Toshkent arxitektura qurilish instituti d. Sh. Inoyatova qurilishda menejment


 Qurilishda boshqaruv samaradorligini oshirish muammolari



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/124
Sana18.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#452789
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124
Bog'liq
Inoyatova D.-Qurilishda menejment -2018

12.3. Qurilishda boshqaruv samaradorligini oshirish muammolari
O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlar jarayonining muhim 
yo’nalishlaridan biri ilgari davlat tasarrufida bo’lgan ko’pchilik korxonalarning 
aksariyat qismini aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirish orqali xususiylashtirish va 
boshqaruvning yangi iqtisodiy munosabatlarga xos mexanizmini yaratish 
hisoblanadi. 
Bu borada respublikamizda bir qator farmonlar va qarorlar qabul qilindi. 
Jumladan, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
tomonidan 2003 yil 24 yanvardagi “O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektor roli 
va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni va Vazirlar 
Mahkamasining 2003 yil 19 apreldagi “Davlat tasarrufidan chiqarilgan 
korxonalarni 
korporativ 
boshqaruvini 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi qarorlarida aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini 
joriy etish va takomillashtirish chora-tadbirlari belgilab qo’yilgan. 
O’zbekiston kompaniyalarida korporativ usullari va tamoyillarini joriy etish, 
ishlab chiqarish manfaatlaridan kelib chiqqan holda korporativ boshqaruvni 
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi samaradorligini oshirib borish, kompaniyalarning 
rivojlantirish strategiyasini yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida qurilish materiallari sanoati korxonalarini 
davlat tasarrufidan chiqarish deyarli yakunlandi. Pirovardida aktsiyadorlik 
jamiyatlari (AJ), mas`uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ), xususiy korxonalar 
(XK), qo’shma korxonalar (QK), xorijiy korxonalar (XK) va boshqa ko’rinishdagi 
mulkchilik shakllari yaratildi. Bunday korxonalar qarorlar qabul qilishda erkin 
bo’lib, o’z faoliyatini bozor talablariga muvofiq olib boradi. Shu tariqa ularda 


203 
mavjud quvvatlar oshirilib, zarurat tug’ilganda, ishlab chiqarish tuzilmasi yangidan 
shakllantiriladi.
Mamlakatimizda ko’plab yangi sanoat korxonalari, zamonaviy turar joy 
binolari, ko’rkam ijtimoiy-maishiy ob`ektlar bunyod etilmoqda. Joylarda qad 
rostlayotgan bunday muhtasham inshootlar turmushimizni yanada obod va farovon 
etishi bilan birga, iqtisodiy qudratimizni yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Ushbu 
ishlar samaradorligi ob`ektlarni sifatli qurilish materiallari bilan doimiy ta`minlash 
bilan bog’liq.
So’nggi yillarda O’zbekistonda qurilish materiallari sanoatining o’sishi o’rta 
muddatli davlat dasturlari doirasida iqtisodiyotni modernizatsiyalashga sarflangan 
katta hajmdagi kapital qo’yilmalar hisobiga amalga oshirildi. Xususan, 2016 yilda 
milliy iqtisodiyotga sarflangan kapital qo’yilmalari hajmi 18 foizga ko’tarilib, 
deyarli 50 trln. so’mni tashkil etdi. Shunga nisbatan qurilish ishlarining xajmi 
oshib, qurilish materiallariga bo’lgan iste`mol talabini yanada o’sishiga olib keldi. 
Aytib o’tish kerakkki, ishlab chiqarilgan qurilish materiallarining yarmidan ortig’i 
“O’zqurilishmateriallari” AK korxonalariga to’g’ri keldi. Hozirgi vaqtda 
kompaniya tarkibidagi 120 ta korxonalarda 100 dan ortiq turdagi qurilish 
materiallari ishlab chiqarilmoqda. Ular qurilish materiallariga bo’lgan ichki bozor 
talabini 
qoniqtirmoqda. 
Aynan 
2017 
yilning 
olti 
davomida 
nisbatan 
«O’zqurilishmateriallari» aktsiyadorlik jamiyati tizimiga kiruvchi korxonalar 
tomonidan 1,5 trillion so’mlik sanoat mahsulotlari hamda xalq iste`moli tovarlari 
ishlab chiqarildi. Bu o’tgan yilning olti oyiga nisbatan 7 foiz ko’pdir. 
O’tish 
iqtisodiyoti 
mamlakatlarini 
islox 
qilish 
tajribasi 
shuni 
tasdiqlamoqdaki, ma`muriy-rejali iqtisodiyotdan xo’jalik yuritishning bozor 
modeliga uyg’un o’tishning muxim vositasi xususiylashtirish va aktsionerlashtirish 
bo’lib, bu xaqiqiy mulkdorlar sinfining shakllanishiga xamda xususiylashtirilgan 
mulkni korporativ boshqarishning samarali usullarini joriy etishga ko’maklashadi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 25 oktyabrdagi «Respublika 
qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish 


204 
chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori qurilish materiallari sanoati tuzilmasini 
yanada 
rivojlantirish 
va 
diversifikatsiya 
qilish, 
tarmoq 
korxonalarini 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun xorijiy 
investitsiyalarni keng jalb etish hamda uning eksport potentsialini oshirish, xalqaro 
talab va standartlarga muvofiq zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy 
etish kabi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. 
O’zbekiston Respublikasida korxonalarni aktsionerlashtirish jarayonida joriy 
etiladigan korporativ boshqaruv usullari quyidagi asosiy maqsadlarni ko’zlaydi: 
korxonalar faoliyatining iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlarini 
boshqaruv sohasida ularning mustaqilligini ta`minlash hisobiga yaxshilash; 
milliy moliya bozorining (kapital, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk 
bozorlari) turli bo’g’inlarini rivojlantirish hamda aholining korxonalar kapitalidagi 
ishtirokini kengaytirish; 
ichki bozorni turli mahsulotlar bilan to’ldirish va mahalliy 
korxonalarning raqobatbardoshlik darajasini oshirish maqsadida raqobatbardosh 
bozor muhitini yaratish; 
korxonalarga to’g’ridan-to’g’ri va portfelli xorijiy investitsiyalarni 
jalb qilish. 
Ko’rsatib o’tilgan maqsadli tamoyillarning aksariyati aktsiyadorlik 
korxonalar ishi amaliyotida muvaffaqiyatli joriy etilmoqda, ammo bu jarayon 
yanada tizimli yondashuvni taqozo etadi.
Bunga ko’ra korporativ boshqaruvning vazifalariga quyidagilarni kiritish 
maqsadga muvofiqdir: 
- aktsiyadorlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish; 
- aktsiyadorlik jamiyatlari investitsion jozibardorligini oshirish; 
- aktsiyalar narxining o’sishi orqali uzoq muddatli iqtisodiy qiymatning 
jamg’arilishi;


205 
- aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlar va menejerlarni jalb qilish 
hamda ularning korporativ boshqaruvda faol ishtirok etishlari uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish;
- ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan 
qayta qurollantirish orqali sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni 
tashkil etish va ularning xorijiy bozorlarga yo’naltirilishini rag’batlantirish;
- davlat aktivlari va aktsiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat 
ulushini kamaytirish evaziga iqtisodiyotda davlat ishtirokini tubdan qisqartirish. 
Bugungi kunda yurtimizda ichki bozorning qurilish materiallariga bo’lgan 
talabi qondirilishi barobarida, uning katta qismi eksportga yo’naltirilmoqda. 
Chunonchi, 1991 — 2016 yillar mobaynida 50 ta korxona tomonidan umumiy 
qiymati 885 mln. AQSH dollarilik mahsulot xorijga yuborildi. Ayni paytda 
kompaniya ma`muriyati korxonalarning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish 
maqsadida Turkmaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Ozarbayjon kabi 
mamlakatlarda dilerlik tarmoqlari va vakolatxonalarini ochish bo’yicha ish olib 
bormoqda. 
Ma`lumki, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2009 yildan e`tiboran 
qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurila boshlangach, 
qurilish materiallariga bo’lgan talab yanada ortdi. Hozirgi kunda bino hamda 
inshootlarni bunyod etish uchun 62 turdagi mahalliy qurilish buyumlari 
ishlatilayotgani, bu jami materiallarning 89,8 foizini tashkil qilayotgani bunga 
misol bo’la oladi. 
Darhaqiqat, “O’zqurilishmateriallari”da keyingi yillarda ichki bozorni 
mahalliy qurilish materiallari bilan to’ldirish, import va eksport hajmini oshirish 
diqqat-e`tiborda turibdi. Xususan, 2012 — 2015 yillarda respublikamizga import 
qilinadigan qurilish materiallari tahlil etilganda, 150 mln. dollarlik 15 turdan ziyod 
ana shunday materiallar zarurligi, ularni respublikamizda tayyorlash masalasini 
kun tartibiga qo’yish shartligi ayon bo’ldi. Shunga ko’ra, 50 dan ortiq 
korxonalarda quruq qurilish qorishmalari, “ToshQMK” aktsiyadorlik jamiyati, 


206 
“Moderna Ceramic Industries Fergana” qo’shma korxonasida sopol plitkalar ishlab 
chiqarish hajmi orttirilgan bo’lsa, “Art Mosaic”, “Azia Mosaic”, “Bill Tosh”, 
“Fiammata” singari mas`uliyati cheklangan jamiyatlarida bezaklovchi materiallar, 
“Grand Art Ceramics” qo’shma korxonasida sanitar-texnika buyumlari 
tayyorlashga kirishildi. Bu so’nggi uch yil davomida qurilish materiallarini import 
qilish hajmini 3,5 barobar kamaytirish imkonini berdi. 
Xulosa o’rnida aytganda, o’tgan 25 yil mobaynida mamlakatimizda qurilish 
materiallari sanoati zamonaviy, modernizatsiyalashtirilgan, texnik va texnologik 
jihatdan jihozlangan, energiya tejovchi, iqtisodiy barqaror, raqobatdosh tarmoqqa 
aylandi. Kompaniyada erishilgan salmoqli natijalar esa ko’plab xorijiy 
mutaxassislaru ekspertlar tomonidan o’z e`tirofini topayotgani buning yaqqol 
tasdig’idir. 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish