Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


 Byudjetdan tashqari jamg’armalarning maqsad va vazifalari



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

 
2. Byudjetdan tashqari jamg’armalarning maqsad va vazifalari 
Har qanday mamlakat, jumladan О‘zbekiston ham ijtimoiy siyosatning izchil amalga 
oshirilishida ma’lum iktisodiy mexanizmlar asosida faoliyat Yuritadi. Shunday iqtisodiy 
mexanizmlardan biri — bu davlatning turli maqsadli jamg’armalarining tashkil kdlinishi va 
faoliyat Yuritishidir. 
Maqsadli jamg’armalar - Moliya tizimining muhim tizimlaridan biri bо‘lib, markaziy 
va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari ixtiyoridagi va ma’lum maqsadga yо‘naltirilgan pul 
resurslari yig’indisidir. 
Bozor munosabatlariga о‘tish iqtisodiy sasturimizning asosiy mazmunin i 
t ashk il et ad i. Bo zo r mu no sa bat lar iga о ‘t is h inso nning ijo d iy va me hnat
sa lo hiyat s hs h na mo yo n k ilis hg a, bo q ima nda lik n i bart araf et is hga, yо ‘qo lib 
kyetgan egalik tuyg’usini qayta tiklashga imko n berad i. Faq at bo zorgina
ma h s u lo t is h la b c h iq a r u vc h in in g hukmini bart araf et ib, respublikannng g’o yat 
katta bo ylik lar idan samarali foydalanishni ta’minlay oladi. 
Shu borada muhim masalalardan biri: davlat tasarrufidai chikarish va xususiylashtirish 
yо‘li, yangi paydo bо‘layotgan nodavlat, ya’ni ishlab chiqarish faoliyati bilan Shugullanayotgan 
va aholiga xizmat kо‘rsatayotgan xususiy, aksionyerlik, kollyektiv va boshqa korxonalarni 
qо‘llab-quvvatlash bilan aralash, kо‘p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishdir. 
Mamlakatimizda byudjet dan tashqari jamg’armalarning ijt imo iy ahamiyati katta. 
Tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va о‘rta biznyesni tashkil etish, xorijiy mamlakatlar 
bilan hamkorlikda bо‘lib, investisiyalarni jalb etish va boshqalar byudjetdan tashqari 
jamg’armalarning vazifasi hisoblanadi. 
Davlat Moliyasi tarkibida alohida о‘rinni egallaydigan byudjetdan tashkari 
jamg’armalar tyegishli hukumat organlarining byudjetiga bog’lik bо‘lmaydi va mustaqil 


Yuridik shaxs huquqiga egadirlar. Byudjetdan tashkari jamg’armalar hukumat organlari 
qabul qilgan qonun doirasida tashkil etiladi. 
Byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar — umumdavlat Moliyasining muxim bug’in i 
bо‘lib, ularning faoliyati qat’iy belgilangan, manbalarni tashkil etish yо‘llari 
kо‘rsatilgan, pul jamg’armalari bilan foydalanish yо‘llarining tartibi aniqlab berilgan, davlat 
hukumatining Yukori o r g a n la r i n i t ye g is h l i a k t la r i a s o s id a о ‘z fa o l i ya t i n i
a ma lg a oshiradilar. 
Ularning tashkil qilinishi va tartibga solinishi Moliyaviy tartibda t art ibga so linad i. 
Maqsadli jamg’armalar milliy daromadni kayta taqsimlashning usullaridan biri bо‘lib, 
u aholining aniq bir ijtimoiy guruhi yoki davlat ahamiyatiga molik aniq masadga yо‘naltiriladi. 
Bunda davlat aholi daromadlarining bir qismini о‘zining turli chora-tadbirlarini Moliyalashtirib 
boradi. Maqsadli jamg’armalar о‘z mohiyatiga kо‘ra asosan ikki vazifani bajaradi: 
-iktisodiyotning ustuvor sohalarini kо‘shimcha mablag’lar bilan ta’minlash: 
-axoliga ijtimoiy xizmat kо‘rsatish doirasini kengaytirish. 
Ular iktisodiyot oldida turgan bir kancha masalalar, jumladan ishlab chikarish 
sur’atining oshishini ta’minlash, vaqtinchalik tо‘xtalishlarni chyetlab о‘tish, va inkiroz 
holatlari byeqarorligini yechishga yordam beradi. 
Xulosa kilib aytganda, byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar — umumdavlat 
Moliyasining muhim bug’ini bо‘lib, ularning faoliyati qat’iy belgilangan, manbalarni tashkil etish 
yо‘llari kо‘rsatilgan, pul jamg’armalari bilan foydalanish yо‘llarining tartibi aniqlab berilgan, davlat 
hukumatining Yukori organlarini t yegishli aktlari asosida о‘z faoliyati ni amalga 
oshiruvchi Moliyaviy tashkilotdir. Shuningdyek, ular bozor munosabatlariga о‘tishning asosiy 
tamoyili - kuchli ijtimoiy siyosatni qо‘llab quvvatlovchi kuchli omil sifatida mamlakat 
iqtisodiyotida faoliyat kо‘rsatadi. 
Shu nda y eka n, byud jet dan t ashqar i maq s ad li ja mg ’ar ma lar iktisodiyotning 
ajralmas qismi bо‘lib, uni chuqur о‘rganmasdan turib, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini 
ta’minlash mumkin emas. Maqsadli jamg’armalarning shakllanishi va uning Moliyaviy 
manbalarini aniklash bilan birga, uning iqtisodiy mohiyatini har tomonlama о‘rganish zarur. 
CHunki, har qanday biror maqsad uchun tashkil qilingan maqsadli jamg’armaning uz maqsadiga 
kо‘ra ishlatilishi, ulardan olinadigan samaraning maqsadga muvofikligi va qolavyersa, bozor 
munosabatlari sharoitida bu jamgarmalar ahamiyatini oshirish bо‘yicha olib boriladigan 
chora-tadbirlarning aholi turmush darajasiga bо‘ladigan ijobiy ta’sirini chuqur ilmiy asosda 
о‘rganish. hozirgi kunda mamlakat Moliya tizimi о‘z oldiga qо‘ygan muhim vazifalardan biri 
hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, jamiyat rivojining ma’lum 
bosqichlarida mamlakatda turli maqsadlarni qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bо‘yicha turli 
jamgarmalar tashkil etilgan va bu о‘sha davrda iktisodiyotning kam rivojlangan tarmogining 
taraqqiyotiga о‘zining juda katta samarasini bergan. Va Shu tariqa, davlat ham о‘z oldiga 
qо‘ygan pirovard maqsad — iqtisodiy о‘sishga erishishni ta’minlagan. 
Bugungi kunda respublika ijtimoiy hayotidagi asosiy Moliyaviy manbalardan bо‘lib 
byudjetdan tashqari pyensiya jamg’armai hisoblanadi. Aholnning kam ta’minlangan, iktisodiy 
yordamga muhtoj qatlamini ijtimoiy himoya qilishdyek mas’uliyatni о‘zining asosiy maqsadi 
qilib olgan bu jamgarmaning bugungi kundagi ahamiyatini belgilab beradi. 
Umuman, mamlakatda faoliyat kо‘rsatayotgan har qanday maqsadli jamgarmaning 
о‘z oldiga qо‘ygan maqsadi aholi turmush farovonligiga qaratilishi, Shu bilan birga kuchli 
ijtimoiy siyosat sharoitida barkaror taraqqiyotni belgilab beruvchi muhim omildir. 
Bozor iqtisodiyotiga о‘tishning dastlabki yillarida iktisodiyotning barcha soha va 
tarmoklarida vaziyat jiddiylaShuvi kuzatildi. Xalq xо‘jaligining barcha tarmoklari
eskirgan asbob-uskunalarni yangisiga almashtirish, asosiy ishlab chikarish jamg’armalarini 
ryekonstruksiya kilish va kengaytirishni, yengil va ozik sanoati tubdan yangilanishni, kishlok 
xо‘jaligi bilan bog’lik kayta ishlovchi sanoat tarmoklari rivojlantirilishni talab etardi. 
Bularning 
barchasi 
esa 
Moliyaviy 
sohada 
inkirozning 
о‘sishi 
bilan 
xarakterlanardi(inflyasiya darajasining kо‘tarilishi, 
byudjet takchilligining oshishi, 


davlatning ichki va tashqi qarzlarining kо‘payib kyetishi va hk). Bunday sharoitda aholining 
turmush darajasining syezilarli pasayib kyetishini ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi qatlamida 
yaqkol kuzatish mumkin bо‘lardi. 
Shu tarzda, davlat yoki hudud miqiyosida katta miqdordagi va aniq maqsadga 
yо‘naltirilishi lozim bо‘lgan Moliyaviy mablag’larga ehtiyoj tug’iladi. Va eng asosiysi, 
unda Rejalashtirilgan chora-tadbirlar yig’indisi umumiqtisodiy va ijtimoiy, tarmoklararo, 
davlatlararo bо‘ladigan hamkorlik masadlariga yо‘naltiriladi. 
Maqsadli jamg’armalarning vujudga kelishi davlatning markazlashgan jamg’armalari 
bо‘lgan davlat byudjeti vujudga kyelmasdan ancha ilgariroq., maxsus jamg’armalar yoki 
ixtisoslashgan hisob raqamlar kо‘rinishida amal qilgan. 
Dastlab, davlat hokimiyati о‘z faoliyatini kengaytirib borishi bilan о‘z xarajatlarini 
qoplaovchi mablag’larga ehtiyoj syezdi. Bu mablag’lar esa maxsus maqsadlarni kо‘zda tutgan 
jamg’armalarda tо‘planar edi. Tashkil qilinish talabiga kо‘ra bunday jamg’armalar 
vaqtinchalik xarakterga ega bо‘lib, davlat u yoki bu chora-tadbirlarini amalga oshirganidan 
sо‘ng, ular xam tugatilar edi. Shunga bog’liq ravishda yangi tashkil qilinish va tugatilishi 
sababli bunday jamg’armalar soni doimiy ravishda о‘zgarib turardi. 
Umuman olganda, davlatning yangi maqsad va vazifalari vujudga kelishi va tadbirkorlik 
faoliyatini kengaytirilishi bilan bu kabi maqsadli 
jamg’armalar sonining о‘sish 
tyendyensiyasi kuzat ilishi tabiiy xol albatta. Bu jamg’armalarning aksariyati ma’lum 
Moliyaviy noqulayliklar (ba’zilarida mablag’ yetishmasligi, boshqalarida esa mye’yoridan oshib 
kyetishi)ni kyeltirib chiqarishi bilan birga ularni boshqarish uchun qо‘shimcha mablag’ talab 
etadi. Masalan hozirgi kunda ayrim g’arb mamlakatlarida bunday jamg’armalar soni 30-80 
tagacha tyebranib turadi. 
Markazlashgan davlat mustaxkamlanishi bilan maxsus jamg’armalarni iloji boricha bitta 
kilish, uncha ahamiyatga molik bо‘lmaganlarini esa tugatish talab etiladi. Turli 
jamg’armalarning qо‘shilishidan esa, parlamyent kur i b chiqqanidan kyeyin qonun sifatida 
qabul qilinadigan va bajarilishi shart bо‘lgan hujjat - davlat byudjeti vujudga kyeldi. 
Hozirgi sharoitda byudjet siyosati aniq shartlar asosida amal qilinayotgani uchun 
ham maqsadli jamg’armalarning ahamiyati ortib bormoqda.
Byudjetdan tashqari jamg’armalar qator xususiyat va qulayliklarga ega: 
- davlat hokimiyati organlarida, asosan barqaror bо‘lmagan iqtisodiyot sharoitida, 
xо‘jalik hayotiga aralashishi va tadbirkorlikni kо‘llab quvvatlash uchun qо‘shimcha mablag’lar 
paydo bо‘ladi; 
- mablag’lardan foydalanishning kat’iyligi samaraliroq nazoratni ta’minlab beradi, 
chunki ularning byudjetdan tashqari xarakterga ega ekanligi va anik maqsad (yangi, muhim 
masalalarni yechish)ga qaratilganligi davlat tomonidan katta e’tibor talab etadi; 
- aktiv saldo vujudga kyelgan holda kredit mexanizmi orqali byudjet takchilligini koplash 
uchun yо‘naltiriladi. 
Maqsadli jamg’armalar asosan 2 xil yо‘l bilan tashkil qiliiadi: davlat yoki mahalliy 
byudjetning ma’lum maqsadli qismidan pul ajratish yoki aniq yо‘naltirilgan yangi byudjetdan 
tashqari jamg’armani konunchilik palatasi qarori asosida tuzish etish bilan. Shu asosida aksariyat 
mamlakatlarda aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoya qilishga yо‘naltirilgan 
ijtimoiy sug’urta jamg’armai tashkil etilgan. Boshqa jamg’armalarning tashkil kilinishi esa 
jamiyat tomonidan muhim ahamiyatga ega bо‘lgan, ilgari ma’lum bо‘lmagan xarajatlarning 
vujudga kelishi bilan bog’lik deyish mumkin. Bunday holatlarda hukumat taklifiga kо‘ra, 
konun chiqaruvchi organ yangi byudjetdan tashqari jamg’arma tashkil qilish buyicha maxsus 
qaror qabul qiladi. Shu tarzda turli mamlakatlarda bir qancha maqsadli jamg’armalar tashkil 
topgan. 
Byudjetdan tashkari maxsus jamg’armalar ma’lum maqsadga Yunaltirilganligi 
bois, odatda uning nomida qanday maqsadda ekanligi kursatiladi (pyensiya jamg’armai, 
ijtimoiy sug’urta jamg’armai, Yul jamg’armai, maktab jamg’armai va hk.). 


Milliy daromad Moliyaviy tizimning boshqa bulimlari qatorida maqsadli 
jamg’armalarning ham Moliyaviy manbai bulib xizmat kiladi va milliy daromadning qayta 
taqsimlanish jarayonida aksariyat jamg’armalar tashkil topadi. Bunday jamg’armalarni tashkil 
etish jarayonida milliy daromadning Yunaltirish usullariga maxsus soliqlar va yigimlar,
byudjet dan ajratiladigan turli mablag’lar va qarzlar kiradi. 
Maqsadli jamg’armalar Yunaltirilishiga kura iktisodiy va ijtimoiy yо‘naltirilgan, 
boshqarilish darajasiga kо‘ra esa markaziy va xududiy boshqariladigan jamg’armalarga 
ajratiladi. 
Maqsadli jamg’armalarning xilma-xilligi bu jamg’armalarning va Moliyaviy tizimning 
boshqa bug’inlari orasidagi murakkab, kо‘p kirrali aloqalarni talab etadi. Moliyaviy 
alokalar bir tomonlama, ikki tomonlama va kо‘p tomonlama bо‘lishi kuzatiladi. 
Bir tomonlama alokalarda pul mablaglari bir yо‘nalishda: Moliyaviy tizimlardan 
makyeadli jamg’armalar tomon harakatlanadi. Bunday alokalar jamg’armalarning tashkil 
tashkil etilishi va Shu jamg’arma mablaglaridan foydalanishi jarayonida paydo bо‘ladi. 
Masalan kо‘p davlatlarda valYuta jamgarmalari markaziy byudjet mablaglaridan 
qaytarilmas subsidiyalar shaklida tashkil etiladi. Bir tomonlama alokalar yana maqsadli 
jamg’arma о‘z mablaglarining bir kismini boshqa Moliyaviy tizimlarga utkazishda vujudga 
kyeladi.

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish