Nyeokyeynschilar nazariyalari.
J.M.Kyeynsning izdoshlari о‘tgan asrning 50-60-
yillarida uning nazariyasiga dinamik elementni joriy etdilarki, bu narsa ularga iqtisodiy о‘sish
nazariyasini yaratishga imkon berdi. Bu nazariyada kо‘pgina mamlakatlarning iqtisodchilari
(AQSHdan – A.Xansyen, S.Xarris; BuYu Britaniyadan – R.Xarrod, A.Ilyersik, A.Pikok;
Fransiyadan – F.Pyerru; Gyermaniyadan – F.Nyeymark va boshqalar) tomonidan ishlab
chiqilgan Moliyaviy konsepsiya muhim о‘rinni egallaydi. Ular fiskal antisiklik nazariyaning
yaratilishini nihoyasiga yetkazdilar. Bu nazariyaning mohiyati balanslashtirilgan iqtisodiy
taraqqiyot maqsadlari uchun davlat daromadlari va xarajatlaridagi о‘zgarishlarga borib taqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |