31
ishlab chiqilgan ssenariylarning ichida bank foyda darajasi past,
risk darajasi va
zarar koʻrish xavfi yuqori boʻlganlari boʻyicha bank balansi korrektirovka qilinadi,
shundan soʻng eng maʻqul ssenariy tanlanib, riskli operatsiyalarni amalga oshirish
yuzasidan qaror qabul qilinadi.
TBAPBning fond va gep-tahlili usullaridan likvidlilik riskini baholashning
ayrim instrumenti sifatida foydalanish mumkin. Biroq ushbu usullar likvidlilik
riskini samarali boshqarish imkoniyatini bermaydi. Bundan koʻrinib turibdiki,
TBAPBning usullari va yoʻllari hozirgi kunga kelib jiddiy oʻzgarishlarga yuz tutdi.
Ayniqsa, 1980-yillarda bank muassasalari
TBAPBda asosan aktivlar va
passivlarning bozor qiymatiga eʻtibor qaratadigan boʻlsa, 1990-yillardan keyin
aktiv va passivlarni bozor riski orqali boshqarishning asosiy obyektiga aylandi.
Zamonaviy sharoitda TBAPBning anʻanaviy (fond usuli, aktivlarni
taqsimlash usuli) usullari asosida banklarning quyidagi operatsiyalari boshqariladi:
1-chizma
TBAPBning noanʻanviy usullari sifatida xedjerlash va sekyuritizatsiyalashni
taʻkidlash lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida TBAPBning ushbu usullari juda
keng va samarali qoʻllanilmoqda.
Xedjirlash – bu kelgusida bozor riski va foizlarining oʻzgarish
ehtimolini
aniqlash va undan himoyalanish maqsadida muddatli sugʻurta kontraktlarni tuzish
tizimidir. Bir soʻz bilan aytganda, TBAPBda vujudga kelish ehtimoli boʻlgan
risklarni kamaytirish va bartaraf etish hamda moliyaviy yoʻqotishlarning oldini
olish maqsadida xedjerlash qoʻllaniladi.
Kurslar (baho)ning oʻzgarishi natijasida vujudga keladigan risklarni
sugʻurtalash maqsadida tuzilgan shartnoma ―xedjv‖ boʻlib,
xedjerlashni amalga
32
oshirayotgan xoʻjalik subyekti ―xedjer‖ hisoblanadi. Ushbu usul moʻtadil bahoni
belgilash va daromad olish yoki moʻljaldagi xarajatni qilish imkoniyatini beradi.
Albatta, riskli operatsiyalarni xedjerlash ular bilan bogʻliq risklarni batomam
yoʻqotib yuborish imkoniyatini bermaydi, balki
ushbu xedjerlashda risk
transformatsiyasi yuz berib, vujudga kelishi mumkin boʻlgan riskni vositachi oʻz
zimmasiga oladi. Xedjerlashda operatsiyalarning ikkita holati inobatga olinadi: 1)
kurs (baho)larning oshishini xedjerlash; 2) kurs (baho)larning pasayishini
xedjerlash.
Aktivlarni boshqarishda qoʻllaniladigan sekyuritizatsiyalash
mexanizmi
1990-yillarda AQShda vujudga keldi. Sekyuritizatsiyalash juda tez muddatda bank
aktivlarini boshqarishda va moliya bozorlarida risklarni pasaytirishda olamshumul
ahamiyatga ega boʻldi. Mohiyatiga koʻra sekyuritizatsiyalash, bankka daromad
keltiruvchi aktivlarni zudlik bilan sotish imkoniyatini beruvchi obligatsiya yoki
boshqa qimmatli qogʻozlarning emissiyasi orqali likvid mablagʻlarga
aylantirish
tartibidir.
Biroq, sekyuritizatsiyalash aktivlarni boshqarishning bevosita risk bilan
bogʻliq usullaridan biri boʻlib, risk darajasining yuqori yoki past boʻlishi
emitentning mahalliy va xalqaro moliya bozorlardagi moliyaviy holati va nufuziga
bogʻliqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: