Imperiya (Olam) . Aristotel davridan boshlab barcha tirik organizmlar ikkita dunyo:
o‘simlik va hayvonlarga ajratib kelingan. 20- asrning ikkinchi yarmida organizmlarni hujayrada
haqiqiy yadroni bo‘lishi y‘oki bo‘lmasligiga asoslanib sistemaga solish to‘g‘risida fikrlar paydo
bo‘ladi. Bu sistemaga asosan barcha Tiriklik olami yadrosiz (yadrogacha) organizmlar, ya‘ni
prokariotlar va yadroli, ya‘ni eukariotlar katta dunyosiga ajratiladi. Prokariotlar va eukariotlar
yagona biologik kategoriya - imperiyaga birlashtiriladi.
Imperiya - biologik sistemaning eng oily
kategoriyasi bo‘lib, Hayot, Tiriklik yoki Organik olam ma‘nosini anglatadi. Hozirgi davrda bu
sistemani ko‘pchilik biologlar tan olgan.