan quvnoq, 
doimiy hamrohlarini ifodalovchi satirlar ayta- digan xor qo‗shiqlaridan kelib chiqdi. Mil.avv. 
VII asrdayoq butun Yunonistonda shunday «Echkilar xori» yoki satirlar keng tarqalgan edi. 
Attika tragediyasining tug‗ilishida Afina tirani Pisistratning umumdavlat bayrami sifatida 
Buyuk Dionisiy 
bayramlarini ta‘sis etishi muhim o‗rin tutdi. Shoir Fespid mil. avv. 530-yil atrofida Dionis 
bayramida xor qo‗shiqlariga ilk bor musiqa asboblari hamrohligida hikoyani qo‗shadi. Shu 
vaqtdan drama tug‗iladi. Aktyor xorga hikoya bilan «javob» berib, xor bilan dialog olib borar 
edi. Shu tariqa, tragediya dramatik ko‗ri- nishga aylandi. Tragediyada boshqa ko‗rinish 
qatnashchilari Dionis to‗g‗risidagi afsona-miflardan sahna ko‗rinishlari o‗ynar edilar. 
Keyinchalik boshqa afsonalarga navbat keldi. Mil.avv. V asr birinchi yarmida Esxil 
tomoshabin oldiga ikkinchi aktyorni, Sofokl uchinchi aktyorni qo‗shdi va natijada qadimgi 
«Echkilar xori» to‗la dramaga aylandi. 
Attika teatrida Dionis sharafiga o‗tkazilgan bayram vaqtida faqat uch kun tomosha 
ko‗rsatilgan. Birdaniga uch tragediya qo‗yilib, keyin satirik drama yana bir mifologiyadan 
yengil quv- noq sahnalashtirilgan parcha berilgan. Teatr ko‗rinishi ochiq havoda, dumaloq 
maydoncha - orxestrada namoyish qilingan. Tomoshabinlar uchun Akropolning toshloq 
qiyaligida toshdan o‗rindiqlar (teatron) yo‗nilgan. Tomoshabin o‗tiradigan tosh o‗rindiq 
teatron deb atalib, teatr so‗zi shundan kelib chiqqan. Ochiq va katta teatrda aktyorlar imo -
ishoralarini va kiyimla- rini aniq ko‗rib bo‗lmas edi. Shu boisdan, aktyorlar sahnaga uzun 
tantanali kiyim va niqoblarda hamda aktyor gavdasini baland qilish uchun baland poshnali 
oyoq kiyim - koturnada chiqqanlar. Teatr tomoshalari mart oyining oxiri, aprel oyining 
boshlarida ko‗rsatilgan. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish