O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Ko‟ payish.
Hayvonlar jinssiz va jinsiy ko‘payadi. Jinssiz ko‘payish sodda tuzilgan 
umurtqasizlar uchun xos bo‘lib, asosan ikki xil usulda boradi. Bir hujayralilarning jinssiz 
ko‘payishi organizmning teng ikkiga bo‘linishi, ko‘p hujayralilarda esa kurtaklanish va ko‘p 
marta bo‘linish orqali sodir bo‘ladi. Kurtaklanishda ona organizmda kichik kortakcha hosil 
bo‘lib, undan yangi organizm shakllanadi. Ko‘p marta bo‘linishda ona organizm juda ko‘p 
bo‘laklarga bo‘linib, har qaysi bo‘lakdan yangi organizm hosil bo‘ladi. Bu xildagi bo‘linish yassi 
va halqali chuvalchanglar uchun xos. Jinssiz ko‘payish hayvonlar tanasida kam ixtisoslashgan, 
lekin boshqa hamma to‘qima va organlarni hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lgan maxsus 
hujayralar bilan bog‘liq. 
Jinsiy ko’payish
jinsiy hujayralar - gametalar hosil bo‘lishi va ularning o‘zaro qo‘shilib, 
urug‘langan 
zigota
hosil bo‘lishidan iborat. Bir hujayralilarning gametalari bitta hujayranng 
o‘zidan yetishib chiqadi. Ko‘p hujayralilarning gametalari maxsus jinsiy bezlar - gonadalarda 
hosil bo‘ladi. Urug‘ hujayralar- spermatozoidlar, ya‘ni mikrogametalar, urg‘ochilik hujayralar 
tuxum hujayra yoki makrogameta deyiladi. Odatda spermatozoidlar nisbatan kichik, bir yoki bir 
necha xivchinli va harakatchan bo‘ladi. Ancha yirik va harakatsiz tuxum hujayrada embrionning 
rivojlanishi uchun zarur oziq moddalarga boy bo‘ladi. 
Urug‘lanish jarayonida urug‘ hujayra tuxum hujayra ichiga kirib oladi, ularning yadro va 
sitoplazmasi qo‘shilishi natijasida ikkita hujayradan bitta yangi hujayra — zigota hosil bo‘ladi. 
Zigotadan embrional rivojlanish jarayonida yangi organizm shakllanadi. Jinsiy ko‘payish 
organizm uchun bir qancha afzalliklarga ega. Bir-biridan uzoq formalardan hosil bo‘ lgan jinsiy 
hujayralarning genlar tarkibi turlicha bo‘lganidan ularning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan yangi 
organizmlarning ona organizmga nisbatan yashovchanligi yuqori bo‘ladi. Bunday organizmlar 
tabiiy tanlanish jarayonida saqlanib qolib, nasl beradi. 
Ko‘pchilik hayvonlar 
ayrim jinsli
bo‘ lib, ularning urg‘ochilari va erkaklari bo‘ladi. 
Ayrim jinsli hayvonlarda o‘z-o‘zini urug‘lantirish yuz bermaydi. Nerv va harakatlanish 
sistemasining rivojlanganligi tufayli erkak va urg‘ochi hayvonlar bir-birini oson topishadi. Kam 
harakat yoki harakatsiz o‘troq yashovchi hayvonlarda ikki jinsni bir-birini topishi qiyinlashishi 
tufayli ularda ikki jinslilik, ya‘ni 
germafroditlik
kelib chiqqan. Germafrodit organizm zarur 
paytda o‘z-o‘zini urug‘lantirishi mumkin. Lekin bu hodisa tabiatda kamdan-kam yuz beradi. 
Odatda ikkita germafrodit individlar bir-birini urug‘lantiradi. 
Tuxum hujayrani tashqi muhitda urug‘lanishi 
tashqi urug’lanish
, organizm ichida 
urug‘lanishi esa 
ichki urug’lanish
deyiladi. Tashqi urug‘lanish faqat suv muhitida sodir 


bo‘lganidan haqiqiy suv hayvonlari va suv bilan ko‘proq bog‘liq bo‘lgan suvda hamda 
quruqlikda yashovchilar uchun xos. Qurukdikda yashovchi va ikkilamchi suvda yashashga 
o‘tgan hayvonlarda faqat ichki urug‘lanish ma‘lum. Tashqi urug‘lanadigan hayvonlar juda ko‘p 
jinsiy hujayralar hosil qiladi. Lekin tashqi muhitda hujayralarning ko‘p qismi halok bo‘ladi. 
Ichki urug‘lanadigan hayvonlarning jinsiy organlari murakkab tuzilgan bo‘ladi. 
Umurtqasiz hayvonlar orasida urug‘lanmagan tuxum qoyib ko‘payadigan 
partenogenez
turlar ham uchraydi. Partenogenez qulay sharoit tug‘ilganida qisqa vaqt ichida tur individlari 
sonining juda tez ortishiga imkon beradi. Ayrim umurtqasiz hayvonlar faqat partenogenetik 
urg‘ochilardan iborat. Odatda partenogenetik nasl ikki jinsli nasl bilan almashinib turadi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish