gap urg‘usi (yoki mantiqiy urg‘u)
deyiladi.
Gap urg‘usini ixtiyoriy ravishda ko‘chirish
mumkin:
1. Kecha muzeyga biz bordik (biz bordik). 2. Biz muzeyga kecha bordik (kecha bordik).
3. Biz kecha muzeyga bordik (muzeyga bordik). 4. Bordik biz kecha muzeyga (bordik).
Gap urg’usi kesimdan oldingi so’zga tushadi. Kesim urg’u olsa oldinda keladi.
To`liq va to`liqsiz gap
Barcha zarur bo‘laklari mavjud gap
to‘liq gap
deyiladi: Men keldim = To’liq gap
Tushirilgan bo‘laklari oldingi gaplardan anglashilib turadigan gap
to‘liqsiz
gapdir.
-Kim keldi? -Men. =
== To’liqsiz gap(keldim tushib qoldi)
Uyushiq bo’laklar
Grammatik jihatdan bir xil shakllanib, ko‘pincha, bir xil so‘roqqa javob
bo‘ladigan, o‘zaro teng bog‘langan va barchasi gapning bitta
bo‘lagiga
tobelanadigan bo‘laklar uyushiq bo‘lak deyiladi. Masalan: Bola goh menga, goh unga
qarar edi.
Gapning barcha bo‘lagi uyushadi:
1) uyushiq ega: Bugun Anvar yoki Sobir navbatchilik qiladi;
2) uyushiq kesim: U asta joyiga o‘tirib, gapira boshladi. Yo‘l keng va tekis edi;
Do'stlaringiz bilan baham: |