zamon, shaxs-son, mayl,
tasdiq-
inkor shakllari, bog‘lama va ko‘makchi fe’llar
) oxirgi bo‘lakka qo‘shiladi:
Mavzuni yaxshi tushunish uchun, avvalo, darsni diqqat bilan tinglash, berilgan
topshiriqlarni bajarish, muntazam takrorlash kerak. Men uzoq yillardan buyon shu
shaharda yashab, o‘qib, ishlab kelyapman.
Agar ushbu vositalar har bir kesimga qo‘shilsa, bunday gap uyushiq kesimli sodda
gap emas,
qo‘shma gap
hisoblanadi:
Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi.
Uyushiq bo‘lakda ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchasi qo‘llanishi ikki xil:
1)
ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchasi uyushiq bo‘lakning oxirgisiga qo‘shilib,
barchasiga tegishli bo‘ladi:
Noma va arizalarning ba’zisi mirzo, muftilar
ga havola qilinar edi;
2)
gapdagi uyushiq bo‘lakning har birida son, egalik, kelishik qo‘shimchasi qo‘shilishi
ham mumkin: Qor sovug‘i qo‘llarimni va oyoqlarimni, peshonamni yalab tursa
-da,
menga juda yoqimli tuyuldi.
Gapda uyushiq bo‘lak
Do'stlaringiz bilan baham: |