O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Ko‟poyoqlidar (Myriapoda) sinfi 
Tashqi tuzilishi.
Ko‘poyoqlilarning chuvalchangsimon tanasi yaxlit bosh va 
bo‘g‘imlarga bo‘lingan gavdadan iborat. Gavda bo‘g‘imlari soni pauropodlarda 14 ta, 
simfillarda 18 ta bo‘lsa, laboyoqlilarda 181 taga yetadi. Bosh bo‘limi gavdadan ajralib chiqqan 
akrondan va u bilan qo‘shilib ketgan 3 (pauropodalar, ikki juft oyoqlilar) yoki 4 (simfillar) tana 


bo‘g‘imlaridan hosil bo‘lgan. Pauropodlar va ikki juft oyoqlilarning oxirgi bosh bo‘g‘imi erkin 
bo‘lganidan "boyin" deb ataladi. Boshning bunday tuzilishi tuban ko‘poyoqlilar uchun xos 
bo‘ladi. Boshida bir juft moylovlari, yuqori jag‘lar - mandibulalar va bir yoki ikki juft pastki 
jag‘lar — maksillalar bo‘ladi. Moylovlari tuyg‘u va hid bilish vazifasini bajaradi. Og‘iz 
organlarining tuzilishi har xil sistematik guruhdarda farq qiladi. Simfillar va laboyoqlilar og‘iz 
teshigini oldingi tomondan xitin teri burmasidan hosil bo‘lgan yuqori lab to‘sib turadi. 
Mandibulalarning ichki qirralari tishchali plastinkalardan tashkil topgan. Ko‘pchilik 
ko‘poyoqlilarning ikki juft pastki jag‘lari asosiy bo‘g‘imdan va uning ustida joylashgan 
jag‘paypaslagichlar hamda chaynash plastinkalaridan iborat. Pauropodlar va ikki juftoyoqlilar 
yuqori labi va jag‘laridan orqaroqda bitta toq murakkab tuzilgan plastinkasi joylashgan. Bu 
plastinka laboyoqlilarning birinchi pastki jag‘lariga mos keladi. 
Tuban tuzilgan ko‘ poyoqlilar gavdasining boshdan keyingi qismi gomonom 
bo‘g‘imlardan tashkil topgan. Laboyoqlilarning tanasida bunday bo‘g‘imlar navbatlashib 
joylashadi. Ikkijuftoyoqlilar tanasida dastlabki to‘rtta bo‘g‘imdan tashqari hamma bo‘g‘imlari 
juft-juft bo‘ lib qo‘shilib ketadi. 
Ko‘poyoqlilarning yurish oyoqlari bir xilda tuzilgan bir qator bo‘g‘imlardan iborat. 
Yurish oyoqlari-ning uchki qismi tirnoqqa aylangan. Faqat laboyoqlilarning birinchi juft 
jag‘oyoqlari boshqacha tuzilgan. Xususan, ular ancha yirik, asosiy bo‘g‘imi juda 
yo‘g‘onlashgan, oxirgi bo‘g‘imi ilmoqqa o‘xshash egilgan. Bu oyoqlarning asosida zahar bezi 
joylashgan. Bez ilmoqning uchiga ochiladi. laboyoqlar deb ataladigan jag‘oyoqlar yordamida 
hayvonlar o‘z o‘ljasini tutadi va o‘ldiradi. Laboyoqlilarning zahari bo‘g‘imoyoqlilar va 
umurtqalilar uchun xavfli. Qirqoyoq barmoqni chaqib olganida qo‘l shishib, og‘riy boshlaydi. 
Ko‘ poyoqlilarning tanasi gipodermadan hosil bo‘lgan xitinli kutikula bilan qoplangan. 
Ayrim ko‘poyoqlilar kutikulasiga ohak moddasi shimilgan bo‘ladi. Kutikulada ko‘p miqdorda 
himoya vazifasini bajaruvchi juda ko‘p ter bezlari bor. Kivsyaklar tanasining orqa tomonida 
joylashgan bu bezlar maxsus teshiklar orqali teri ustiga ochiladi. Bezlarning suyuqligi ana shu 
teshiklardan sepiladi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish