196
XII BOB. QURILISHDA BOSHQARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISH
MUAMMOLARI
12.1. Qurilishda boshqaruv samarasi va samaradorligi tushunchasi
Boshqaruv jarayoni ishlab chiqarish - xo’jalik faoliyatining ajralmas
qismidir, uning samaradorligani korxonaning oxirga natijalari bo’yicha xulosadan
aniklash mumkin.
Samaradorlik keng mazmunga ega bo’lib, bunda qo’yilgan maqsadlarga
erishish natijalari bilan ishlab chiqarish xarajatlarini solishtirishdan iboratadir.
Lotin tilida «samara» - harakatlik, ishlab chiqaruvchanlik, zaruriy natijani beruvchi
ma`nolarni anglatadi. U inson faoliyatining barcha soxalarida: fanda, texnikada,
siyosatda va mafkurada foydalaniladi. «Ishlab
chiqarishni boshqarish
samaradorligi» tushunchasidan «Ishlab chiqarish samaradorligi» tushunchasini
aniqlab olish lozim. Ishlab chiqarish samaradorligininng oxirga natijani
foydalanilgan xajm yoki xarajat resurslariga (ishlab chiqarish natijasi (samara) va
xarajatlar o’rtasidagi farq) munosabati deb tushuniladi. Bu tushuncha ishlab
chiqarishni rivojlanish jarayeni harakatiga baho beradi va uning sifat
o’zgarishlarini yoritadi.
Iqtisodiy fayl arning nazariyotchi va amaliyotchilari
ishlab chiqarish i
ktisodiy samaradorligini o’ziga xos xususiyatli tavsifini aniqladilar. Ular jamiyat
extiyojlarining qondirilishi va ishlab chiqarish maxsuloti bilan xarajatlar urtasidagi
o’zaro bog’liklikni ko’rsatib o’tganlar.
Menejmentda ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligi deyilganda,
boshqaruv jarayoni va boshqaruv faoliyatining natijasi tushuniladi. Agar,
boshqaruv faoliyatining oxirgi natijasi, jamoa faoliyatining oxirgi natijasi bilan
to’g’ri keladi, deb xisoblansa, aytish mumkinki, boshqaruv jarayoni samaradorligi
murakkab, ko’p qirrali, ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
U boshqaruvning deyarli
barcha tomonlarini e`tiborga oladi va boshqaruv jarayonida yuz beradigan
iqtisodiy,
ijtimoiy,
tashkiliy,
marketing,
texnologik
xamda
boshqa
197
munosabatlarning muxim aloxida tavsiflarini yoritib beradi. Boshqaruv
samaradorligining shunday ko’p qirraliligi, uni ifodalash uchun ko’p shaklli
tushunchalarni namoyon qiladi. Quyida xoxlagan
darajadagi boshqaruv tizimi
asosiga kirgan samaradorlikning muxim tushunchalari keltirildi:
- boshqaruv xodimlari mexati samaradorligi;
- boshqaruv apparatining boshqaruv faoliyati yoki uning aloxida bo’limlari
va tarmoklari samaradorligi;
- boshqaruv jarayoning samaradorligi (aniq boshqaruv qarorlarini ishlab
chiqish va amalga oshirish);
- boshqaruv tizimlarining samaradorligi (boshqaruv tabaqasi, ishlab
chiqarishni boshqarishda mexnatchilarning ishtiroklarini xisobga olgan xolda);
- boshqaruv mexanizmining samaradorligi (uslublar,
dastaklar, rag’batlar
varejali boshqaruv shakllari).
Bir tushunchadan boshqasiga o’tishda xar bir keyingi tushunchaning
mazmundorligi, aloqadorligi olib boradi.
Ushbu o’zaro aloqadorlik nimani anglatadi? Boshqaruv jarayoni
mazmunining o’zi boshqaruv xodimida mexmat faoliyatining ko’p-qirraligidan
tuzilgandir, demak uni jonli mexnat asosida baxolash lozim. Biroq, xisobga
olishda, bizga ma`lumki, boshqaruv texnika vositalaridan,
axborotlardan
foydalaniladi va umuman olganda, boshqaruvning aniklangan natijalariga
erishishda barcha turdagi xarajatlarning iqtisodiy baxosini berish kerak. Boshqaruv
jarayonida uning maqsadlari, funktsiyalari, uslublar amalga oshadi.
Bunday
xolatda, boshqaruv samaradorligi xaqida gapirish, tashkiliy-iqtisodiy tizimda qaror
ishlab chiqish va amalga oshirishning baxosi bilan bog’liqligini aks ettiradi.
Boshqaruv jarayonining turli bosqichlari u yoki bu sifatda namoyon bo’ladi
va boshqaruvning xar bir tashkiliy tizimi aniq ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda
xo’jalik mexanizmi, boshqaruv mexanizmi va samaradorlikning barcha o’zaro
aloqador tushunchalarini anglatadi. Ammo xar bir sermazmun tushunchalar asosiy
198
tushuncha atrofida shakllanadi, yoki ularga samaradorlikning shakl va turlari tizimi
sifatida qaraladi.
Samaradorlikning o’z mazmun va moxiyatiga iqtisodiy xamda ijtimoiy
tavsifga ega xolat sifatida urku beriladi. Samaradorlik turlari xar xil maqsadlarni
(o’zaro aloqador) va samaraning o’ziga xos shaklini (ijtimoiy va iqtisodiy)
ifodalaydi.
Boshqaruv samaradorligini aniklashda quyidagilar
xisobga olinadi va
mazkur doirada namoyon bo’ladi: ishlab chiqarish doirasida va iste`mol doirasida.
Birinchi xolatda xo’jalik xisobidagi boshqaruv samaradorligi (korxona, firma),
ikkinchidan esa, xalq xo’jaligdagi boshqaruv samaradorligi ilgor boshqaruv
tizimini solishtirma baxolash va tanlash, rejalashtirish, takomillashtirish va
boshqaruvni rivojlantirish uchun xizmat qilishi mumkin. Ob`ektni
baxolashga
bog’liq xodda samaradorlikning to’liq (umumiy) va lokal (xususiy) turlarga bo’lish
mumkin (19-shaklga qarang). Birinchi xolda bshqaruv tizimi samaradorligi
aniqlanadi. Ikkinchida – boshqaruv resurslarini aloxida turlaridan foydalanish
samaradorligi (mexdat, axborot, moddiy) aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: